Mavzu: Mallyuskalar ( mallusca) tipi



Yüklə 170,5 Kb.
səhifə4/6
tarix12.01.2023
ölçüsü170,5 Kb.
#122173
1   2   3   4   5   6
MOLLYUSKA (1)

Nerv sistemasi

  • Qalqondorlarning nerv sistemasi boshqa mallyuskalarnikiga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Nerv sistemasining asosiy qismlarini xalqum atrofi halqa tomiri va tana bo’ylab ketadigan 2 juft nerv stvollaridan iborat.
  • Qorinoyoqlilar tuban tuzilgan vakillarining nerv sistemasi yonbosh nervlilarnikiga o’xshash tuzilgan, nerv gangliylari bo’lmaydi yoki gangliylar juda kuchasiz rivojlangan. Yuksak qorinoyoqlilarda nerv hujayralari nerv tomirining ma’lum joyida to’planib bir necha nerv tugunini hosil qiladi. Oldjabrali qorinoyoqlilarda 5 juft nerf gangliylari bo’ladi.
  • Plastinkajabralilarning faqat 3 juft nerv gangliylari serebroplevral gangliylar qizilo’ngach ustida, pedal gangliylari oyog’ida, uchinchisi vitseroparietal gangliylari tanasining keyingi qismida chig’anoq muskuli ostida joylashgan.
  • Boshoyoqlilarning markaziy nerv sistemasi juda murakkab tuzilgan. Nerv gangliylari juda yirik bo’ladi.Ularning hammasi birgalikda halqum atrofi nerv massasini xosil qiladi.

Jinsiy sistemasi

  • Qalqondorlar ayrim jinsli hayvonlardir. Urug’don yoki tuxumdoni ichagi ustida joylashgan va tok bo’ladi. Jinsiy bezi ikkita chiqarish yo’li orqali mantiya egatchasiga ochiladi.
  • Qorinoyoqlilar ayrim jinsli ( oldjabralilar) va germafradit ( O’pkalilar, orqa jabralilar) bo’lishi mumkin. Jinsiy bezlari bitta tuxumdon yoki urug’dondan, germafradit vakillarida germafradit bezidan iborat. Bu bez urug’ va tuxum hujayralarni hosil qiladi.
  • Plastinkajabralilar juda ko’pchilik vakillari ayrim jinsli, lekin jinsiy dimarfizm ko’zga tashlanmaydi. Bir juft jinsiy organlari tanasining oldingi qismida joylashgan. Tuxum va urug’ yo’llari oyog’I asosida tashqariga ochiladi.
  • Boshoyoqlilar ayrim jinsli . Ayrim vakillarida jinsiy dimarfizm yaxshi rivojlangan, erkagi urg’ochisiga nisbatan birmuncha kichikroq bo’ladi. Jinsiy bezlari toq bo’lib, selomga ochilgan

Sezgi organlari

  • Qalqondorlarning sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Tanasining ikki yonida jabralar asosida sezuvchi epiteliy hujayralari kimyoviy sezgi organlari hisoblanadi. Muvozanat saqlash organi va paypaslagichlari bo’lmaydi.
  • Qorinoyoqlilar sinfining sezgi organlari boshidagi paypaslagichlari, mantiyaning chetlari tuyg’u vazifasini bajaradi. Kimyoviy sezish vazifasini bajaradigan osfradiylar ktenidiylar asoaida joylashgan.
  • Plastinkajabralilar sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Jabralar asosida kimyoviy sezgi organ osfradiy va pedal gangliylari yaqinida ikkita statosit joylashgan. Ko’zlari va paypaslagichlari bo’lmaydi.
  • Boshoyoqlilar sezgi organlari juda yaxshi rivojlangan. Hid bilish organlari jabralarning asosida joylashgan osfradiylari yoki ko’zlarining ostida joylashgan1 juft mayda xid bilish chuqurchalardan iborat.
  • Qorinoyoqlilar
  • ( Gastropoda) sinfi
  • Orqajabralilar
  • ( Opisthobranchia)
  • kenja sinfi
  • O’pkali mallyuskalar
  • ( Pulmonata)
  • kenja sinfi.
  • Qadimgi qorinoyoqlilar
  • (Archaeogastropoda)
  • Ya’ni ikki yurakoldi
  • bo’lmalilar
  • turkumi
  • Bitta yurakoldi
  • bo’lmalilar
  • (Monotocardia)
  • turkumi
  • Yopiqjabralilar
  • (Tectibranchia)
  • turkumi
  • Yalang’och jabralilar
  • (Nudibranchia)
  • turkumi
  • O’troq ko’zlilar
  • (Basommatophora)
  • turkumi
  • Poyachako’zlilar
  • ( Stylommatophora)
  • turkumi
  • Boshoyoqlilar
  • (Cephalopoda) sinfi
  • To’rtjabralilar
  • ( Tetrabranchia)
  • kenja sinfi
  • Ikkijabralilar
  • (Dibranchia)
  • kenja sinfi
  • O’noyoqlilar
  • ( Decapoda) turkumi
  • Sakkizoyoqlilar
  • (Octopoda) turkumi

Yüklə 170,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin