Mavzu kichik guruh bolalarini faoliyat markazlaridagi faoliyatl
Katta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish. Katta guruhlarda ko‘pincha mashg‘ulotining ma’lum bir qismi ikki va undan ortiq bolalar bilan birga ishlaydigan jamoa ish sifatida tashkil etish lozim.Bolalar birgalikda oldida turgan vazifani muhokama qiladilar, ish tartibini rejalashtirishadi, bir-birlariga yordam ko‘rsatadilar. Applikatsiya mashg‘uloti shartsiz ravishda bolalarda ijodiy qobiliyatlarining o‘sishga ta’sir ko‘rsatadi.
Bola hayotining 6-yilida kuzatishlar, o‘yin sensor tarbiyaning ta’siri ostida bolalarda predmetning rangi, shakli, kattaligi va boshqa sifatlari to‘g‘risida bilim va tasavvurlari shakllana boradi. Bu yoshga kelib bolalarda tasviriy o‘kuvi va texnik usullari mavjud bo‘ladi, qo‘l muskullari rivojlangan bo‘lib, qaychi bilan qiladigan harakatlari ancha aniq va ishonchli bo‘ladi, bu esa o‘z-o‘zidan applikatsiyaga o‘rgatishning ancha murakkab vazifalarini hal etishni taqozo etadi.
Applikatsiya mashg‘ulotlari jarayonida predmet to‘g‘risida xilma-xil ma’lumotlar berib boriladi.
Bolalar xilma-xil shakllarni atashga, kvadrat, to‘rtburchakni bir-biridan farq qilishga, ularning asosiy belgilarini to‘g‘ri atashga o‘rgatib boriladi. SHuningdek, bolalarni oval, doira, uchburchakni to‘g‘ri ajratishga farq qilishni o‘rgatadi. SHunday qilib, bolalar faqat shakllar bilan emas, balki ranglar bilan tanishib boradilar. Masalan: och, to‘q, yorqin ranglar va boshqalar. Bular orqali bolalar rangni sezishga, uni tanlay bilishga o‘rganib boradilar.
Applikatsiya jarayonida figuralarni bir-biri bilan taqqoslashga o‘rganadilar, baland-past, keng-tor ya’ni qalin-ingichka kabi tushunchalarni egallab, tushunib boradilar. SHuningdek, qog‘oz varag‘ini mo‘ljallay bilish bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, tepada, pastda, o‘rtasida, ketma-ket tushunchalarni egallashga harakat qiladilar. Bu ishda bolalarni qaychi bilan qirqish usullariga o‘rgatib borish davom ettiriladi. Bu bilan o‘rgatib borish davom ettiriladi, bu bilan bolalar o‘rta guruhda egallagan qirqish usullarini takrorlab, mustahkamlaydilar va yangi kirqish usullarini egallaydilar. Bular quyidagilar: qog‘ozni 2 buklab bir xil shakllar qirqish usuli, simmetrik shakllarini ham bir necha marta buklab (garmoshka qilib taxlab) qirqishga o‘rganadilar. Masalan: gullar, barglar va hokazo. Bu guruhda tarbiyachi bolalarning diqqatini doimo ishning sifatiga qaratib boradi.
CHunki qirqish va yopishtirishning sifati butun bir ishning, applikatsiyaning sifatiga ta’sir etadi.
O‘quv yilining boshida bolalar bilan doiraviy shakllarni qirqish ustida ishlanadi, chunki bolalar bu usulni o‘rta guruhda etarli darajada egallamagan bo‘ladilar. Bolalar predmetlarni qismlarga bo‘lib, qirqib yopishtirishni o‘rgangach, ularning qirqishning ratsional usuli, ya’ni garmoshka usulida qog‘ozni buklab qirqishga o‘rganadilar. Ammo yilning boshida dumaloq shaklidagi predmetlarni qirqishni mustahkamlashga tarbiyachi quyidagi mavzularda ishlar berishi mumkin. Masalan: kuzgi barglar, sabzavot, mevalar, qo‘ziqorinlar va hokazo. O‘quv yili davomida bolalar predmetli applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan: samolyot, raketa, mashina va hokazo. Qog‘ozni garmoshka usulida buklab qirqishga turli hil predmetlarni taklif qilish mumkin. Masalan: bargli shoxcha, gullar, archa o‘yinchoqlari.
SHuningdek, dekorativ applikatsiya bo‘yicha ham shar, sochiq, kvadrat, gilam, doira, tarelka va shuningdek tayyor siluetlarni zontik, choynak, fartuk kabilarni bezatishni taklif etish mumkin. Bolalarni simmetrik figuralarni qirqishga o‘rgatishda tarbiyachi simmetrik tuzilishga ega bo‘lgan predmetlarni taklif etadi. Masalan: guldon, nok, kapalak, masxaraboz va hokazo. Bolalar predmetli, dekorativ applikatsiyadan tashqari mazmunli
applikatsiya ham bajaradilar. Masalan: quyonning bo‘g‘irsoq bilan uchrashuvi, qor bosgan uycha, qiz bayroq ushlab turibdi va hokazo. Katta guruhda bolalar o‘z ixtiyorlari bilan ham applikatsiya ishlarini bajaradilar. Bolalar olgan bilim, malakalar asosida o‘zlari mustaqil applikatsiya ishlarini bajaradilar.
Applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalar jamoa ishlar bajaradilar. Gullar va afsonaviy qushlar tasvirlangan gilam, sevimli o‘yinchoqlari va boshqalar. Katta guruhda ham applikatsiya mashg‘ulotida tasvirlash kerak bo‘lgan predmetlarni tahlil qilishga katta o‘rin ajratiladi va unda bolalarni savollar bilan faollashtirilsa, katta guruhlarda esa bolalarni mustaqilligini qo‘proq ta’minlaydi. Tahlil jarayonida bolalar predmetning shakliga, rangiga, turli xil xususiyatlariga e’tibor berishi lozim. Xalq amaliy san’ati asarlarini ko‘rib tahlil qilishga, bolalarga ranglar garmoniyasining go‘zalligini sezishga, ko‘pincha kompozitsiyaning mazmundorligini ochishga o‘rgatiladi. Bu guruhdan namunadan ayrim hollarda, ya’ni ishning yakunini namoyish qilishda foydalanish mumkin. Har bir qirqish usullarini ko‘rsatib berishga maqsadga muvofiq bo‘lmadi. Tarbiyachi ko‘proq bolalarning o‘zlarini faollashtirib, bolalarning o‘zlariga mustaqil ravishda qirqish yo‘llarini, yopishtirish tartibini qidirib topishga undaydi. Agarda yangi qirqish yo‘llari kiritiladigan bo‘lsa, tarbiyachining o‘zi qirqish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Masalan: qat-qat usulida qirqish, ayniqsa, simmetrik figuralarni qirqishda bolalar ancha qiynaladilar.
SHuningdek, tarbiyachi ayrim predmetning qog‘ozdagi tasviridan foydalanish mumkin (qo‘l harakatlari bilan yurgizib chiqish). Dastlab tarbiyachi «predmetning yarmi» deb tushuntirish asosida bolalar usulni tushunib etadilar. Bu guruhda bolalar qog‘ozni qo‘l bilan yirtib, mayda bo‘lakchalardan foydalanib tasvirini hosil qilishga o‘rganadilar. Tarbiyachi bolalarni mustaqil, ijodiy ishlashga o‘rgatib, mazmundor applikatsiya yaratishga, tayyorlov guruhga o‘tgach ularning applikatsiya bo‘limi ancha murakkablashadi. Ular qirqimning yangi usullarini egallay boshlaydilar. Bu usullari - bir necha marta buklangan qog‘ozdan qirqish va siluet qirqish hisoblanadi. SHu bilan bu guruh bolalarni turli xil shakllarda dekorativ naqsh tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli applikatsiya tuzishda predmetlarni joylashtirishga o‘rganadilar. SHu bilan birga rang spektrining barcha ranglaridan foydalanishga o‘rganadilar.
Siluet qirqish - eng murakkab usullardan biridir. Siluet kiritish jarayonida bola doimo predmetning obrazni xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo‘l harakatini hosil qilinayotgan shaklning yo‘nalishiga moslashishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bolalarni siluet kirishga o‘rgatishni sodda shakllaridan baliqlar, sabzavot, mevalardan boshlash lozim. Katta guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishda quyidagi vazifalar turadi: Bolalarni to‘g‘ri harakat bo‘ylab qirqish, dumaloq shakllarni va ikkiga buklangan qog‘ozni qirqishga o‘rgatiladi. Bir nechta qismdan tuzilgan predmetlarni hosil qilishga, geometrik shakllaridan chiroyli dekorativ naqsh tuzishga o‘rganadilar.
Demak, bu guruhda asosiy vazifa qirqishning xilma-xil usullarini egallashdan iborat ekan. Oldin bu guruhda ham o‘rta guruhdagi kabi mavzularda, faqat qismlar soni ko‘paytirilib qorbobo, qalpog‘i boshida yoki qo‘lida xaltasi bilan, samolyot esa qanotlarida yulduzi bilan va qorboboning yuz qismidan mayda qismlarini: burun, ko‘z va boshqalar. Bu guruhda bolalar ba’zi shakllarni ikkiga buklangan qog‘ozdan, shoxchasi barglari bilan. Bu usullarni ishlatilishi vaqtni ancha tejaydi va chiroyli mazmun yoki kompozitsiyani tayyorlash mumkin. Qog‘ozni ikkiga buklab qirqish,bir-biriga simmetrik shakllarni qirqishni osonlashtiradi. Bu usuldan foydalanib bolalar vaza, barglar, sabzavot va mevalarni shaklini qirqadilar. Katta guruhda bolalar shakllarni qog‘ozning uchini qo‘li bilan tekislab, barmoqlarda qirqishga o‘rganadilar.
Katta guruh bolalarning ishlaydigan ish mazmuni shu bolalarda qirqishning ko‘nikma va malakasini rivojlantirishdir.
Dekorativ applikatsiya ishlarida esa, bu guruhda faqatgina tayyor geometrik shakllar berilmay, balki xilma-xil o‘simlik shakllaridan barg gullar va boshqalarni elementlari tayyorlov guruhga o‘tgach, ularning appilikatsiya bo‘limi ancha
murakkablashadi ular qirqishning yangi usullarini egallay
boshlaydilar. Bu usullar-bir necha marta buklangan qog‘ozdan qirqish va siluet qirqish hisoblanadi. SHu bilan birga bu guruh bolalarini turli xil shakllarda dekorativ naqsh tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli .Applikatsiya tuzishda predmetlarni joylashtirishga o‘rganadilar. SHu bilan birga spektrning barcha ranglaridan foydalanishga o‘rganadilar. Siluet qirqish - eng murakkab usullaridan biridir. Siluet qirqish jarayonida bola doimo predmetining obrazini xotirasida tutib turishga va uning konstruksiyasi va proporsiyasini kuzatib turishga, qo‘l harakatini hosil qilishayotgan shaklining yo‘nalishiga moslashishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun bolalarni siluet qirqishga o‘rgatishni sodda shakllaridan (baliqlar, sabzavot va mevalar) dan boshlash lozim.
Katta guruh bolalarini applikatsiya qilishga o‘rgatishda qirqimning turli usullarini egallash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning tasavvuriga asoslangan holda tarbiyachi bolalar bilan naturani, uning qismlari, tuzilishini tahlil qilib, alohida qimlarga ajratib ko‘rsatadi. Namunada bolalar predmetni birinchi marta tasvirlayotgan bo‘lishsa foydalanish mumkin. Uni tahlil qilishni bolalarning o‘ziga topshirish mumkin bo‘ladi.
Agar bolalar o‘zlariga tanish predmetni bir necha qismlari bilan tasvirlanayotgan bo‘lishsa, namuna o‘rnini natura bilan almashtirish mumkin bo‘ladi. Masalan, oddiy uyni emas,afsonaviy uyni yoki bayramga bezatilgan uyni; katta va tayyorlov guruhlarda bir necha namunalardan foydalanib, ko‘rsatish tavsiya etiladi. CHunki bu narsa bolalarning ijodiy faolligini tarbiyalaydi. Bu guruhda bolalar qog‘ozni ingichka buklab simmetrik shakllar qirqishga o‘rganadilar. Bu albatta qiyin usul, shuning uchun I.A.Gusakova bolalarni bu usul bilan dastlab tanishtirishda qog‘ozni
buklab chizilgan kontur berishni tavsiya etadi. Bolalar bu usulni egallab olgach ularni qunt bilan chamalab qirqishga o‘rgatiladi. Katta guruhda jamoa bo‘lib applikatsiyalar bajariladi. Masalan: «Akvariumdagi baliqlar», «O‘tloqdagi gullar», «Ko‘chadagi uy va mashinalar». Har bir bola ishning qaysidir qismini bajaradi. Keyin har bir qism umumiy fondga
birlashtiriladi. Tarbiyachi ishni bolalarni hoxishiga qarab taqsimlaydi. Ba’zi jamoa
ishlarni bajarishda bolalar 4-5 ta bo‘lib, guruhchalarga
birlashishadi.
Tasviriy faoliyat (6-7 yosh)
Bolada atrof-olam go‘zalligini, tasviriy san’at asarlaridagi nafosatni his etish
va anglash layoqatini tarbiyalashda davom etish kerak.
Bolaning san’at haqidagi tushunchalarini kengaytirish, taniqli rassomlar
(J.Umarbekov, R.CHoriev) hamda bolalar kitoblarining rassom-illyustrator
(H.Rahmatullaev, R.Zufarov)lari bilan tanishtirish va ularni aks ettirilgan voqea- hodisalardagi holat va kayfiyat mutanosibligini his etishga, ranglar uyg‘unligiga e’tibor berishga undash lozim.
Bolaga rasm solishni dastlab, oddiy qora qalam bilan narsaning umumiy belgilarini xomaki chiziqlar yordamida chizishdan yoki sxematik chiziqlar bilan belgilashdan boshlashga o‘rgatish. Rasmlarning mavzu doirasini kengaytirish: ona yurti, shahar, qishloq, mahalla, uyi, oila a’zolari haqida; kattalar mehnati (sotuvchi, rassom, hamshira); bayram taassurotlari (“Onajonlar bayrami”, “Mehrjon bayrami”) asosida voqeaband rasm solishga; qadimiy obidalar, milliy buyumlar, kiyim-kechaklar; ertakona obrazlarni (“Paxlovon bola”, “Go‘zal malika”) tasvirlashga qiziqtirish.
Bolaning rasm chizishga intilishini, voqeani tushunib aks ettirishini, inson qiyofasida, ko‘z, og‘iz, burun va qo‘l barmoqlarini aniq chizayotganini, odamlar egnidagi liboslarni turli naqsh va bezaklar bilan bezatishini, ranglar uyg‘unligiga e’tibor berayotganini rag‘batlantirish kerak.
Voqeaband rasm chizayotganda tasvirni varaq sathida to‘g‘ri joylashtirish; tasvirlanayotgan qahramonlarni, sharoitni, narsalarning o‘ziga xosligi (shakli, kattaligi, uzunligi, voqeada ishtiroki)ni inobatga olgan holda (varaqning pastki qismiga yaqinroq yoki uzoqroq, o‘rtada, o‘ng yoki chap tomonda) joylashtirish ko‘nikmasini shakllantirish lozim.
Bolani asosiy spektr ranglar bilan tanishtirib, rasmda ularning chiroyli turlanishlarini keltirib chiqarish yo‘llari (texnik ko‘nikmalar - ikki xil bo‘yoqdan yangi rang hosil qilish; buyum shakli bo‘yicha qalamda shtrix o‘tkazish) bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirish zarur.
Bolani asli (natura)ga qarab tasvirlash ko‘nikmasini takomillashtirish, asliga qarab rasm chizishda, tasvirlanadigan narsani (“Guldasta”, “Guldonda gullar”) diqqat bilan ko‘rish, shakliga, rangiga, katta-kichikligiga, yorug‘ va soyaroq tomonlariga ahamiyat berishga, shuningdek varaq sathiga chiroyli joylashtirib, aks ettirishga o‘rgatishda davom etish lozim.
Rasm solishda tasviriy materialdan foydalanishni kengaytirish: rangli va oddiy qalamlar, bo‘yoq-guash, akvarel; bitta rasmda turli materiallarni ishlatishga o‘rgatish shar.
Rasmda buyumlarni, o‘simliklar, sabzavot va mevalarni bir-biri bilan o‘zaro qiyoslash, masalan, shakli va rangi bilan farqlanuvchi bir xil (katta-kichik, qizil- yashil) yoki shakli bir xil, ranglari har xil (lavlagi bilan turp); har xil daraxtlar (olma va yong‘oq daraxti, terak va tol); turli xil transport vositalari (yuk mashinasi va engil mashina, samolyot va raketa) solishtirish orqali o‘xshash va farqli tomonlarini topish va tasvirlashga o‘rgatish kerak.
Tabiatda yil fasllari, ob-havoning o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda ranglarning o‘zgarishini (quyoshli kunda osmon zangori rangda, bulutli kunda kul rang; bahorda barglar - yashil, kuzda - sariq, qizil v.b.) payqashga, tabiat manzarasi tasvirida zarur ranglarni tanlay olish, ranglarning qarama-qarshi va tekis tovlanishini tasvirda etkazib berishga erishish shart.
Bolaga shaklni, chiziq va mayda dog‘lar joylashuv tartibini jozibali tarzda etkazib berishda, tasvir go‘zalligini xayolan gavdalantirish malakasini shakllantirish.
Noan’anaviy usullarda (iplar, sham, sovun, barmoqlar, dog‘lar yordamida) rasm solishga o‘rgatish lozim.
Tasviriy san’at asarlari - peyzaj va natyurmortlarni mustaqil kuzatish, ularga hissiy-estetik jihatdan baho berishga o‘rgatish zarur.
Bolaning bezakli rasmlarni solish bo‘yicha ijodkorligini rivojlantirish, o‘zbek xalq hunarmandchiligi yo‘nalishida naqshlar chizishga o‘rgatish kerak.
Qadimiy va keng tarqalgan milliy bosh kiyimlardan - o‘zbek do‘ppilari bilan tanishtirishda davom etish. Bolaga do‘ppilarga kashtado‘zlik usullarida naqsh elementlari chizishni va o‘ziga xos tartibda joylashtirishni o‘rgatish. Bola diqqatini milliy anjomlarga (gilamcha, so‘zana v.b.) tikilgan nafis naqsh elementlariga, ranglar uyg‘unligiga qaratish. Atlas va adrasdagi naqsh elementlarini chizishga qiziqtirishni davom ettirish lozim.
Rangli, qora va oq fonda naqshlarni kompozitsiyalash ustida mustaqil ishlashga o‘rgatish. Turli hajmdagi siluet qog‘ozlarga, jumladan, milliy buyumlar (choynak-piyola, kosa, lagan) siluetiga naqshlar (ilmoq, gajak, chiziqchalar, tayoqchalar) chizish; liboslarni ifodalovchi siluetlarga mayda va yirik elementlardan foydalanib naqsh chizish. O‘zbek va boshqa xalqlar amaliy san’ati an’analari asosida, turli fonda va har xil hajmda bezakli naqshlar chizish. Bezakli rasm elementlari nomlarini bilish - gajak, bodom, zigzak, yarimoy shakllari.
Engil harakatlar bilan rasmlarni bo‘yashga o‘rgatish, tasvir shaklidan kelib chiqqan holda bo‘yashni to‘g‘ri rejalashtirish. Fikran milliy naqsh elementlaridan foydalanib, bezakli kompozitsiyalar tuzish, turli naqshlar ishlash, jamoa mehnatida ishtirok etish. Kompozitsiyalarni yakka o‘zi shuningdek, 3-4 kishilik kichik jamoa bilan birgalikda ishlash yaxshi natija beradi.
Ota-onalar bilan birgalikda ko‘rgazmalar, muzeylarga borishni tashkillashtirish lozim.
Bolani o‘z ishidagi kamchiliklarni sezishga va ularni tuzatishga undash. O‘zining va tengdoshlarining ishini tahlil qilish, erkin fikr bildirish malakasini takomillashtirish, chizgan rasmlaridan zavqlanish, erishgan natijalaridan quvonish kabi his-tuyg‘ularni shakllantirishni davom ettirish shart.
O‘z ish joyini tayyorlash, saranjom-sarishta, tartib bilan ishlash, toza tutish, yig‘ishtirishga, ishdan so‘ng qo‘llarini sovun bilan tozalab yuvishga odatlantirish kerak.
Loy, plastilin (tuzli hamir, rangli sham)lar bilan ishlash.
YAsashning turli usullaridan erkin foydalanishga o‘rgatish; asosiy qism va boshqa qismlar shaklini, ularning bo‘laklari, tasvirlangan buyumlarning o‘ziga xos xususiyatlarini etkazib berishga; barmoq va yog‘och qalam bilan shakllar yuzasiga ishlov berishga o‘rgatishni davom ettirish lozim.
Sodda shaklli narsalar (meva va sabzavotlar) va xalq ustalari an’analariga asoslanib, murakkabroq sopol o‘yinchoqlar (uloqcha, toychoq) yasashga o‘rgatish.
Bola hajmli shakllar: shar, silindr, konus haqidagi bilimlariga tayanib, dastlab narsa shaklini o‘rganishi, so‘ngra uning alohida qismlarini ajrata olishi, nomini aytishi va yasashni boshlashi lozim.
Plastik materiallardan narsa yasash jarayonida, bolaning kompozitsiyani his etish tuyg‘usini rivojlantirib borish; 2-3 shakldan iborat murakkab bo‘lmagan haykaltaroshlik buyumini hosil qilish va figuralarni umumiy asosga birlashtirish. Turli idish-tovoqlar (piyola, kosa, choynak) yasash, ularning sirtqi qismini barmoq uchlari va yog‘och qalam bilan silliqlash. Bola barcha bosqichlarni mustaqil bajarishi lozim: plastina (yassi, qattiq jism) yasash, jism relefini stek (haykaltaroshlar ishlatadigan qalam)da chizish. YAsalgan narsani guash yoki tempera (tuxum sarig‘idan tayyorlangan) bo‘yoqlari bilan bo‘yash. Xalq o‘yinchoqlariga o‘xshatib bezakli shakllar yasash va bo‘yash. Sopolga milliy naqsh ishlash va bo‘yash. Xalq ijodkorligi yo‘nalishida o‘yinchoqlar, tekis yuzaga ishlangan bo‘rtma naqshlar yasash (suvenirlar, dekorativ tarzda loyni, tuzli hamirni, rangli shamlarni har tomonini naqshlar bilan bezatish).
Applikatsiya. Bolani simmetrik shakldagi narsalarning (ko‘za, gullar, barglar) siluetini kesishga o‘rgatishda davom etish lozim.
Ikkita bir xil narsa (kosa, piyola) hosil qilish uchun to‘g‘ri to‘rtburchakni teng ikkiga buklab, rasmni to‘liq chizish va kontur bo‘ylab qirqishga o‘rgatishni davom ettirish. Bir necha marta buklangan qog‘ozni diagonal bo‘yicha qirqib shakl hosil qilish (qorparcha, yulduzchalar), qog‘ozdan yangi yil o‘yinchoqlari, bezaklari, turli ramzlarni qirqish texnikasini o‘rgatish zarur.
Buyumlarning asliga qarab va tasavvurga ko‘ra muayyan mazmunga ega bo‘lgan voqeaband (sabzavot, o‘yinchoq, gullar) tasvirini yasash va bezashga o‘rgatish shart.
Qog‘ozda geometrik shakl va o‘simliklarga xos belgilardan foydalanib, shakllarning bezakli kompozitsiyasini tuzish. Bola obrazli shakllar ustida ishlayotganida qog‘ozlarni yirtish va tasvirlarni elimlashning turli usullaridan foydalanishini rag‘batlantirish; rasmlarning dastlabki engil silueti bilan birga tasvirning mozaika, kvilling, bo‘rttirib ishlash usulini ham o‘rgatish. Rang va uyg‘unlikni his qilish tuyg‘usini rivojlantirish lozim.
O‘zbek milliy naqshlari bo‘yicha, jumladan, har bir viloyatning o‘ziga xos naqsh elementlari va ranglar mutanosibligi borligi haqida tushuncha berish. Bola o‘z ishlarida kashtachilik hamda yo‘rmado‘zlik elementlaridan foydalanib, bir- biriga mos yangi naqshlar hosil qilishini rag‘batlantirish shart.
Turli sifatdagi matolardan (silliq, yaltiroq, tukli) applikatsiya qilishga o‘rgatish (gullar, tasmalardan savatlar, kapalak uchun shoyi, bo‘r yordamida kontur yuritish va syujetga muvofiq qirqish).
Bolada ranglar mutanosibligini his etish layoqatini rivojlantirish. Murakkab bo‘lmagan kompozitsiyalar tuzishda guruh tarkibida ijodiy ishlashni davom ettirish. Navro‘z va boshqa bayramlarni o‘tkazish uchun bino va hovlini bezatishda ishtirok etishni ta'minlash zarur.
Qurish-yasash. Bolaning qurilish materiallaridan bir-biriga mos keladigan, erkin konstruksiyalarni osonlik bilan qura olishini, bunda “ko‘z nazorati” yordamida kerakli materiallarni tez va to‘g‘ri tanlashini, maqsad va tasavvuri bo‘yicha bemalol qurilish ishlarini bajara olishini rag‘batlantirish lozim.
Bolaning narsa qismlarini to‘g‘ri idrok etish; murakkab shakl xususiyatlarini ilg‘ash; yaxlit badiiy kompozitsiyaning rang-tus va makoniy uyg‘unligini anglab; qurayotgan inshooti bitganda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini tasavvur etish layoqatini shakllantirish zarur.
Turli xildagi binolar (turar - joylar, teatr, minora v.b.)ning konstruksiyalarini kuzatishga o‘rgatishni davom ettirish zarur.
Binolar konstruksiyasini tahlil qilish, uning vazifasini belgilab, shakliga muvofiqligini, foydalaniladigan sharoitga mosligini aniqlash. Bolaga detallarni o‘zaro mustahkamlashning turli usullaridan foydalanishni, lego va transformer bilan turli narsalarni mustaqil yasashni o‘rgatish shart.
Bitta ob’ektdan turli shart-sharoitlarda foydalanishni nazarda tutib loyihalash (piyodalar va transport harakati uchun ko‘prik); qurilish uchun qaysi detal ko‘proq mos kelishini aniqlash; ularni qaysi tartibda konstruksiyalash maqsadga muvofiq ekanligini belgilash; istiqboldagi qurilishni rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Qurish-yasash loyihalarini va inshootlarini tahlil etish, uning asosiy vazifasini belgilash, shunga muvofiq ravishda uning shakli va hajmini aniqlash;
qismlarni bir-biriga mahkamlash usullarini qo‘llab inshootning konstruktiv echimini izlab topishga yo‘naltirish lozim.
YAgona mazmunga birlashgan katta qurilishni (ko‘cha, bino) yasashni o‘rgatishni davom ettirish. Turli plastmassa konstruksiyalari haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Rasm, shaxsiy tasavvuri yoki tarbiyachining ko‘rsatmasi asosida turli modellar (bino, poezd, samolyot v.b.) yasashga o‘rgatish.
Bolaning mustaqil holda pazl, mozaikalarni yig‘ishi va legolardan turli narsalar yasashini rag‘batlantirish shart.
Me’morchilik san’ati bilan tanishtirish, har bir binoning o‘ziga xos vazifasi (turar - joylar, kinoteatrlar, do‘konlar, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar) borligi haqida tushunchalarini kengaytirish lozim.
Qurilish materiallaridan konstruksiya hosil qilish. Jamoa bo‘lib bir necha qurilish guruhini yagona mazmunga birlashtirish. Qurish ishlarini amalga oshirishda bir vaqtning o‘zida bir nechta shart-sharoitni hisobga olish (uch qavatli turar-joy binosini ikki pod’ezdli qilib yasash, piyodalar va transport uchun ko‘prik yasashda muayyan miqdordagi hajm kengligini nazarda tutish).
Qo‘l mehnati. Bolaga qog‘ozdan, tabiiy va qo‘shimcha materiallardan konstruksiya ishlarini bajarishni o‘rgatishni davom ettirish lozim.
Qog‘oz bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini oshirish. Qog‘ozlarni farqlash va rangli qog‘oz tasmalardan turli narsalar yasash (kitob uchun xatcho‘p, gilamcha) ko‘nikmasini mashq orqali mustahkamlash zarur.
Andoza tayyorlashga o‘rgatish (qog‘oz ustiga tayyor bargni qo‘yib, qalam bilan atrofini chizish va qaychi bilan qirqish).
Bolaning kvadrat shaklidagi qog‘ozni 16 ta teng bo‘lakka buklash yo‘li bilan narsalarni (savat, quti) yasashga oid malakalarini mustahkamlash lozim.
Origami usulida qog‘ozni turlicha buklash yo‘li bilan kapalak, gullar, qurbaqa, qayiqcha, samolyot, elpig‘ich, charxpalak kabilarni tayyorlashni; elim idishlardan gullar, qalamdon, o‘yinchoqlar yasashni o‘rgatish kerak.
Tabiiy material (yong‘oq po‘chog‘i, novda, gullar, barglar, somon)larni umumiy kompozitsiyaga mustaqil birlashtirib, qo‘lda yasaladigan buyumlar tayyorlash. Odam, hayvon va qushlarning shaklini dub daraxtining mevasi hamda turli meva danaklaridan tayyorlash, alohida qismlarini plastilin, elim vositasida birlashtirish, tasvirda ifodaviylik va harakatni tarkib toptirishga (“CHo‘pon bola”, “Tovus”) o‘rgatish lozim.
Butoq, o‘simliklar ildizidan qo‘lbola narsalar yasashga o‘rgatish. Mazkur qo‘lbola narsalarning qismlarini birlashtirishning usullarini (elimlash, plastilin yoki ingichka sim bilan birlashtirish) mustaqil ravishda topishga yo‘naltirish. Ish jarayonida bolada tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirish kerak.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolani mustaqil holda o‘z ish joyini tayyorlash, saranjom-sarishta, tartib bilan ishlash, toza tutish, yig‘ishtirishga, ishdan so‘ng qo‘llarini sovun bilan tozalab yuvishga odatlantirish.
Applikatsiya uchun rangli qog‘ozdan foydalangan ma’qul. Daftar muqovasidan foydalanish ham mumkin. Eng muhimi bola ishiga xurmat bilan qarash kerak. Bola rasm chizayotgan vaqtda unga xalaqit qilishi, xatosini to‘g‘rilash, e’tiborini boshqa narsalarga qaratish kerak emas. Bola diqqatini tez-tez boshqa narsalarga qaratish undagi psixik jarayonlarni buzadi.
Tasviriy faoliyat natijasi bola tomonidan bajarilgan materiallarda (rasm, applikatsiya, yasalgan figuralar) namoyon bo‘ladi.