2.Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish. Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan bogliqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, matonat singari sifatlar kiradi. Amalda mazkur sifatlarning hech birini alohida olib rivojlantirishni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli jismoniy sifatlarni tarbiyalash aslida bolaning jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishidek yagona jarayonning turli tomonlaridir. Chunki bunday rivojlanish natijasida organizmning miqdoriy imkoniyatlarida umumiy yuksalish sodir boladi. Lekin baribir yuqorida sanab otilgan jismoniy sifatlarning har birini tarbiyalashning oziga xos xususiyatlari mavjuddir.
Chaqqonlik-bu faoliyat davomida paydo boladigan kutilmagan shartsharoitlarga binoan harakat faoliyatini tezlik bilan yangi harakatlarni egallay olish qobiliyatidir. Chaqqonlikni tarbiyalashda harakatlarning uygunligini rivojlantirish, ularning surati va kolamini, muskullarning zoriqishi va boshashi darajasini bir-biridan farq qilish, shuningdek, vaqtga va joyga moslashib moljal ola bilish mahorati asosida sodir boladi. Chaqqonlikni tarbiyalash uchun aniq harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Bundan tashqari, turgun holatda hamda bir joydan ikkinchi joyga yurib borilayotganda gavdaning muvozanatini saqlay olish chaqqonlik korinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalikning maktabgacha yoshida harakat analizatorini rivojlantirishda anchagina siljish roy beradi. Bu esa chaqqonlikni asta-sekin takomillashtirib borish uchun imkoniyat yaratadi. Harakatlarni bajarishdagi epchillik ham maktabgacha yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan muhim xususiyatdir.
Epchillik-bu harakatni eng kam vaqt ichida bajara olish qobiliyatidir. U qandaydir bir signalga javob tariqasi bajarilgan harakat tezligiga (harakat reaksiyasi deb ataladigan tezlikka), ayrim harakatlar tezligiga, shuningdek kop marta takrorlanayotgan harakatlarning tezligiga bogliq boladi. Harakatlarning mana shu barcha tarif-tavsifi, bogchadagi kichik yoshdagi bolalardan boshlab to katta gruppadagi bolalarda muntazam mashq natijasida osib boradi. Chaqqonlik va epchillikning rivojlanishiga oyin va mashqlarni muntazam bajarib borish orqali erishiladi. Bunda atrofdagi muhit sharoitning ozgarishiga qarab shugullanuvchilar tezlik bilan javob reaksiyasi berishlari hamda bir harakatdan ikkinchisiga jadallik bilan otishlari, tez siljishlari va topshiriqni bajarishlari muhimdir. Turli oyinlar hamda tosiqlarni engib otish, toxtab-toxtab, burilishlar bilan bajariladi birdan berilgan signal boyicha xilma-xil topshiriqlarni bajarish, hatlab otish, engashibemaklab otish bilan bogliq bolgan mashqlar, muvozanat mashqlari, har turli sport oyinlari va boshqalar mana shunday chaqqonlik va epchillikni ostiruvchi mashqlar hisoblanadi.