Mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qism: To’garak a’zolari bilan salomlashish, davomatni aniqlash, sinf xonasining tozaligi va to’garak a’zolarining o’quv-qurollari mavjudligini tekshirish.
Kirish so’zi: To’garak rahbari bugungi o’tiladigan mavzu nomi va mashg’ulot o’tish rejasi bilan tanishtiradi.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savolli tarqatma materiallarni to’g’ri a’zolariga tarqatiladi, va bahonaladi.
Siz ko’radigan hamma narsalar-binolar daraxtlar, gular, suvlar, mashinalar, kapalaklar, tog’lar, quyosh oy va yulduzlar atrofimizdagi olam deya olamizmi?
Biz atrofimizdagi olamni qanday sezgi a’zolarimiz yordamida sezamiz?
Siz ko’rib turgan barcha narsalarni jism deya olamizmi?
Tabiatda uchraydigan ko’p moddalar 3 xil bo’ladi ular qanday? Suyuq , qattiq, bug’ holatda
Havo issiq bol’sa +, havo sovuq bo’lsa – belgisi qo’yiladi.
Ob-havo deganda nimani tushunasiz.
Termometr bilan nimalar o’lchanadi.
Yangimavzu bayoni:
Bolajonlar bugun sozlar bilan yangi mavzu olamiz. Mavsumiy ekinlar haqida gaplashamiz. Bizning Vatanimiz -O’zbekisatonda har yili 4 fasl navbat bilan almashib keladi. Bu bahor, yoz, kuz va qish faslidir. Har fasl ob-havosi bir biridan farq qiladi.
Bizning mamlakatimiz- O’zbekistonda bahor ertaroq fevral oyining o’rtalaridan boshlanadi. Bahorda quyosh tobora baland ko’tarilib havo, yer isiy boshlaydi. Tez-tez yomg’ir yog’adi, yer nam bo’ladi, bu nam ob-havo sharoiti erta unib chiqi, gullaydigan o’sinliklar uchun juda qulay. Eng oldin boychechak, binafsha, lolaqizg’aldoq, keyin lola ochiladi. Kunlar isib brogan sari daraxtlar tanasiga yerdan suv bilan birga ozuqalar ko’tariladi. Kurtaklar bo’rtib kattalashadi. So’ngra gullaydi. 1-bo’lib bodom gullaydi. Keyin shaftoli o’rik, nok, gilos, olcha, olma gullay boshlaydi. Bahor kelishi bilan dehqon bobolar yerga ishlov berishadi va haydashadi. Ekinlarni ekish muttatiga qarab bahorgi ekin, kuzgi ekinlarga bo’linadi.
Har bir o’simlikni ekish uchun vaqti mavjud. O’rta- Osiyoda bahorgi bug’doy arpa, zig’ir, qandlavlagi, beda kungaboqar erta ekinlarga kiradi.
Urug’larni ekish chuqurligi 5-8 sm boshoqli don ekinlari ekiladi.
Dalalarda fermerlarimiz gektarlab paxta bug’doy ekishadi. Uni parvarishlaydi. Ozuqa moddalar, mineral og’itlar vaqtida beriladi. Kuzda esa hosili yig’ishtirilib olinadi. Erta bahorda ko’chatlar ekishimiz mumkin, terak, olma, tol, olchalar ekiladi.
Aziz bolajonlar biz tabiatga mehr uyg’otishimiz kerak va o’z hissamizni qo’shishimiz kerak.
Mustaqil ishda: Amaliy mashg’ulot o’tkaziladi.
Bunda xona gullarini tuvakka o’tkazish jarayoni ko’rsatiladi. To’garak rahbari va to’garak a’zolari birgalikda bu jarayon amalga oshiriladi.