Mavzu: Mb oynasi.Ma'lumotnoma va undan foydalanish.Accessda sórovnomalar
REJA
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
Malumotlar bazasi haqida malumot
Accessda jadvallar bilan ishlash
Accessda sorovlar yaratish
Shakllar bilan tanishish
Shakllarni boshqaruv tuzulmasi
III. Iqtisodiy qism.
IV. Mehnat muhofazasi.
V. Xulosa.
Kirish
MALUMOTLAR BAZASI
Malumotlar bazasi - MB ning o،zi nima, u qanday ishlaydi? Dasturchilar tilida MB axborotlarini saqlab, saralab, tizimga solib, tuzatib va to،ldirib turuvchi hamda so،rovlar, tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur vosita va usullarga ega bo،lgan dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir. MB dagi ma’lumotlar albatta muayyan bir sohaga, turdosh mavzular turkumiga yoki ma’lum bir masalaga taalluqli bo،ladi. Mazkur dastur Microsoft Office tarkibidandir.
Microsoft Access MB fayli doirasida quyidagi ob’ektlardan foydalaniladi:
Ma’lumotlarni saqlashga mo،ljallangan “jadvallar”;
Talab qilingan ma’lumotlarnigina qidirish va ajratib olishga hizmat qiluvchi “so،rovlar”;
MB jadvalidagi ma’lumotlarni ko،rish, ularga qo’shimchalar qilish va ularni o،zlashtirishga qaratilgan “shakllar”;
Ma’lumotlarni tahlil qilish va muayyan qolibda chop etish uchun “hisobotlar”;
Internet yoki boshqa tarmoq orqali MB dagi ma’lumotlarni ko،rish, yangilash va tahlil qilish uchun mo،ljallangan “ma’lumotlarga kirish sahifalari”.
Quyida Sizlarning e’tiboringizga havola etilayotgan bayon Microsoft Accessning malumotlar bazalari va ularni tashkil etuvchilari haqida yetarlicha tasavvur hosil qilishingiz uchun, qolaversa, shahsiy malumotlar bazangizni tuza olishingiz uchun ham asqotadi degan umiddamiz.
Dunyoda ko،plab ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari mavjud bo،lib, bu tizimlar orasida ommaviylikda Microsoft Access dasturi hammasidan ustun turadi.
Dostları ilə paylaş: |