Xulosa qilib aytganda, MBning jadvallari o’rtasida relyatsion bog’lanishlarni hosil qilishning ma’nosi ma’lumotlar muhofazasini ta’minlashdan va o’zaro bog’langan jadvallarning biriga o’zgartirish kiritish orqali boshqa barchasida birvarakayiga o’zgartirishlar kiritishga erishishdan iboratdir. Sorovlar bilan tanishuv Mana MB jadvallari bilan tanishib chiqdik. Ular MBning eng qimmatli obekti sanaladi. Odatda MB tuzilmasi yaxshi oylangan va puxta ishlangan bolsa, foydalanuvchilarning MB jadvallariga murojaat qilishlari, togrirogi, jadvallarni ochishlariga ehtiyoj qolmaydi. MBni istifoda etuvchilar bazida jadvallar borligini unutsalar ham bo’ladi. Ular baza ma’lumotlaridan foydalanishlari uchun “so’rovlar-Запросы” deb nomlanuvchi maxsus ob’ekt mavjud. MBni ishlab beruvchi mutaxassis foydalanuvchilarning barcha so’rovlarini oldindan ko’ra bilgan holda bu ob’ektni avvaldan tayyorlaydi. Tayyor bo’lgan “запрос”, “База данных” oynasining “Запросы” panelidagi ro’yhatdan topilib, uning belgichasini tanlagan holda Enter klavishasini bosib ochiladi. Bunda ekranda natijaviy jadval paydo boladi, undan foydalanuvchi ozi qiziqqan malumotni topishi mumkun.
Umuman olganda natijaviy jadval MB asosiy jadvallarining hech biriga mos kelmasligi tabiiy. Chunki, natijaviy jadvalning maydonlari turli asosiy jadvallarning maydonlaridan, ulardagi qaydlar esa foydalanuvchining talabi-sorovlari tufayli filtrlangan va saralangan qaydlardan iborat bolishi mumkun. Bordiyu, foydalanuvchi natijaviy jadvaldan oziga kerakli malumotlarni topa olmasa, u holda yangi sorov tayyorlash zarurati paydo bo’ladi, bu ish MBning ishlanishini ta’minlab turuvchi mutahassis zimmasidagi vazifa hisoblanadi.
Rasm4.
So’rovlarni dastavval Koнструктор yordamida tayyorlash maqsadga muvofiq. Bu o’rganish uchun ham qulay usul. “База данных” oynasida “Запросы” nomli boshqaruv elementi va unga mos ravishda maxsus panel bor. Mazkur paneldagi ro’yhat “Создание запроса в режиме конструктора” nomli yozuv va unga mos belgicha bilan boshlanadi. Bu belgicha (piktogramma) “Запрос 1: zapros na viberku” sarlavhali oynada maxsus blankni ekranga chiqaradi. Mazkur blankni odatda, namuna boyicha sorov blanki deb ham atashadi. U ikki sohaga ajratilgan: yuqori sohada sorov yunaltirilgan jadvalning tuzilmasi aks etadi; quyi soha esa ustunlarga bolingan bolib, har bir ustunda tuzilajak natijaviy jadvalning malum bir maydon nomi, u maydon qaysi jadvaldan olinganligi, undagi malumotlarni saralash, ekranga chiqarish belgisi, tanlash sharti, shuningdek, yoki sozi bilan boshlanuvchi satrda boshqa amallar aks ettiriladi.
Namuna boyicha sorovni shakllantirish quyidagicha amalga oshiriladi. Blankning yuqori qismida kontekstli menyu orqali sorov murojaat etayotgan jadvallarning sarlavhasi va maydonlarning nomlari keltirilgan oynalar ochiladi. Song natijaviy jadval tarkibiga kirishi lozim bolgan maydonlarning nomlari ustida sichqoncha kursori turgan holda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket deyarli uzluksiz ikki marotaba bosiladi. Bunda blankning quyi qismidagi ustunlar avtomatik ravishda MBBT tomonidan toldirib boriladi. Shu tarzda sorov tuzilmasi shakllantirilgach, uning oynasini yopish oldidan sorovga nom beradi. Keyinchalik mazkur sorov ni ishga tushirish. Jadval larda organganimizdek tarzda, odatdagidek amalga oshiriladi.
Korib chiqqanimizdek tartibdagi amallar natijasida eng sodda va ayni paytda eng kop qollaniladigan sorovlar tuziladi,ularni tanlanma boyicha sorovlar deb atashadi chunki, bu turdagi sorovlar ozlarining asosidagi jadvallarning maydonlardan malumotlarni tanlab olish imkoniyatni beradi.
Dostları ilə paylaş: |