Agar sonli ifodada faqat qo'shish va ayirish yoki ko'paytirish va bo'lish amallarining o'zi bo'lsa, amallar chapdan o'ngga qarab, yozilish tartibida bajariladi
Agar sonli ifodada faqat qo'shish va ayirish yoki ko'paytirish va bo'lish amallarining o'zi bo'lsa, amallar chapdan o'ngga qarab, yozilish tartibida bajariladi. Amallar tartibini belgilang va hisoblang; Agar sonli ifodada to'rt amal ishtirok etsa va qavslar bo'lmasa, oldin yozilish tartibida ko'paytirish va bo'lish, keyin qo'shish va ayirish amallari bajariladi. QO SHISHNING GURUHLASH VA O‘RIN ALMASHTIRISH XOSSASI Hisoblang: 1 374 + 2 636 7 928 + 2 072 5 319 + 5 421 2 636 4-1 374 2 072 + 7 928 5 421 + 5 319 Qandav xulosaga keldingiz? Xulosangizni daftaringizga yozing. Qulay usulda hisoblang: 39 + 6 1 + 4 8 25 + 32 + 48 71 + 37+ 49 23 + 77 + 56 36 + 27 + 43 52 + 28 + 48 YIG‘INDI VA QO‘SHILUVCHILAR ORASIDAGI MUNOSABAT Qo'shish amalida: a) Agar qo'shiluvchilardan biri biror songa ortsa (kamaysa), yig’indi ham shuncha birlik ortadi (kamayadi); b) Agar qo'shiluvchilardan biri bir necha birlik ortib, ikkinchisi shuncha birlik kamaysa, yig’indi o'zgarmaydi; d) Agar qo'shiluvchlardan, biri a birlik va ikkinchisi b birtik ortsa (kamaysa), yig'indi a+b birlik ortadi (kamayadi). KAMAYUVCHI, AYRILUVCHI VA AYIRMA ORASIDAGI MUNOSABAT Ayirish amalida: a) Agar kamayuvchi o‘zgarmagan holda ayiruvchi necha birlik ortsa (kamaysa), ayirma aksincha shuncha birlik kamayadi (ortadi); Ayirish amalida: b) Agar ayiriluvchi o'zgarmagan holda kamayuvchi necha birlik ortsa (kamaysa), ayirma ham shuncha birlik ortadi (kamayadi); d) Agar kamayuvchi va ayiriluvchi bir vaqtda bir xil songa ortsa yoki kamaysa, ayirma o'zgarmaydi. QO‘SHISH VA AYIRISHNI TEKSHIRISH