Bibi Maryamning tug’ilishi (Rojdestvo Bojьey materi);
Isoning xochini tiklash (Vozdvijenie kresta Gospodnya);
Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы);
Isoning tug’ilishi (Rojdestvo Xristovo);
Isoni cho’qintirish (Kreщenie Gospodnya);
Olqishlash (Sretenie);
Xushxabarning nozil bo’lishi (Blagoveщanie);
Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodnya v Ierusalim) – pasxa postidan 6 haftadan keyingi yakshanba;
Isoning qayta tirilishi (Voskresenьe Xristovo) – Pasxa, bahorgi kecha va kunduz tengligi va oy to’lishgan birinchi yakshanba;
Isoning osmonga ko’tarilishi (Voznesenie Iisusa) – Pasxadan 39 kun keyin;
Muqaddas Ruhning tushishi (Soshestvie svyatogo duxa–Troitsin Denь);
Iso qiyofasining o’zgarishi (Preobrajenie) – 6 avgustda.
Cherkov yili eski hisobga muvofiq 1 sentyabrdan boshlanadi. 8 sentyabrь kuni «Rojdestvo Bojьey materi» bayrami o’tkaziladi. 12 sentyabrь kuni «Vozdvijenie kresta Gospodnya» bayrami nishonlanadi. Bu bayram imperator Irakliy davrida Iso krestining forslar tutqunidan qaytarib olib kelinishiga bag’ishlanadi. 21 noyabrь kuni «Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы» bayrami o’tkaziladi. Bu bayram uch yoshli Maryamning birinchi ruhoniy tomonidan Qadimiy Ahd ibodatxonasiga olib kirilganligiga bag’ishlanadi. Ibodatxonaga kirish bayramidan bir hafta oldin, yaьni 15 noyabrda Rojdestvo posti boshlanadi. Va nihoyat, 20 dekabrda Rojdestvo bayrami kiradi va 31 yanvargacha davom etadi.