Mavzu: kurash turlarining umumiy qoidalari


Kurashchining asosiy holatlari



Yüklə 28,95 Kb.
səhifə2/8
tarix25.11.2023
ölçüsü28,95 Kb.
#134435
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurashning qoidalari

Kurashchining asosiy holatlari.
Kurashchining asosiy holatlari-sport tayyorgarligi jarayonida kurashchilar tomonidan qo’llaniladigan holatlardir.
Tik turish-kurash olib borish uchun zarur bo’lgan, kurashchining tik oyoqlarda turgan holatidir. O’ng, chap tomonlama, yalpi, past va baland tik turishga ajratiladi. Ular yaqin, o’rta va uzoq masofalardan turib qo’llaniladi.
O’ng tomonlama tik turish-kurashchining (raqibga nisbatan) o’ng oyog’ini oldinga chiqarib turgan holatidir.
Chap tomonlama tik turish-kurashchining chap oyog’ini oldinga chiqarib turgan holatidir.
Yalpi tik turish-kurashchining tik turishdagi holati bo’lib, bunda uning oyoq kaftlari gavdasining yalpi tekisligida turadi.
Baland tik turish-tik turishda butun bo’yi bilan yoki bir oz egilgan holda turgan kurashchining holatidir.
Past tik turish-kurashchining tos-son bo’g’imlarida bukilib (oyoqlarni tizzalardan bukkan holda) tik turishdagi holatidir.
Parter -kurashchining qo’llari bilan gilamga tiralib, tizzalarda turgan holatidir.
Parterda pastdagi va yuqoridagi kurashchi holatlari ajratiladi.
Ko’prik-shunday holatki, bunda kurashchi, egilib, peshonasi hamda yelka kengligida yozilgan oyoq kaftlari bilan gilamga tiraladi.

Kurashchining texnik harakatlari
Kurash texnikasi-kurashchining g’alabaga erishish uchun qo’llaniladigan, qoidalarda ruxsat berilgan xarakatlari yig’indisidir.
Usul-kurashchining g’alabaga yoki raqib ustidan ustunlikka erishish uchun hujum qilinayotgan kurashchi holatini gilamga nisbatan o’zgartirishga qaratilgan xarakatidir.
Himoyalanish-kurashchining hujum qiluvchi tomonidan amalga oshirilayotgan usulni to’xtatib qolishga qaratilgan xarakatidir.
Qarshi usul-kurashchining raqib usuliga qarshi javob usulini bajarishga qaratilgan xarakatidir.
Bog’lanish-tik turish holatidan boshlanib parter holatiga o’tish yoki aksincha tartibda bajariladigan usullar uygunligidir.
To’xtatb qolish-kurashchining raqib hujumini to’xtatib, keyin uni xavfli holatga o’tkazishga qaratilgan xarakatidir.
Bosib turishlar - kurashchining ko’prik holatida turgan raqib kuragini gilamga tekkazishga qaratilgan xarakatidir.
Tashlashlar-tik turish yoki parterda raqibni gilamdan ko’tarish bilan bajarilgan va uni xavfli holatga tushirib qo’yadigan usullardir.
O’tkazish-tik turishda usulni bajarish yo’llari, buning natijasida hujum qiluvchi raqibini parterga turgizadi.
Ag’darish-bu usullar natijasida kurashchi, raqibni gilamdan ko’tarmasdan turib, uni xavfli holatga tushurib qo’yadi.
O’girishlar-parterdagi usullar, ularni amalga oshirish natijasida kurashchi raqibni gilmadan ko’tarmagan holda uni orqasi bilan gilamga ag’daradi.
Ushlab turishlar-kurashchiga raqibni gilamda orqasi bilan yotgan holatda ushlab turishga yordam beradigan usullar.
Yuqoriga chiqib olishlar-parterda pastdagi holatda turgan kurashchiga yuqoridagi holatga o’tib olishga yordam beradigan usullar.
Og’riq beruvchi usullar-bo’g’imni qayirish, qattiq bukish yoki paylarni ezish bilan bog’liq bo’lgan usullardir, ular natijasida raqib og’riqlarni his qiladi.
Bo’g’ishlar - bo’yinni qisish bilan bog’liq bo’lgan usullar, ular natijasida raqib bo’g’ilishni his qiladi.

Yüklə 28,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin