MAVZU: MAKROIQTISODIYOTNING YUZAGA KELISHI: KLASSIK MAKTAB VAKILLARINING IQTISODIY QARASHLARI. KLASSIK IQTISODCHILAR, RIKARDO, MALTUS, XYUM
Reja:
1.Klassik iqtisodiy maktabning paydo bo’lishining tarixiy shart- sharoitlari va uning tavsifi
2. U.Pettining milliy daromad konsepsiyasi 3. .Kantillonning hayoti.Modellashtirishning boshlanishi. Kantillon samarasi
Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo’lishi (Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib bu erda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo’jaligida ham g’alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo’l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta’limotlar endi taqozo etila boshladi.
U.Pettining iqtisodiy ta’limoti.
· Uilyam Petti (1623–1687) – Angliya klassik siyosiy iqtisodining asoschisidir. K.Marks so’zi bilan aytganda, U.Petti-«Siyosiy iqtisodning otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuksak bilimli odam bo’lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida
· u 1650 yili 27 yoshida U.Petti fizika bo’yicha doktorlik darajasini oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo’lib ishladi. U.Petti iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan «Soliqlar va yig’imlar to’g’risida traktat» (1662 y), «Donishmandlarga so’z» (1665 y), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672 y), «Siyosiy arifmetika» (1683 y) va boshqa asarlarni yozdi. narmand- matochi oilasida tug’ildi.
· Boylik va pul nazariyalari. Merkantilistlardan farqli ravishda, U.Petti fikri bo’yicha, nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning eri, uylar, kemalar, tovarlar va xatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo’yicha o’z fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat – boylikning otasi, er esa uning onasi» degan iborani ishlatdi.
· U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash bema’ni narsa ekanligini ko’rsatib o’tadi. Davlatning bunday xatti- harakati, uning fikri bo’yicha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish bilan bir narsadir.