Mavzu: kurash turlarining umumiy qoidalari


Kurashchining taktik harakatlari



Yüklə 28,95 Kb.
səhifə5/8
tarix25.11.2023
ölçüsü28,95 Kb.
#134435
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurashning qoidalari

Kurashchining taktik harakatlari

Sport kurashi taktikasi-bu bellashuvlar va musobaqalarda yuzaga kelgan muayyan vaziyatlarda raqib xususiyatlarini hisobga olgan holda texnik iroda va jismoniy imkoniyatlardan mohirona foydalanishdir.
Hujum bu eng yaxshi himoya demakdir.
Kurash turlarida hujum xarakatini bajarish uchun zarur bo’lgan usullardan oqilona foydalanib raqibning himoyasini engib g’alabaga erishish maqsadida bajariladigan xarakatlar yig’indisidir.
Taktik tayyorgarlik usullari-kurashchi xarakatlari bo’lib, ular yordamida u hujum yoki qarshi xujum uchun qulay sxaroitlarni yaratadi.
Razvedka-kurashchining raqib to’g’risida ma’lumot olishga qaratilgan taktik xarakatlaridir.
Niyatni yashirish-kurashchining taktik xarakati bo’lib, uning yordamida u raqibdan o’zining asl niyatlarini yashiradi.
Xavf solish-kurashchining raqibni himoyalanishga o’tishga majbur qiluvchi taktik xarakatidir.
Aldamchi xarakat (aldash)-hujum qiluvchi tomonidan oxiriga yetkazilmaydigan va raqibni himoyalanishga majbur qiladigan usullar, qarshi usullar, ushlab olishlar, siltashlar, turtishlar va boshqa xarakatlar.
Qo’shaloq aldash-kurashchining taktik xarakati bo’lib, haqiqiy usulni raqibga aldamchi usul sifatida ko’rsatadi.
Chorlash-kurashchining taktik xarakati bo’lib, shu orqali u raqibni faol xarakatlarga o’tishga majbur qiladi.
Teskari chorlash-kurashchining taktik xarakati uning faol xarakatlarni to’xtatib, raqibni ham shunday xarakatlarga chorlash maqsadida amalga oshiradigan xarakati.
Cheklab qo’yish-kurashchining raqib xarakatlari erkinligini cheklab qo’yadigan taktik xarakatlari.
Takroriy hujum-bir xil xarakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo’lgan taktik xarakat. Ushbu ketma-ket uyushtirilgan xarakatlar ichida faqat oxirgisi hal etuvchi, qolganlari esa aldamchi xarakat hisoblanadi.
Muvozanatdan chiqarish-kurashchining taktik xarakati bo’lib, u raqibni nomustahkam holatni egallashga majbur qilish bilan birga kurashchiga hujumni bajarish uchun qulay vaziyatni yaratadi.
Usullar kombinatsiyalari-usullar uyg’unligi bo’lib, bunda boshlang’ich usullar keyingilarini bajarish uchun qulay dinamik vaziyat yaratadi.
Yuqorida sanab o’tilgan tushunchalar va atamalar sport kurashi nazariyasi hamda usuliyatida keng qo’llaniladi. Taklif etilayotgan atamalar o’zgarmas va qat’iy emas. U keyinchalik, shubhasiz, sport fanining rivojlanishi hamda yangi talablariga muvofiq qisman o’zgartirib turilishi mumkin


Yüklə 28,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin