Makroslar va modullar bilan tanishuv
Microsoft Accessning biz ko’rib chiqqan ob’ektlari ma’lumotlarni aks ettirishning xamda ularni boshkarishning turlicha usullarini nomoyon etadilar. Mazkur ob’ektlardan birgalikda foydalanish Microsoft Accessda ishlash samarasini yanada oshiradi. Microsoft Accessning biz yuqorida sanab o’tgan ettita ob’ekti ichida ikkitasi ya’ni makroslar va modullar, o’z navbatida MBning qolgan ob’ektlarini qudratli axborot-qidiruv tizimiga birlashishni taminlaydilar.
Makroslar turli ob’ektlarning asosiy masalalarini avtomatlashtirish yo’li bilan ularning ishlarini muvofiqlashtirish uchun mo’ljallangan. Makros bu foydalanuvchi ishtirokisiz MBBT tomonidan bajariladigan amallarning ro’yxatini o’zida ifoda etuvchi vositadir. Makros tayinlash orqali, misol uchun, MB ishga tushishi bilan kerakli shakllarni avtomatik tarzda ochiladigan qilib qo’yish mumkin. Shuningdek, makrosni biror tugmachaga boglab qo’yish orqali kerakli shakl ekranga chiqarilishi yoki xisobot chop etishga yuborilishi mumkin.
Shakllardagi qiyin shartlarni tekshirish makroslarsiz amalga oshirilmaydi. Makroslar yordami bilan, xatto, Shakllarda nostandart menyular xosil qilish mumkin.
Makroslarning qo’llanilish doirasi juda xam keng. Ularni MB ning deyarli xamma joyida qo’llash mumkin-Shaklda, xisobotda, boshqaruv elementida, klavishlar birikmasida yoki menyu bandi (buyrugi) da. Demak, makros bu Microsoft Access foydalanuvchi uchun bajaradigan amallar ro’yxati bo’lib, makros ishga tushirilganda MBBT unda keltirilgan barcha amallarni bajaradi.
Umuman olganda, Microsoft Officeni tashkil qiluvchi barcha dasturlarda amallarning avtomatik tarzda bajarilishini ta’minlovchi buyruqqa makrobuyruq (makrokomanda) deyiladi. Aloxida olingan makrobuyruq, makrobuyruqlar to’plami va xatto o’zaro boglangan makroslar guruxi ham makros deb yuritiladi.
Makroslar yana nima uchun kerak? Bir necha bor ketma-ket yoki muttasil bajarishga to’gri keladigan ixtiyoriy masala makros ko’rinishida ifodalanish uchun yaxshi nomzod xisoblanadi. Bunday masalalarni avtomatlashtirish MB samaradorligini va aniqligini oshiradi, chunki makros xar safar masalani bir yo’sinda bajaradi. Makroslar yordamida:
shakllar va xisobotlarni mazmunan birlashtirish mumkin;
qaydlarning avtomatik qidiruvi va tanlovi amalga oshirish mumkin;
boshqaruv elementlari qiymatlarini aniqlash mumkin;
ma’lumotlar tugriligini tekshirish mumkin;
shakllar, xisobotlar va boshqaruv elementlarining xossalarini aniqlash mumkin;
ma’lumotlarning boshqa ko’rinishga o’tkazilishini avtomatlashtirish mumkin;
nostandart ishchi muxitini yaratish mumkin;
bulardan tashkari MB loyixasini ishlovchilar makroslarning kezi kelganda VBAda yaratilgan dasturlardan xam ustunroq darajada ishlaydigan xollari mavjudligini e’tirof etadilar.
Dostları ilə paylaş: |