Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV1 Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Innovasion pedagogik g'oyalar mashgulotlarini tashkil etish metodikasi va texnologiyasini organish va ochib berish. Kurs ishining obyekti: Maktabgacha talim tashkiloti Kurs ishining metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat va anketa metodlaridan foydalanish. Kurs ishining tuzulishi: Kirish, asosiy bolim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I BOB.Maktabgacha talim tizimida Inovarsion pedagogik jarayon 1.1.Maktabgacha talim tizimi Maktabgacha taʼlim tashkiloti, shuningdek, bolalar bogʻchasi, boshlangʻich maktab yoki oʻyin maktabi sifatida ham tanilgan, bolalarga boshlangʻich maktabda majburiy taʼlimni boshlashdan oldin erta bolalik davridagi taʼlimni taklif qiladigan taʼlim tashkiloti. U davlat yoki xususiy boʻlishi mumkin va davlat mablagʻlari hisobidan subsidiyalanishi mumkin.
Maktab uyda oʻqish va yozishni oʻrgangan bolalar uchun cheklangan davrda yetim bolalar yoki fabrikalarda ishlaydigan ayollarning bolalari uchun oʻquv maskanini ochishga urinishlar koʻp boʻlgan.
1779-yilda Iogann Fridrix Oberlin va Luiza Scheppler Strassburgda ota-onalari kun davomida boʻlmagan maktabgacha yoshdagi bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va oʻqitish uchun dastlabki muassasaga asos solishdi.Taxminan bir vaqtning oʻzida, 1780-yilda, xuddi shunday chaqaloqlar muassasalari Bavariyada tashkil etilgan 1802-yilda Pauline zur Lippe Detmoldda maktabgacha taʼlim markazini tashkil etdi.
1816-yilda faylasuf va pedagog Robert Ouen Shotlandiyaning Nyu-Lanark shahrida birinchi ingliz va ehtimol global miqyosda birinchi chaqaloqlar maktabini ochdi. Ouen tegirmon kooperativlari bilan birgalikda bolalaring har qanday mehnatga layoqatli boʻlishlari uchun bolalarga yaxshi axloqiy taʼlim berishni xohladi.Uning tizimi asosan savodxonlik va hisob-kitoblarga ega boʻlgan itoatkor bolalarni voyaga yetkazishda muvaffaqiyat qozondi.
Samuel Uilderspin 1819-yilda Londonda oʻzining birinchi bolalar maktabini ochdiva yana yuzlab maktablarni tashkil etdi. U ushbu mavzu boʻyicha koʻplab asarlar nashr etdi va uning ishi butun Angliya va undan uzoqdagi bolalar maktablari uchun namuna boʻldi. Oʻyin Vilderspin taʼlim tizimining muhim qismi edi.U oʻyin maydonchasini ixtiro qilgan. 1823-yilda Uilderspin maktabga asoslanib, „On the Importance of Educating the Infant Poor“ („Kambagʻal goʻdaklarni tarbiyalashning ahamiyati toʻgʻrisida“) kitobini nashr etdi. U keyingi yili chaqaloqlar maktabi jamiyatida ishlay boshladi va boshqalarga oʻz qarashlari haqida maʼlumot berdi. U shuningdek, „The Infant System, for developing the physical, intellectual, and moral powers off all children from one to seven years of age“ („ Chaqaloq tizimi, bir yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan barcha bolalarning jismoniy, intellektual va axloqiy kuchlarini rivojlantirish uchun“) asarini yozgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oʻquv dasturlari uzoq vaqtdan beri munozaralarga sabab boʻlgan. Buning koʻp qismi mazmun va Inovarsion pedagogika ustida boʻladi; oʻquv rejasiga akademik mazmunni qanchalik kiritish kerakligi va kattalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan rasmiy oʻqitish yoki bolalar tashabbusi bilan oʻrganish samaraliroqligi haqida fikr yuritiladi. Akademik oʻquv dasturi tarafdorlari asosiy koʻnikmalarga, ayniqsa savodxonlik va hisob -kitoblarga va tegishli maqsadlarga erishish uchun tuzilgan oldindan belgilangan faoliyatga eʼtibor berishni afzal koʻrishadi. Xalqaro miqyosda bunday turdagi erta bolalarni parvarish qilish va taʼlim dasturiga va bolaning umumiy rivojlanishini, jumladan, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishini, hissiy va maʼnaviy farovonligini, ijtimoiy kompetensiyasini, intellektual rivojlanishini va muloqot qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlaydigan keng qamrovli oʻquv dasturini himoya qilishga keskin qarshilik mavjud.
Respublikamizda 2019 yil 8 maydagiPQ-4312-son “Ozbekiston Respublikasi maktabga chatalim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish” kontseptsiyasini ishlab chiqildi. Kontseptsiya Ozbekiston Respublikasida maktabgacha talimni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yonalishlari, orta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha talim sohasini rivojlantirishga yonaltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boladi.2 Ushbu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha talim tashkilotlarida yosh avlodning aqliy-intellektual, estetik, jismoniy, manaviy salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish alohida dolzarblik kasb emoqda.Bu borada pedagog rahbar—jamiyatning yosh avlod talim-tarbiyasiga qoygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisiga aylanishi muqarrar. Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida maktabgacha talimni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga zamonaviy talim berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bolgan muammo hisoblanadi. Aynan, maktabgacha talimni isloh qilishda bolaning maktabga tayyorgarligi bilan belgilanuvchi talim sifatini oshirish muhim va zaruriy bolib hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, maktabgacha talim tashkilotlarida talim sifatini taminlashda zamonaviy yondashuvlar, boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini talim-tarbiya jarayoniga joriy etishda rahbarlik layoqatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifani amalga oshirishda maktabgacha talim tashkilotlari rahbar xodimlarining har biridan yuksak kasbiy salohiyat va insoniy sifatlarga ega bolish talab etiladi. Avvalambor, uning vatanparvar va yurtparvarlik fazilatlariga ega bolishi, ona yurtini chin qalbidan sevishi va ardoqlashi, el-yurti uchun ozini ayamasligi, kerak bulsa, bu yolda jonini ham fido qilishiga tayyor bolishini, oz kasbkorining ustasi, shu ishning chinakam bilimdoni, bu borada boshqalarga ornak bolishini kutadi. Jamoatchilik, halq rahbar shaxsning mustaqil dunyoqarashi, keng fikrlashi, uzoqni kora bilish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turishini, iymonetiqodi mustahkam, irodasi baquvvat, or-nomusli, harom-xarish ishlardan hazar qiladigan, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkorlik fazilatiga ega bolishini, tashkilotchi, talabchan va qatiyatli bolishini istaydi.3 Ozbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi maktabgacha talim tashkilotlarining oldiga - yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek muhim vazifani qoydi.Bu esa hozirgi vaqtda maktabgacha talim tizimida davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda jahon andozalariga mos holatda tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.SHu bilan birga maktabgacha talimni isloh qilishning asosiy shartlaridan biri - buyuk manaviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni ozida mojassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar avlodini yetishtirishni talab etadi. Hozirgi davrning bu talabi — matabgacha talim tarbiyalanuvchilarini axloqan va manan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash vazifalarini bajarishni talab etadi. MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri — erkin fuqaro manaviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasidir. Boshqacha aytganda, oz xaq-huquqlarini taniydigan, oz kuchi va imkoniyatlarini anglagan, atrofda sodir bolayotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashgan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uygun xolda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash lozim. Shu jihatdan olganda, barkamol insonni tarbiyalash avvalo, pedagoglardan ulkan mahorat va masuliyatni talab qiladi. Ustozlik mahorati va tarbiyachilik sanatining tayyor andozasi yoki qolipi mavjud emas. Ushbu sanatni egallash uchun insondan katta kuch, ijodkorlik va kop yillik tajriba talab etiladi. Ozbekistonda maktabgacha talimni isloh qilishning asosiy omillaridan biri komil inson tarbiyasida “shaxs manfaatlari va talim ustuvorligi” masalalari borasida bir qator olimlar izlanish olib bormoqdalar. Bular R.H. Djuraev, J.G. Yoldoshev, S.Turgunov, R.Safarova, M. Yuldashev, SH.A. Abdullaeva, Y. M. Asadovlardir.