Sahifalar bilan tanishuv.
Mazkur ob’ekt ham “shakl” singari MB dagi ma’lumotlarga kirishni ta’minlaydi. “Shakl” ma’lumotga bevosita kirish imkonini bersa, ”sahifa -страница” MB ga uzoqdan turib, Internet va internet orqali kirishga mo’ljalangan.
rasm 6
“Ma’lumotlarga kirish sahifalari” ob’ekti MB dan olisdagi iste’molchiga ma’lumot uzatish masalasini hal etish maqsadida yaratilgan. Odatda MB anchagina katta hajmda bo’lgani boisdan ularni to’laligicha va to’gridan to’gri aloqa kanallari orqali etkazish amalda qo’llanilmaydi. Bu xavfsizlik maqsadlariga muvofiq emas, qolaversa, katta hajmli ma’lumotning katta masofalarga uzatilishi o’ziga yarasha vaqt sarflanishi taqazo etadi. Ayni choqda, ko’plab zamonaviy Web-brauzerlarning serverlarda joylashgan MB bilan ishlash imkoniyatlari hozircha etarli darajada emas. Shu boisdan, ”saxifalar” ob’ekti bu masalalarda vositachilik rolini egallaydi. «Saxifalar» ob’ektlarining afzalliklariga e’tibor bering: ular egallaydigan xajm katta bo’lmaydi, ular MB da erkin xarakatlanish uchun qulay boshqaruv elementlarini o’z ichiga oladi, ular NTML formatida yozib olinishi mumkin, odatdagi aloka kanallari orkali uzatilishi va standart brauzerda kayta ochilishi mumkin. Formatiga ko’ra “sahifalar” ob’ekti Web-hujjat hisoblangani sababidan, ularni boshqa ixtiyoriy Web-hujjat ichiga, aytaylik, Web-sahifaga joylashtirish mumkin.
MBning boshqa ob’ektlaridan farqli ravishda “Sahifalar” ob’ekti alohida, MBBT dan mustaqil bo’lgan, faylda saqlanadi. Bu fayl NTML formatida bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |