Kuchlilik-bu muskullarni malum darajada zoriqtira olish qobiliyati bolib, chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning muskullari hali yaxshi rivojlanmagan boladi, uning asab harakati ham hali takomillashmagan, bogcha bolalari muskullarni kuch bilan ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega emaslar.
Bogcha bolalari uchun, ayniqsa, kichik gruxdagilar uchun shu narsa muhimdirki, ularda rostlovchi muskullarning xayotiy, faoliyatidan kora bukish muskullarining hayotiy faoliyati ortiqroq boladi, bolalar yurish va yugurish vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda tutib harakat qiladilar, oyinlar otkazish vaqtida esa, engashib otiradilar va hokazo. Shu sababdan bolaning kuch-quvvat sifatlarini rivojlantirayotganda rostlovchi muskullar kuchini kopaytirishga etibor berish, bola gavdasini va oyoq-qollarini rostlaydigan, togri turishga orgatadigan mashqlar bajartirish muhim ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuch-quvvatni tarbiyalashga qaratilgan mashqlar asosan dinamik harakterga ega bolishi kerak. Ayni vaqtda bu uzoq vaqt davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zoriqishlar bilan bogliq, bolmasligi shart. Bundan tashqari kuchni rivojlantirishda zor berib kuchlanish zarur bolgan mashqlar qollanmasligi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarining kuch-quvvatini tarbiyalash uchun qisqa muddat davom etadigan tezlik-kuch talab qiladigan mashqlar (masalan, bir joyning ozida turib uzunlikka sakrash, uzoqqa uloqtirish mashqlari), shuningdek, oz ogirligini kotarish bilan bogliq bolgan bazi bir mashqlar (yengashtirib qoyilgan va tikka turgan narvonlar, taxtalarga tirmashib chiqish mashqlari, gimnastika skameykasida oz qollari, kuchi bilan tortilish va shunga oxshash mashqlar)ni bajarish orinlidir.
Matonat-bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida yetarli darajadagi jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni tarbiyalash organizmning turli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib borish bilan, asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada charchashga olib boradigan kuchli zoriqish bilan uzoq vaqt davom etadigan faoliyat natijasida organizmda paydo boladigan konikish bilan bogliq boladi. Shuning uchun bolalarda matonatni tarbiyalashda ular organizmiga ozlari konikib qolgan vazifaga qaraganda yuqoriroq jismoniy tasir korsatadigan mashqlar va oyinlar qollaniladi.
Maktabgacha yoshdagi kichik gruxlarda matonatni tarbiyalash bilan bogliq maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bogcha bolalarida matonatni tarbiyalash uchun oyin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday oyin va mashqlarda ancha ogir, lekin qisqa muddatli jismoniy zoriqish talab qilinadi. Bunday mashqlarda bolalar diqqat-etiborni bir yerga jamlab, mashqlarni takrorlashda yetarli darajada uzoq tanaffuslar berib, ularga dam oldirish lozim. Bu yoshdagi bolalarda matonat avvalo yurish, yugurish, sakrash, changida yurish, raq tushish, suzish va harakatli oyinlar oynash va mustaqil faoliyat korsatish vaqtida rivojlanadi.
Jismoniy tarbiya mashgulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam orgatishning asosiy shaklidir.
Mashgulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, soglomlashtirish, talimiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir.
Mashgulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yonalgan holda faoliyat korsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy mashgulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda otkaziladi. Yoz paytida oyinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida otkaziladi.
«Bolajon» tayanch dasturida har bir yosh gruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashgulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga kora xilmaxil mashgulotlarni otkazishda vazifalarning aniq va oydin bolib qolishi, dasturni otishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va oziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir.
Mashgulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qoyilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mashgulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir.
Kirish tayyorgarlik.
Asosiy qism.
Yakuniy qism.
Talimiy, tarbiyaviy va soglomlashtirish vazifalari mashgulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir.
Mashgulotning kirish qismini mazmuni va vazifalari
Jismoniy tarbiya mashgulotining birinchi qismi koyilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga kora turlicha bolishi mumkin.
Mashgulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat konikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashgulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.
Shu maqsadda bolalarga togri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikni oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada moljal olish bilan bogliq, bajarilishi kop vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi.
Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi:
saflanish mashqlari turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar;
tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonna va hakozo bolib saflanish;
turli korinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar.
Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch torttadan bolib saflanishi, tarqalishi bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashgulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni orgatishga otish uchun xizmat qiladi.
Bu qism kichik gruhlarda 2-4 dakikagacha, orta gruhlarda 3 dan 5 dakikagacha, katta gruhlarda 4 dan 6 gacha davom etadi.
Mashgulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni.
Mashgulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, songra asosiy harakatlarga orgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga orgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat konikmalarini takomillashtirishni kozda tutadi. Shundan song barcha bolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli oyinlar otkaziladi.
Bolalarning psixik ish qobiliyatining davomsizligini hisobga olib, murakkab vazifalar asosiy qismning boshida belgilanadi (bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish).
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bolalar kichik buyumlar, bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar, lentalar, shnurlar bilan bajaradilar. Chunki ular organizmning funksional holatini yaxshilashga tasir etadi.
Dastlab togri qad-qomatni shakllantirish va nafas olishni tartibga solish maqsadida qol mushaklari va yelka kamari mushaklarini rivojlantirish hamda mustahkamlash mashqlari beriladi. Ikkinchi navbatda gavda uchun, orqa mushaklarni mustahkamlash va umurtqa egiluvchanligini rivojlantiruvchi (oldinga, orqaga va yon tomonlarga egilish, gavdani aylantirish) mashqlari beriladi. Uchinchi navbatda qorin va oyoq mushaklarini mustahkamlovchi (choqqayish, tizzadan bukilgan oyoqlarni kotarish ) mashqlari beriladi.
Shundan song asosiy harakatlarni orgatishga otiladi. Bunda ulardan biri bolalar uchun yangi, boshqalari esa organish va takomillashtirish bosqichida boladi.
Mashgulotning umumrivojlantiruvchi mashqlarni orgatish bilan olib boriladigan asosiy qismi davomiyligi: kichik gruhlarda 15 dan 18 dakikagacha; orta gruhda 20 dan 22 dakikagacha; katta gruhda 25 dan 28 daqiqagacha boladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarsiz otkazilganda esa uning davomiyligi kichik gruhlarda 8-12 daqiqa, orta gruhda 12-15 daqiqa, katta gruhda 15-20 daqiqani tashkil etadi.
Mashgulot yakunlovchi qismi.
Mashgulotning oyindan songgi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan intensiv suratdagi yurishni oz ichiga oladi. U umumiy qozgaluvchan ishga yordam beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini bajarishlari mumkin. Bazi hollarda yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli oyin bilan almashtirilishi mumkin. Yurish yoki uni almashtiruvchi oyin songgida mashgulotga yakun yasaladi. Yakunlovchi qism: kichik gruhda 2 dan 3 daqiqagacha, orta va katta gruhlarda 3 dan 4 daqiqagacha boladi.