Mavzu: Zamonaviy tarbiyachi imidji Tarbiyachining odob va madaniyati. Axloqiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi fazilatlarini shakllantirishda ikki yo‘nalishdagi aloqador tushunchalarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: Birinchisi - jamiyatning o‘qituvchi shaxsiga munosabati; Ikkinchisi - o‘qituvchi shaxsining jamiyatga munosabati. O‘qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo‘lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o‘qituvchi-tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir. Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri ta’sirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma’lum axloqiy talablar qo‘yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Jamiyat o‘z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan axloq normalari, talablari, mezonlarini belgilaydi. O‘qituvchi umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlarni o‘zlashtirib olishi, tajribada qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi, mafkurasi va axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o‘qituvchining o‘z axloqiy fazilatiga, e’tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va mulohazalari bilan qo‘shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o‘rni va rolini belgilaydi.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta’limga qaratilayotgan e’tibor barcha pedagog xodimlarning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi ta’lim sohasiga yosh mutaxassislarning kelib qo‘shilishiga imkoniyat yaratmoqda, bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasasi pedagog xodimlar oldiga yanada yangi vazifalar qo‘yadi. Ma’lumki, inson har doim o‘sish va rivojlanishdadir. Shunday ekan, inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarnig ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik xodim jamoalari to‘g‘ri tushunishlari lozim. Har bir pedagog xodim, o‘z faoliyatini turli xil sharoitlarda va jamoalarda insonlar ta’sirida amalga oshiradi. Tarbiyachining mahoratini to‘la amalga oshirish uchun, avvalo, pedagogik mahorat tushunchasining mohiyat-mazmunini bilish, uning barcha komponentlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lib, ularning birligi, izchilligini ta’minlash lozim. Chunki ularning birini o‘zgarishi, tabiiy holda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada pedagogik mahorat to‘laqonli mazmunga ega bo‘lmay, uni egallash qiyin bo‘lib qolishi mumkin. O‘z kasbining mohir ustozi bo‘lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, pedagogik o‘ylash, pedagogik ish tutish lozim bo‘ladi.
Pedagogik nazokat. Pedagogik ta’sir etishda tashqi ko‘rinishning roli.Bu deganimiz, o‘z faoliyatini pedagogik hodisalarni, vaziyatlarni tahlil qilish, ularning har bir bog‘lanish joylarini anglashga intilish, kunlik natijalarni mustaqil ravishda tahlil qilishi va yangi ta’lim-tarbiyaga doir g‘oyalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga odatlanishi ham lozim bo‘ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish ularni hal etishning eng qulay yo‘llarini topish ustida o‘ylash ham kerak. Hozirgi kunda ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi, ta’lim oluvchilarni erkin, mustaqil fikr yuritishga va ongli intizomga o‘rgatish, intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, o‘qituvchidan chuqur bilimga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu jihatdan o‘qituvchining ta’lim oluvchilar bilan munosabatida “Pedagogik takt” muhim pedagogik qobiliyat sifatida e’tirof etiladi. Tarbiyachilar har tomonlama ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi bilan birga o‘zlarining tashqi qiѐfasiga ham e’tibor berishi lozim. Tashqi qiyofa orqali bolalarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoѐn qila olish, o‘ziga og‘dira olish va e’tiborni qarata olish ish jaraѐnini samaradorligini oshiradi. Lug‘aviy jihatdan “imidj” (ing. ―imeje”) tushunchasi - siymo, - timsol, - qiyofa va - obraz ma’nolarini anglatadi. Mohiyatiga ko‘ra esa ushbu tushuncha yordamida - joziba, - maftunkorlik ma’nolarini ifodalaydi.