Quyosh vannalari. Quyosh bola organizmiga yaxshi tasir korsatib, uning umumiy holatini mustahkamlaydi, almashinish jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa bakteritsid (bakteriyalarning rivojlanishini toxtatadigan), antiraxit (nerv tizimining faoliyatini yaxshilaydigan, modda almashinish jarayonini kuchaytiradigan, suyak mushak tizimini mustahkamlaydigan), eritem (qon oqimini kochaytiradigan va terini qizartirib, badanning qorayishiga olib keladigan) tasirga ega bolgan ultrabinafsha nurlari juda foydalidir.
Dastlab quyoshda kopi bilan 5-6 daqiqa toblanish lozim. Bu muddat har kuni 5-6 daqiqa oshira boriladi va nihoyat 1 soatga yetkaziladi.
Bola oftobda boshiga sochiq yopib yoki panama kiyib yotishi, har 2-2,5 dakikada qorindan yonboshga, songra orqasiga, keyin boshqa yonboshiga agdarilib turishi lozim. Quyosh vannasidan song soyada 15-20 dakika dam olish, ustdan suv quyish, suv havzasida 5-10 daqiqa chomilish mumkin. Oftobda ertalab soat 8 dan 11 gacha va kunduzi soat 16 dan 18 gacha toblanish foydalidir. Bu paytda quyoshning ultrabinafsha nurlari kop bolib, bu nur raxitning oldini oladi. Infraqizil nurlari esa tanani qizdirib yuborib, zarar keltirishi mumkin.
Quyosh vannasidan meyorida foydalanmaslik tufayli bolalarga salbiy holatlar (qozgalish va uyquning buzilishi, tomirlarning keskin kengayishi, qon tarkibining yomonlashuvi va boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning uchun bolalar muassasalarida quyosh vannalari faqat shifokor tavsiyasiga kora, bolalarning yakka xususiyatlarini hisobga olgan holda otkazilishi zarur. Bolalarni muntazam holda chiniqtirish ilk yoshdan boshlanishi lozim, shundagina bolalarda chiniqish konikmalarini tarbiyalash mumkindir.
Sayrda tashkil etiladigan jismoniy mashqlar va harakatli oyinlar.
Harakatli oyinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy harakat faoliyati, shuningdek jismoniy mashqlar sifatida tarbiyachi tomonidan kunning turli vaqtida, har bir yosh gruhi kun tartibiga muvofiq: ertalab tushda va kechki sayr paytida rejalashtiriladi. Tarbiyachi oyinlarni taqsimlashda harakat konikmalarining takomillashuviga xizmat qiluvchi harakat mazmunining rang-barangligini, zarur takroriylik, murakkablashuvni kozda tutadi. Tashqi muhit sharoitini hisobga olish va aniq vaziyatda ozini tutishni tarbiyalash uchun muhimdir. Tarbiyachi bolalar faoliyati xarakterini kuzatib borib, ularga turli mazmundagi va harakat darajasidagi oyinlarni taklif etadi, shu asnoda ularning harakat faolligini boshkaradi: birining harakatini kuchaytiradi, ikkinchisinikini bir oz cheklaydi va kerakligicha dam olishini taminlaydi.
Harakatli oyinlar va mashqlarni otkazishni rejalashtirishda yil fasli va ob-havo holati ham hisobga olinadi. Faol harakatli oyinlar sovuq havoda ortacha harakat xarakteridagi faoliyat turlari bilan almashtirib turiladi. Harakat faoliyati xarakteri va suratini almashtirib turish bolalar uchun dam olin imkonini yaratadi va sovuq qotishning ham, issiqlab ketishning ham oldini oladi. Bolalarning qish faslida ochiq havodagi mazmunli faoliyati chiniqishlarga yordam beradi, organizmning soglomlashuviga yaxshi tasir etadi.
Yozda, bolalar hayoti asosan ochiq havoda kechadigan paytlarda kiyimboshlar ham yengillashtiriladi, xilma-xil harakatlar bolalar sogligini yaxshilaydi, ularda hayotiy zavq uygotadi.
Yoz paytida harakat konikmalari va jismoniy sifatlarni takomillashtiruvchi qoidali oyinlardan keng foydalaniladi.
Barcha yosh gruhlarining maydonchalari dasturda korsatilgan yirik jismoniy jihozlar bilan jihozlangan bolishi va ulardan bolalarning tirmashib chiqish, oshib otish, emaklab otish, sakrash, uloqtirish harakatlari, muvozanat mashqlari, kim ozarga yugurish, muayyan masofaga tabiiy tosiqlar osha tez yugurish takomillashtirish uchun muntazam foydalanishi lozim. Maydonchaga har kuni oyinchoqlar, kichikroq jismoniy tarbiya ashyolari (tayoqchalar, chambaraklar, toplar ) olib chiqiladi. Ikki, uch gildirakli velosipedlar, motorollerlar, gildirakli konkilar, samokatlar, avtomobillar, toychalar bolalar ixtiyoriga beriladi.
Katta va tayyorlov gruhlarida voleybol, basketbol, badminton, shaharcha, lapta kabi sport oyinlari otkaziladi.
Bolalar muassasalaridan tashqaridagi piyoda sayr va ekskursiyalar bolalar turizmining eng oddiy korinishlaridan biridir.
Muayyan maqsadda uyushtirilgan bu kichik sayrlar bolalar uchun qiziqarli va foydalidir. Ular bolalar sogligini mustahkamlashga, jismoniy rivojlanishiga, estetik his-tuyguni tarbiyalashga, tabiat bilan muloqatga kirishishga, harakat konikmalari va jismoniy sifatlarning takomillashuviga xizmat qiladi.
Sayrlar kichik gruhlardan boshlanishi lozim, bunda gruh bolalarining yosh xususiyatlari va imkoniyatlari, sogligining ahvoli, oziga xos korsatkichlari hamda shifokor tavsiyalari hisobga olinishi lozim. Sayrlar maqsadga yonaltirilgan bolishi uchun tarbiyachi ularni oldindan belgilab oladi va otkazishga puxta tayyorgarlik koradi.
Agar sayrda jismoniy tarbiya mashgulotini otkazish belgilangan bolsa, unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar, tik turgan, otirgan, yotgan holatdan buyumlar bilan bajariladigan mashqlar, tosiqlar osha yugurish, tez yugurish, uzoqqa va nishonni moljallab uloqtirish kiritiladi. Sayr va mashgulot sof havoning bolaning yalangoch badaniga bevosita tasir etishi tufayli (bolalar fakat trusi, panamka, oyoq kiyim kiygan bolishlari lozim) harakatda qabul qilinadigan tabiiy havo vannasi hisoblanadi.
Sayrlarni muntazam otkazish bolalarning organizmini chiniqtiradi, hayotiy taassurotlarni yangilaydi, sayyohatlarga qiziqish uygotadi, zavqshavq baxsh etadi.
1
2 Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.
3 Nuriddinova M.M. «Maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya yoriqchilari uchun meyoriy hujjatlar majmui». -T.: Muxarrir, 2013