Mavzu:Madaniyatshunoslikning fanining predmeti obekti va vazifalari
Reja
1.Madaniyat tushunchasi va turlari .
2Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida ``Avesto``va zardushtiylik talimotining tutgan urni.
Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "Madaniyat" tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat .), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat madaniyati, badiiy Madaniayt turmush madaniyati)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "Madaniyat" atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. Oʻrta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va boshqa shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Mac, Forobiy fikricha, har bir inson oʻz tabiatiga koʻra, "oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi", bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Uning taʼkidlashicha, "madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday boʻladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-xunarda ozod, hamma babbaravardir, kishilar oʻrtasida farq boʻlmaydi, har kim oʻzi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shugʻullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod yashaydilar". Alisher Navoiy yetuk axloq, maʼrifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga, maʼnaviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik gʻoyalariga muvofiqlikni tushundi. 9-asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan demokratikmaʼrifatparvarlik harakatining namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Ahmad Donish, Avaz Oʻtar, Komil Xorazmiy va boshqa xalqni Madaniyatli qilishning omili ilmmaʼrifatni egallashda deb bildilar. Ular oʻrta asr jaholatiga qarshi xalq oʻrtasida ilmmaorif va madaniyatni zoʻr ehtiros bilan targʻib qildilar. Masalan Furqat fikricha, ilmfan bir mashʼ-al boʻlib, insoniyatning baxt-saodat yoʻlini yoritib turishi kerak. Madaniyat. — umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning oʻzigina yaratgan sof madaniyat boʻlmaydi va boʻlishi ham mumkin emas. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millat oʻzi yaratgan boʻlsada, unda ja-hon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi va taʼsiri boʻladi, albatta. Madaniyat hech qachon sinfiy hodisa boʻla olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi. Madaniyat , sanʼat va adabiyot durdonalari, meʼmorlik obidalari, maqomlar, fan yutuqlari va boshqa barchaga tegishlidir. Madaniyat kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalari (mashinalar, texnik inshootlar, sanʼat asarlari, huquq, axloq normalari va h.k.)ni emas, shu bilan birga, kishilarning mehnat jarayonida voqe boʻladigan subʼyektiv kuch-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va koʻnikmalari, ishlab chiqarish va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi oʻzaro muomalalari)ni ham oʻz ichiga oladi. Madaniyatning 2 asosiy turi — moddiy va maʼnaviy ishlab chiqarishga qarab madaniyat moddiy va maʼnaviy madaniyatga boʻlinadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni oʻz ichiga oladi. Maʼnaviy madaniyatga ong , maʼnaviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, taʼlimtarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, sanʼat, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar). Har bir jamiyat oʻz madaniyat tipiga ega. Jamiyatlarning almashinishi bilan madaniyat tipi ham oʻzgaradi, biroq bu hol madaniy taraqqiyoti uzilib qolganini, eski madaniyati yoʻq boʻlib madaniy meros, oʻtmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat oʻzidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravishda meros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boʻlganidek, madaniayat sohasida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham madaniyatning ning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanishga utishi milliy madaniyatga sinfiy yondashishdan, uni sunʼiy tarzda "yagona umummadaniyat"ga aylanishdan saqlab qoldi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, mustaqillikkacha boʻlgan soʻnggi yetmish yil davomida madaniyat hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida Gʻarb madaniyatiga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinchidan, milliy madaniyatning boy oʻtmishi bir yoklama oʻrganilib, uning koʻpgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra boʻlib keldi. Oʻzbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda madaniyatni yuksaltirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Xalqimizning maʼnaviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urfodatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. "Davlat tili toʻgʻrisida"gi (1989-yil 21 okt.) qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy da-sturi" (1997-yil 29 avg .)ning qabul qilinishi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi (1997-yil), Oʻzbekiston davlat kon-servatoriyasi (2002-yil), Oʻzbek milliy akademik drama teatri (2002-yil), estrada musiqasini rivojlantirish toʻgʻrisidagi va boshqa bir qancha qaror va farmonlarning qabul qilinishi, bir qancha mutafakkir va allomalarimizning muqaddas nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng ni-shonlanayotgani davlatimiz tomonidan madaniyatni rivojlantirishga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikning amaliy ifodasidir. Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bO`lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda dastavval O`rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bO`lgan. Uning payg`ambari Zardusht tarixiy shaxs edi, uning asosida yangi Yakkaxudolik dinini ijod etgan. Zardushtiylik-ilgarigi diniy tasavvurlar va kO`p xudochilikka asoslangan diniy e`tiqodlarni takror Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. KO`p tadqiqotchilar Zardusht tarixiy shaxs bO`lib, milodgacha 589-512 yillarda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e`tirof etadilar. Bu haqiqatga yaqindir. Zardushtiylik paydo bO`lgan davr dastlabki sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik tuzumi endigina paydo bO`layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bO`linayotgan davr bO`lgan. Bu din eng avval O`rta Osiyo, sO`ng Eron, Ozorbayjonda qaror topgan edi. Avesto faqat diniy manbagina emas, balki dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, O`zi tarqalgan O`lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy , diniy e`tiqodlari, urf-odatlari haqilagi manba hamdir. Unda bayon etilgan asosiy g`oyalar diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht degan payg`ambar nomi bilan bog`langan. U “Avesto” ning eng qadimiy qismi “Gat” (xat nomi) ni ijod etgan. “Avesto” tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar qariyb milloddan avval 3000-yillik oxirlari va 2000-yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha O`tgan davrda yuzaga kelgan; avloddan-avlodga og`zaki O`tib olingan, uning buqa terisiga yozilgan kO`p qismi yO`qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. U miloddan avvalgi 3 asrda Ashrakiylar sulolasi davrida tO`plangan. Zardushtiylik dini ta`limotini quyidagi uch tarixiy qismga bO`lish mumkin;
1.Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, kO`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan;
2.Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan;
3.Qadimiy kO`pxudolilik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V asrda har ikkisini kelishtirgan mazdahiylik dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Zardushtning diniy islohoti bO`sh joyda yuzaga kelgan emas. G`arbiy Yevropa va rus tadqiqotchilarning fikricha, milodgacha bO`lgan 3-2 ming yilliklarda Markaziy Osiyoda oriy deb atalgan qabila yashagan. A.P.Primakning aytishicha, oriylar kO`chmanchi chorvadorlar bO`lishgan. Ularda yozuv bO`lmagan, ammo hayratomuz og`zaki ijod iste`dodiga ega bO`lib, ular yaratgan O`ziga xos ashula, gimn, pand-nasihat shaklidagi qO`shiqlar avloddan avlodga O`tib borgan. Umuman Sharqda qadimdan inson ichki olamini munavvar etish, niyat bilan amal mushtarakligiga jiddiy ahamiyat berish diniy va falsafiy fikrlarning markazida turgan. Angliyadagi Oksford universiteti-ning professori Maks Myuller Pomir atrofida yashagan Oriy qabilalarining bir qismi bundan 3,5 ming yil muqaddam Hindistonga, bir qismi Yevropa va Eronga kO`chib ketganini ta`kid-lagan. Ular albatta O`zlari bilan birga shu yerdagi osoriatiqalarni (mifologiya) ni ham olib ketishgan, deb hisoblagan. Demak, Yevropa va Hindistonga hamda Yaqin va O`rta Sharqqa tarqalgan kO`p xudolik asoslari avvalo Markaziy Osiyoda vujudga kelgan Shu bilan birga Zardusht asos solgan yakka xudolik dini ham boshqa joyda yashayotgan xalqlar e`tiborini O`ziga jalb etgan. Zardushtiylikning muqaddas yozuvlar tO`plami “Avesto” mintaqada Iskandar asos solgan hokimiyat tugagach, eramizgacha bO`lgan 250-yillarda arshohiylar sulolasi hukmronligi davrida yana tiklana boshlagan; u yangi matnlar bilan tO`ldirilgan. Sosoniylar sulolasi hokimiyati davrida (milodning III-VII asrlari) bu ish nihoyasiga yetkazilgan. “Avesto”ning uchta kitobi (bobi) qadimgi turon tilda va bittasi pahlaviy tilida tiklangan. Uning birinchi kitobi “Vadovdot”, ya`ni devlarga qarshi qonun, deb atalgan. “Yosin” va “Visparad”ni qO`shgan holda “Vadavdot-Sade” nomi bilan yuritilgan. “Vadovdot”ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi deyish ham mumkin. “Avesto”ning ikkinchi kitobi “Yosin” bO`lib, Zardusht Xat (noma)lari uning asosiy mazmunini tashkil etgan. U 72 “ha”- bashoratdan iborat bO`lib, birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Oxuramazdaning vahiylari haqligiga imon keltirishga doir duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga kelmasdan ilgari mavjud bO`lgan xudolar sha`niga shukronalar bayon etilgan. Avesto” ning uchinchi kitobi “Visporat” deb nomlangan. Unda olamni yoki hamma narsani bilishga doir pand-nasihatlar O`rin olgan. U ibodat namozlari yig`indisi bO`lib, 25 qismdan iborat. Oxirgi kitob “Bundaxash” qadimgi Eron tili - pahlaviy tilida yozilgan. Hozirgi zamonning hamma dinlarida vorislik, ya`ni meros qilib olish tamoyili bor. Shunga binoan O`rta Osiyoda tarqalgan Yahudiylik va islomda zardushtiylikning muayyan ta`siri borligi hozir ham seziladi. Bu din keng yoyilganligi va uzoq vaqt davom etganligi uchun u ajdodlarimiz ongi, turmushiga katta ta`sir O`tkazgan. U ham vaqt, sharoit, O`ringa qarab O`zgargan, zamonaviylash-gan; ijobiy, dunyoviy jihatlari boshqa dinlarga bevosita va bilvosita singgan. Masalan, mehnatga, dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikni rivojlantirishga da`vatlar bajonidil qabul qilingan. Uning tO`rt element: suv, tuproq, havo, olovni e`zozlash, avaylash, asrash haqidagi nasihatlari hozir ayniqsa dolzarbdir. Shuningdek zardushtiylikdagi halollik, poklik, vijdonlilik, odillik, mehnatsevarlik kabi nasixatu da`vatlari deyarli barcha diniy ta`limotlarda ham uchraydi.