Mavzu: Mb oynasi. Ma'lumotnoma va undan foydalanish. Accessda sórovnomalar reja I. Kirish II. Asosiy qism


Natijaviy jadvaldagi qaydlarni tartiblash



Yüklə 309 Kb.
səhifə12/25
tarix01.01.2022
ölçüsü309 Kb.
#107421
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Mb oynasi Ma'lumotnoma va undan foydalanish Accessda sórovnomalar

Natijaviy jadvaldagi qaydlarni tartiblash


Tanlanma asosidagiso’rovlarni qo’llash natijasida tanlab olingan ma’lumotlarni tartibga solish zarurati tug’ilsa, “sortirovka”- saralash buyrug’idan foydalaniladi. Yuqorida aytganimizdek, blankning quyi qismida sortirovka nomli maxsus satr bor. Bu satr tanlanishi bilanoq mos katakchaning o’ng tomonida yoyiluvchi ro’yhat tugmasi paydo bo’ladi. Bu yoyiluvchi ro’yhatda saralash usullarining - o’sish tartibida yoki kamayish tartibida saralash usullarining nomlari keltirilgan. Natijaviy jadvalda ma’lumotlarning saralanishi saralash tartibi qaysi maydon uchun o’rnatilgan bo’lsa, o’sha maydon bo’yicha amalga oshiriladi.

MBlarda ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida bir nechta maydon bo’yicha saralash imkoniyati mavjud. Bu holda saralash na’muna bo’yicha so’rov blankining ustunlarida joylashgan maydonlar bo’ylab chapdan o’ngga qarab bajarib boriladi. Binobarin, so’rovni shakllantirayotganda natijaviy jadval maydonlarini duch kelganday emas, balki kelgusida ma’lumotlarni bosqichma-bosqich saralashga to’g’ri kelib qolishini nazarda tutib joylashtirish kerak ekan.

Urin almashtirishning umumtizimiga oid usullari bilan na’muna bo’yicha so’rov blankidagi ustunlarning joylashish tartibini o’zgartirish mumkin. Bunda sichqoncha yordamida “перетаскивание” amalini qo’llash kerak bo’ladi.

Natijaviy jadvalda ma’lumotlar aks ettirilishini boshqarish oldindan o’rnatilgan tartibda (ya’ni по умолчанию) nazarda tutiladiki, «so’rov»ga kiritilgan barcha maydonlar ekranda aks ettiriladi. Biroq bu har doim ham maqsadga muvofiq emas. Ma’lumotlarning natijaviy jadvalda aks etishini boshqarish na’muna bo’yicha so’rov blankining “vivod na ekran” nomli satridagi kvadratchalar orqali amalga oshiriladi. Aytaylik, shunday hollar bo’ladiki, biror bir maydon kerakli ma’lumotlarni saralash uchun qulay bo’lgani boisidan so’rovga qo’shilishi va ayni choqda, “begona ko’z”lardan holi bo’lish talab qilinadi. Bunday maydonni ekranda aks ettirmaslik uchun “vivod na ekran” satrining mazkur maydonga mos kvadratchasidagi belgi olib tashlanadi. Misol tariqasida fanlarni qoniqarli o’zlashtira olmagan talabalar ro’yhatini e’lon qilishga mo’ljallangan “so’rov”ni keltirishimiz mumkin. Bu so’rov talabalarning o’zlashtirilishini yoritadigan jadvallarga asoslanadi. So’rov faqatgina ro’yhatni aks ettirsada, mazkur ro’yxat aslida “ekran ortidagi” o’zlashtirish natijalari maydonlariga tayanadi.



Yüklə 309 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin