Mavzu: Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining maqsad va vazifasi



Yüklə 32,92 Kb.
səhifə1/3
tarix25.11.2023
ölçüsü32,92 Kb.
#134557
  1   2   3
Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining maqsad va vazifasi.


Mavzu: Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining maqsad va vazifasi.
R E J A:
1. Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining asosiy vazifalari va maqsadi.
2. Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining rivojlanish tarixi.
3. Material haqida tushuncha.
4. Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
5. Materialshunoslikdagi muammolar.

Respublikamiz mustaqil bo’lgandan so’ng, xalq xo’jaligining hamma sohalarida o’zgarishhlar ro’y berrmoqda. Hozirgi vaqtda fan- texnika taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan turli amaliy masalalarni yechish uchun har bir yoshh bo’lajak mexanik-muhandis va texnikaning boshqa turlari bilan shug’ullanuvchi mutaxassishlar metallarning prog’ressiv olinishi usullari yangi metall va nometall materiallar, ularning xususiyatlari va texnikaning qaysi sohasida ulardan ratsional foydalanish lozimligini bilishhlari kerak. Hozirgi kunda bo’lajak yosh muhandis, mexanik, konstruktor, ilmiy xodim, tadqiqotchi, loyihacxilardan texnologiya asoslari chuqur talab qilinadi, chunki busiz mustahkam, uzoq muddatga chidaydigan tejamli konstruktsiyalar, mashinalar, pribor jihozlar, mexanizmlar yaratish mumkin emas.



Ma’lumki, har qanday mashina, mexanizm detallari ish jarayonida turli nagruzkalar ta’sirida bo’lib, har xil muhitlarda ishlaydi. Ularning belgilangan muddatda me’yorda ishlashi uchun materiali konstruktor tomonidan belgilangan kompleks xossalarga ega bo’lishi kerak. Shundagina texnika iqtisodiy ko’rsatkichlari talab darajasiga ega bo’lgan turli xil mashinalar yaratiladi.
Materiallar texnologiyasi fani asosan qora va rangli metallar ishlab chiqarish, metalshuninoslik asoslari, metalmas materiallar va ularni ishlash texnologiyasi, tayyorlamalarni tayyorlash usullari, quymakorlik hamda metall va metalmash materiallarga mexanik ishlov berish asoslarini o’rgatadi. Shu bilan birga mashina detallari tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlarni, mustaqil ravishda mashina detallarining loyihalashda texnologik masalalarni yechishni talabalar o’rganadilar.
Mashinasozlikda talab darajasidagi sifat o’zgarishhlarini amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirish, uning sifatini yanada yaxshilash va mehnat sharoitlarini yanada yengillashtirishga qaratilgan tadbirlarga, ya’ni ishlab chiqarish jarayonlarini maksimal darajada mexanizasiyalash va avtomatlashtirishga katta e’tibor berilishi lozim.
Ko’pgina materiallarning texnikaga yaroqliligi uning tuzilishiga bog’liqdir. Materiallarning tuzilishi deganda, uning bir butunligini ta’minlovchi, ya’ni tashqi va ichki ta’sirlarga faol qarshilik ko’rsatuvchi ichki bo’glanishlar tushuniladi. Ichki bog’lanishlarga muvofiq materiallarning xossalari ham o’zgarishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak materialning tarkibi, tuzilishi hamda xossalari o’rtasidagi amalliy bog’lanishlarni o’rganadigan fan materialshunoslik deb ataladi. Materiallarning tarkibi deganda Shu materiallarning qanday kimyoviy elementlardan tuzilganligi tushuniladi.
Materialning tuzilishi tushunchasi ancha keng ma’nodagi tushuncha bo’lib, ko’z yoki oddiy lupa bilan ko’rib bo’ladigan mikrotuzilish maxsus (500-2000 marta katta qilib ko’rsatadigan) optik asboblar metallomikroskoplar yordamida o’rganiladigan mikrostruktura hamda 100000 marta katta qilib ko’rsatadigan elektron mikroskoplarda yoki rentgen nurlari ta’sir ettirish bilan kuzatiladigan supmikroskopik strukturalarni o’z ichiga oladi. Materialning xossalari deganda, uning kimyoviy, mexanik va texnologik xossalari tushuniladi.



Yüklə 32,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin