Assotsiativlilik (Ассоциативность) Operatorlar hisoblashni asosan chapdan o'ngga amalga oshirishadi. Bu bir xil prioritetga ega bo'lgan operatorlar chapdan o'ngga tartibda amallarni bajarishadi. Misol uchun, 2 + 3 + 4 ifodasi (2 + 3) + 4 shaklida hisoblanadi.
Ba'zi operatorlar misol uchun o'zlashtirish operatori o'ngdan chapga qarab amallarni bajaradi. Misol uchun: a = b = c ifodasi a = (b = c) shaklida qaraladi.
Ifodalar Misol (turtburchak.py fayl ko'rinishida saqlang):
buyi = 5
eni = 2
yuza = buyi * eni
print('Yuza', yuza)
print('Perimetr', 2 * (buyi + eni))
Natija: $ python turtburchak.py
Yuza 10
Perimetr 14
Bu qanday ishlaydi: To'g'ri to'rtburchakning bo'yi va eni buyi va eni o'zgaruvchilarida saqlanadi. Biz ulardan ifodalarda to'g'ri to'rturchakning yuzi va perimetrini (tomonlari uzunliklarining yig'indisini) hisoblashda foydalanamiz.
buyi * eni ifodaning natijaviy qiymatini yuza o'zgaruvchisida saqlanadi va print funksiyasi yordamida ekranga chiqariladi.
Ikkinchi holda to'g'ridan-to'g'ri 2 * (buyi + eni) ifodaning qiymatini print funksiyasiga beramiz.
Yana shunga e'tibor beringki, Python natijani "chiroyli" shaklda ekranga chiqaradi. Biz "Yuza" bilan yuza o'zgaruvchisi orasiga "probel" (bo'sh joy) qo'ymagan bo'lsak ham, Python biz uchun uni o'zi hisobga olib ketadi va "probel" qo'yadi. Bu Pythonning dasturchilar uchun yengilliklar berishiga misol bo'la oladi.
Xulosa: Mashinali o'qitish uchun matematika ko'pincha e'tiborga olinmaydigan yoki noto'g'ri nuqtai nazardan qaraladigan muhim jihatdir. Ushbu ma’ruzada biz Mashinali o'qitish uchun zarur bo'lgan matematikaning asosiy yo’nalishlari hamda farqlarini muhokama qildik. Shuningdek, ushbu sohada matematikaning qayerga va nima uchun kerakligini bilib oldik. Va Phyton dasturlash tilida matemetik operator va operatsiyalarni ko’rib chiqdik.