Jadval-tablitsa hosil qilish uchun avvalo “Baza dannix” oynasidagi “Taблицы” nomli boshqaruv elementini tanlashimiz kerak. So’ngra, bu elementni tanlash tufayli faollashgan paneldan mavjud uchta boshqaruv elementidan birini, ya’ni “Создание таблицы в режиме конструктора”, “Создание таблицы с помощью мастера” va “Создание таблицы путем ввода данных” deb nomlangan belgichalardan birini tanlaymiz (2-rasm).
rasm 2.
Bu belgichalarning birinchisiga mos keluvchi oyna bilan jadvallar konstruktori oynasi bilan yaqindan tanishamiz. Mazkur oyna ozi bilan jadval tuzilmasini yaratish va tahrir qilish uchun moljallangan muayyan qolipdagi vositani ifoda etadi. Uning ikkita gorizontal bolagi bolib, yuqori bolagida имя поля”, “тип данных”, “oписание” nomli uchta ustun va ularga ko’ndalang pastki bo’lakda alohida tanlangan, ya’ni chap tomondan qora uchburchak marker, o’ng tomondan esa o’chib-yonib turuvchi kursor joylashgan satrda nomi keltirilgan maydonning xossalari royxati aks ettiriladi.
Har bir maydon uchun belgilanajak maydon turi maydon nomi yozilgan joyga qoshni katakchadagi atayin yashiringan boshqaruv elementi orqali yoyiluvchi royhatdan tanlanadi. Aytish joizki, Microsoft Accessda bunday yashiringan boshqaruv elementlari kop bolib, ular malumotlar kiritilishi boshlangunga qadar korinmay turaveradi.
Maydon uchun ayrim xossalarni tayyorlash majburiy emas. Bazi xossalar esa avvaldan ornatilgan boladi. Ularni ehtiyojga kora ozgartirish mumkin.
Jadval tuzayotganda uning tayanch maydonini belgilab olish maqsadga muvofiq. Bu keyinchalik jadvallararo aloqani tashkil etishda asqotadi. Tayanch maydonini belgilash uchun sichqoncha kursori maydon nomi ustida turgan holda sichqonchaning ong tugmasini bosish hamda paydo bolgan kontekstli menyudan Ключевое поле bandini tanlash kifoya. Tayanch maydonini jadval tuzayotgan paytda tayinlash, umuman olganda, shart emas.
Jadvalda birorta ham maydon ma’lumotlarning takrorlanmasligi xususiyatiga ega bo’lmasa va, ayni paytda, mazkur jadval MBning boshqa jadvallari bilan boglanishi kerak bolib qolsa, u holda tayanch maydon orniga boshlangich tayanch sifatida ikki va undan ortiq maydon tanlanishi mumkin. Bu amal ham, xuddi avvalgidek, kontekstli menyu orqali bajariladi. Bunda bir necha maydonni tanlash Shift klavishini bosib turgan holda tanlanilayotgan maydon nomlaridan chapda joylashgan kvadrat markerlarni sichqoncha korsatkichi va chap tugmasi yordamida bir marotabadan belgilab chiqish orqali amalga oshiradi.
Har safar jadval tuzilmasi ustidagi ishlarni yakunlab, Konstruktor oynasini yopmoqchi bo’lganimizda MBBT jadvalini saqlab qo’yish xususidagi so’roqni ekranga chiqaradi. MB jadvali shu tarzda birinchi bor saqlanayotgan bo’lsa, dastlabki so’roq oynasida tasdiqlovchi tugma bosilgach, tarkibida “Имя таблицы” nomli maydonchaga ega bo’lgan “Сохранение” sarlavhali yana bir so’roq oynasi paydo bo’ladi. Undagi maydonchaga jadvalga berilajak nom kiritiladi, keyin Enter klavishi bosiladi.
rasm 3.
Hosil bo’lgan jadval odatdagi usulda, ya’ni uning belgichasi ustiga sichqoncha kursorini olib kelib, shu holatda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket ikki marotaba deyarli uzluksiz tarzda bosilishi bilanoq ochiladi. Tuzilgan jadvallarning belgichalari (piktogrammalari) “База данных” oynasining “Taблицы” nomli elementiga mos panellarga ko’chirishning iloji yo’q (masalan, “Формы” nomli boshqaruv elementiga mos panelga). Яngi hosil bo’lgan jadval qaydlarga ega bo’lmaydi. Dastavval unda faqat jadval tuzilmasini tavsiflovchi ustunlarning nomlarigina bo’ladi. Jadvalni ma’lumotlar bilan to’ldirish odatdagi tartibda amalga oshiriladi. Bundan matn kursori kerakli katakchaga sichqoncha kursori orqali yoki kursorni boshqarish klavishlari orqali o’rnatiladi. Navbatdagi qaydni jadvalga kiritish undan avval turgan qaydning eng oxiriga katakchasi to’ldirilgandan so’ng bajariladi. Bunda, albatta MB jadvali maydoniga объязательное поле” xossasi yuklatilgan bo’lishi kerak.
“O’tish tugmalari paneli”dagi boshqaruv elementlari ko’p sonli qaydlardan iborat jadvallar bo’ylab xarakterlanishda qo’l keladi. Mazkur panel jadval quyi qismining chaprog’ida joylashgan.
Jadval qaydlar bilan to’ldirila boshlanganda kuzatish mumkinki, kiritilayotgan ma’lumotlar katakchalarga har doim ham sig’avermaydi. Bunday holda mazkur katakchani o’z ichiga olgan ustun sichqoncha yordamida yoki avtoformatlash vositasida kengaytirilishi mumkin. Bunda sichqoncha kursori ustun chegarasiga olib kelinganda shakli o’zgargach ikki xil yul tutilishi mumkin: birinchisi, shu turgan holda sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va u qo’yib yuborilmasdan o’ng yoki chapga sichqonchani harakatlantirish bilan ustun kengligi shu harakatga mos ravishda o’zgartiriladi; ikkinchisi, sichqoncha kursorining ustun chegarasi ustida shakli o’zgarishi bilanoq ikki marotaba chiqillatish qo’llaniladi. Oxirgi aytganimiz Windowsga xos usul bolib, u kopgina dasturlarda birday amal qiladi. MB jadvalining oziga xosliklaridan biri, bu unga kiritilayotgan malumotlarning avtomatik tarzda saqlanib qolishi xususiyatidir. Shunga qaramay, mabodo jadval maketi ozgartirilgan bolsa, MBBT maskur ozgartirishni saqlash borasida Sizning tasdig’ingizni kutadi. Agarda jadval tarkibidagi maydonlar sonini, ularning xossalarini, bir so’z bilan aytganda, jadval tuzilmasini o’zgartirish lozim bo’lib qolsa, unda bu jadvalni Konstruktor rejimida ochmoq kerak. Buning uchun “База данных” oynasining “Taблицы” elementiga mos “ro’yxat”dan mazkur jadvalning belgichasi (piktogrammasi) tanlangan holda Konструктор tugmasi “bosiladi”. Konструктор yordamida jadval yaratish tezlashadi. Jadvalning samaradorligi MBni loyihalash bosqichida jadval tuzilmasining qay darajada ishlanganligiga bog’liq, albatta. Agar oldindan tayyorgarlik yaxshi yulga qo’yilgan bo’lsa, ya’ni loyiha puxta o’ylangan bo’lsa, Konструктор loyihaning miqyosi, kattaligidan qat’iy nazar sanoqli daqiqalarda MB uchun etarli hamda qulay bo’lgan jadval tuzilmasi va maketini yarata oladi.
Dostları ilə paylaş: |