2021-yil 1-yanvarga qadar respublikada qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlariga mavjud ichki talabni hisobga olgan holda 2021-2023 yillarga moʻljallangan sanoatbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish dasturini ishlab chiqsin
va tasdiqlasin;
2021-yil 1-martga qadar meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni jadal rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
g) Bosh vazir oʻrinbosari S.Umurzoqov qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va ularning eksport hajmlarini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin;
d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklari bir oy muddatda hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslarini hisobga olgan xolda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash boʻyicha investitsion loyihalar tashabbuskorlarini aniqlasin va loyihalarni ishga tushirish uchun doimiy amaliy yordam koʻrsatib borsin;
ye) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va “Dunyo” axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda qarorda belgilangan tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4292-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-fevraldagi “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2492-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Dostları ilə paylaş: |