Jadvallararo boglanishlarni tuzish.
MB jadvallari orasida relyatsion munosabatlarni ornatish MB tuzilmasi ishlanayotganda kozda tutulishi kerak. Jadvallararo boglanishni tuzish uchun zarur bolgan barcha ishlar Sxema dannix nomli maxsus oynada sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. Bu oyna Сервис-Схема данных buyrug’i bilan ochiladi yoki vositalar ponelida joylashgan ko’rinishdagi tugmachani bosish bilan faollashadi. Xosil bulgan jadvallararo boglanish Схема данных oynasida turli jadvallarning ikki maydonini boglab turuvchi yunalishli chizik kurinishida aks etadi. Bu boglanishda uzining tayanch maydoni bilan ishtirok etayotgan jadval etakchi xisoblanadi. Bunda tayanch maydon nomi kuzga tashlanib turadi. Ikkinchi jadval ergashuvchi jadval xisoblanadi. MBning mutasaddisi malumotlar butunligini himoyalashga oid ikki yuldan birini tanlashi mumkin: biri etakchi jadvalning tayanch maydonlaridagi malumotlarni ochirib yuborilishi holatlariga tosiq qoyish; ikkinchisi - boglangan jadvallarda bunday holatlarga muvofiq keluvchi tartibni ornatib, ochirish amallariga ruxsat berish. Odatda, MB etarlicha katta va ozaro boglangan jadvallari kop bolsa, bu kabi ochirish ishlarini qolda bajarish anchagina qiyinchilik tugdiradi. Shu boisdan ham jadvallararo boglanish kabi avtomatlash vositalari kerak boladi.
Demak, jadvallar ortasidagi avtomatik boglanish tufayli: etakchi jadvalning tayanch maydonidagi malumotlarni, mazkur maydonga boshqa bir jadvalning qandaydir maydonlari Схема данных buyrug’i orqali bog’langan taqdirda, o’zgartirish yoki o’chirib tashlash imkoniyati bartaraf etiladi; aks holda, etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarni o’chirib yuborishda yoki o’zgartirishda mazkur jadvalga ergashuvchi jadvallarning boshlang’ich tayanchga maydonlaridagi tegishli ma’lumotlarning ham o’chirib yuborilishi muvofiq holda mutlaqo aynan o’zgartirishli avtomatik tarzda ro’y beradi.Bog’lanish xossalarini sozlash uchun “Схема данных “ oynasida jadvallardagi maydonlarni bog’lovchi chiziqni sichqoncha kursori orqali tanlash va shu turgan holatda sichqonchaning o’ng tugmasini bosish bilan bog’lanishning kontekstli menyusini ochish hamda undan “Изменить связь” nomli bandni tanlash kerak bo’ladi. Shunday qilinsa, ekranda “Изменение связей“ sarlovhali muloqot oynasi paydo bo’ladi. Mazkur oynada bog’langan jadvallarning nomlari hamda bog’lanishda ishtirok etayotgan maydonlarning nomlari aks etadi, shuningdek ma’lumotlar butunligini ta’minlovchi boshqaruv elemenlari keltiriladi. Bog’lanishlarni o’zgartirishni ham shu oyna orqali amalga oshirish mumkin. Bu oynada faqat “Oбеспечениецелостности данных“ kvadratchasi belgilangan bo’lsa, unda etakchi jadvalning tayanch maydonidagi malumotlar ochirib yuborishdan saqlangan boladi. Oynada mavjud uchta kvadratchaning hammasi faollashtirilsa, mos ravishda etakchi jadvalning tayanch maydonidagi malumotlarga ozgartirishlar kiritishga va malumotlarni ochirib yuborishga ruxsat berilgan boladi, shuningdek, bu ozgartirish va ochirib yuborishlar ergashuvchi jadvallarda aynan aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: |