Mavzu: Maktabgacha ta’limda bolalar kitobxonligi fanining predmeti va obyekti



Yüklə 0,6 Mb.
tarix03.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#126312
2bosqich 13seminar

13- Seminar; Diologik va monologik nutq xususiyatlari.


Mavzu yuzasidan savollarga javob bering.
1. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari nimalardan iborat?
2. Dialogik nutq tarkibi qanday gaplardan iborat?
3. Bolalar qachondan dialogga kirishishni talab qila boshlaydi?
4. Monologik nutqni shakillantirishning nazariy asoslari nimalardan iborat?
5. Monologik nutq qanday shaklda namoyon bo‘ladi?
6. Monologik nutqni rivojlantirishning asosiy shartini ayting?
 

Diologik va monologik nutqni rivojlantirishga doir syujetli-rolli o’yin.   «Do’kon-do’kon» Bunda qatnashuvchilar - bitta sotuvchi, 3 yoki 4 xaridor. Peshtaxta o’rnida stoldan foydalanish mumkin. Do’kon shaklini tanlash guruh imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda «O’yinchoq do’koni», «Oziq-ovqat do’koni» yoki aralash mollar do’koni sovun va tish pastalari bir tomonga, kiyim-kechaklar bir tomonga, xullas, har bir mahsulot o’ziga mos tovarlar guruhi bilan peshtaxta ustiga chiroyli qilib terib qo’yiladi. Sotuvchi magazinga kelgan xaridorlarni xushmuomalalik va odob bilan kutib oladi. Xaridorlarning har biriga qanday xizmat borligini, zarur mahsulotni bir zumda muhayyo qilajakligini bildiradi. Xaridorlardan biriga tish pastasi kerak bo’ladi va sotuvchi bor pastalarni ko’rsatib, narxlarini aytadi. Shuningdek, sotuvchi pastalarni nomlarini, qaerda tayyorlanganligini ham, nima uchun pastalar narxi bir-biridan farq qilishini ham bilishi lozim. Bu bir tomondan, boladan aqliy bilim talab qilsa, ikkinchi tomondan hozirgi iqtisodiyotning shartlaridan bo’lgan reklamadan ham foydalanadi va reklamaning ahamiyatini yanada tushunib yetadi.

Xaridorlarni kutib olish, ularga xizmat qilish orqali esa bolada avvalo, muomala madaniyati, so’z boyligi va kishilar bilan muloqotga kira olish qobiliyatlari o’sib boradi. Sotiladigan narxlar esa bolalarning «Elementar matematik tasavvurlarni o’stirish» mashg’ulotidan olgan bilimiga qarab qo’yiladi. Chunki, bunda bola pulni bilishi, qancha qaytim qaytarish kerakligini ham bilish kerak. Peshtaxtaga sotiladigan mahsulotlarni chiroyli qilib terib qo’ -yish orqali boladagi badiiy did, go’zallikka intilish kabi tuyg’ularni o’stirish mumkin. Shuningdek, bu orqali bola mahsulotlarni tartib bilan terish xaridorlarning diqqatini tezroq jalb qilishini va olib kelgan mahsulot tezroq o’z egasiga yetib borishini tushunib yetadi. Mahsulotlarni reklama qilish orqali uni qayerdan olib kelishini, O’zbekistoning qaysi davlatlar bilan savdo aloqalari mavjudligini bilib oladi va yetkazadi.

Yuqorida keltirilgan namuna asosida turli maishiy xizmat ko‘rsatish mavzularida diologik matn tayyorlang. 3-topshiriq. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirishda barmoq mashqlaridan foydalanish. Shilliq qurt Mittivoy shilliq qurtning, O‘sibdi shoxchalari. Yurishni o‘rgataman, O‘sganda oyoqchalari. Barmoqlar musht qilib tugiladi. Ko‘rsatkich barmoq va jimjiloq uzatilgan holda, “Shilliq qurt” sekin harakatlanib, mo‘ylovlarini qimirlatib yuradi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin