Monolog ichki va tashqi nutq bilan ifodalanishi mumkin;
Dialog har doim ikki kishi o‘rtasida bo‘ladi;
Dialog har doim tashqi nutqda namoyon bo‘ladi;
“Yulduzlar mangu yonadi” asaridan olingan parchani to‘g‘ri ketma-ketlikda qo‘yib dialog hosil qiling.
- Shu Maksim polvon juda sovuq olishar ekan.
- Sportchi-da, seksiyada tarbiya topgan. Ular kitobda nima deyilgan bo‘lsa shuni qiladi.
Televizorda Monreal olimpiadasini ko‘rdilaringmi? Klassik kurashni olib ko‘rsatdi. Bir sovug‘-e, shuyam olish bo‘ldi-yu.
Hmm, juda lanj olish. Klassik kurashda oyoq bilan chil berish degan gap yo‘q.
Yana tag‘in jahon sporti emish deng.
U fransuzlarniki-a?
Shu fransuzlargayam qoyilman, o‘zining olishini butun jahonga yoygan.
Mo‘min muallim, mana, siz o‘qimishli odamsiz, uyingizda kitobingiz ko‘p, deb eshitaman. Siz ayting, nega endi bir lanj klassik kurash butun jahon sporti bo‘ladi-yu, o‘zimizning olishni faqat to‘yda to “Hosil bayrami”da ko‘ramiz? Yo, olishimiz sport emasmi?
Sport ham gapmi san’at! Ko‘ryapsizmi, Tilovberdining o‘ynab olishuvini. Buni hech qaysi trener, seksiya ham o‘rgatolmaydi.
Sport ham gapmi san’at! Ko‘ryapsizmi, Tilovberdining o‘ynab olishuvini. Buni hech qaysi trener, seksiya ham o‘rgatolmaydi.
Men yaqinda Sambo olishi haqida kitobni ko‘rdim. Hamma chillarning rasmi bor. Xoh ishoning, xoh ishongman, oyoqda olishdan boshqa hammasi o‘zimizning olishda bor ekan-e.
Mengboy kilning gapida jon bor. Kitoblik Sayfiddin Hodiyev bor-ku, yaqinda o‘sha bilan o‘tirib qoldim. Trenerlar meni jahon chempioni qilib yetishtirdim deb suyunadi, bilmaydilarki, men bolaligimdan to‘ylarda olishib yurgan tayyor polvon edim, deydi.
- Aytganday, shu bola ikki marta jahon chempioni bo‘ldi-ya.
Savollarga javob bering:
Savol: Suhbat nima haqida edi?
Javob: O‘zbek milliy kurashi haqida
Savol:Suhbatdoshlar nima haqida kuyinib gapirishmoqda?
Javob: Nima uchun klassik kurash jahon siporti hisoblanadi-yu, o‘zimizni milliy olishuvimiz jahon sporti qatoridan o‘rin olmaganligi haqida
Savol: Qaysi so‘z kurash so‘ziga ma’nodosh sifatida qo‘llanilgan?
Javob: “Olishuv” so‘zi
Nima deb o‘ylaysiz, suhbatda ko‘tarilgan muammo hozirgi kunda o‘z yechimini topganmi? Qanday?
Javob: Ha, hozirgi kunda bizning milliy kurashimiz jahon sport turlari qatoridan o‘rin olgan.
-li, -dor, -mand, ser-, ba- qo‘shimchalari bilan yasalgan sifatlar o‘sha narsa mavjud yoki ko‘p ekanini anglatadi: farzandli – farzandi bor; serfarzand – farzandi ko‘p.
-siz, be-, no- qo‘shimchalari bilan yasalgan sifatlar o‘sha narsa yo‘q yoki kam ekanini anglatadi: suvsiz hovuz – suvi yo‘q, suvsiz olma – suvi kam
Uyga vazifa:
Quyidagi jadvalga moslab so‘zlar yozib keeling. Bunda “+” belgisi o‘sha narsa bor ekanini, “-” belgisi esa yo‘q ekanini anglatadi.