Mavzu kichik guruh bolalarini faoliyat markazlaridagi faoliyatl
2.2. TAJRIBA SINOV NATIJALARI TAHLILI VA XULOSASI Bolajon dasturida keltirilgan tasviriy san’at mashg‘ulotini tashkil etishg bo‘yicha applikatsiya mashg‘uloti keltirilgan mavzularni reja asosida 2017 yil fevraldan 2018 yil may oyigacha tashkil etib , bolalarda vaqt o‘tgan sayin ijodiy ishlash qobiliyatinig rivojlanib borishini kuzatib bordim. Mashg‘ulotga bolalarning qiziqishi baland har bir topshiriqni faollik bilan bajardilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar.
Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar to‘qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular o‘zlarining va o‘rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo‘lib qoladilar. Kuzatayotgan san’at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o‘qilayotgan she’rlarning eng nozik tomonlarini ko‘ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba’zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o‘z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go‘zallikka, san’atga, badiiy va o‘yin faoliyatining har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.Bolalar badiiy asar qahramonlari xatti-harakatiga juda katta his-hayajon bilan munosabat bildiradilar, ammo asardagi qahramonlar xulqidagi yashirin sabablarni «ular hali anglab eta olmaydilar, Bolalarda badiiy ijodkorlikning rivojlanishi davom etadi, ammo ularning fikrlari hali aniq, barqaror emasligi bilan ajralib turadi.
SHunday qilib, maktabgacha ta’lim yosh davri tarbiyaviy ta’sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o‘rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir.Bolani san’atning turli sohalari: ashula, o‘yin, she’r o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat (ijodiy o‘yin, hikoya qilib, rasm chizish, biror narsa yasash yoki qurish) kabilarda yanada faolroq harakat qilish va o‘zini ko‘rsata bilishga o‘rgatish. Bular orqali bolalarda badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni o‘stirish, fazoviy va rang munosabatlarini, mo‘ljalga olish, ko‘rish xotirasi, qo‘llarni chaqqon harakat qildira olish malakasi, jo‘shqin kayfiyatni ko‘rsatuvchi hissiy sezgirlikni rivojlantirish mumkin.
XULOSA Xulosa qilib aytganda shuni ta’kidlash joizki ilmiy izlanuvchan ijodkor, pedagogik mahoratga ega bo‘lgan tarbiyachilar qaerda, qanday o‘quv maskanida ta’lim, tarbiya jarayonini olib borishdan qat’iy nazar tarbiyachilik faoliyati ijodiy izlanishlar bilan boyitib borsa shundagina yosh avlodga shu kasbga bo‘lgan mehrni bolaligidanoq tarkib toptirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari- boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni o‘rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini ma’naviy sog‘lom, estetik jixatdan etuk bo‘lishini ta’minlashda ularning go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining imkoniyatlari juda kengdir. Eng asosiy maqsad zamonaviy tasviriy san’at mashg‘ulotlari orqali bolalarda kompozitsion hislarlarni shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.
Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni tayyorlash.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasining guruxlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida ishning jamoa shaklidan keng foydalanish samarali natija beradi. Masalan, bolalar qurish, yopishtirish va boshqa ishlarni bajarayotganlarida farmoyish berishga, kelishib olishga, ishlarni bo‘lishib olishga, javobgar yoki boshliqni tanlashga, bir-birlarining talablarini hisobga olib, birgalikda harakat qilishga o‘rganadilar.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotiga nisbatan bola qiziqishini oshirib borish uchun ularni o‘rab turgan olam, tabiat, odamlar, jamiyat xayotidagi xodisalar xaqidagi ko‘pgina ma’lumotlarni berib borish kerak. Bola bilan suxbat qilish, sayr va ekskursiya uyushtirish, tabiat xodisalari, xayvon va qushlarni kuzatish, rasmli ko‘rgazmalar va qiziqari kitoblar o‘qish bola tasavvurini boyitadi. Bolalarni go‘zallikka oshno qilish, ularda xayotiy voqealarni to‘g‘ri tushunish, oliyjanob xis-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga bolani chizish, yasash malakasini oshirib maktabga tayyorlaydi.