Maydon nomi (имя поля) - baza bilan avtomatik amallar bajarilayotgan paytda mazkur maydonning ma’lumotlariga qay tarzda murojaat etish kerakligini ta’minlovchi xossa. Maydon nomlari jadval ustunlarining sarlavhalari sifatida ishlatilishi mumkin.
Maydon turi (тип поля) - berilgan maydon tarkibidagi ma’lumotlarning turini bildiradi.
Maydon o’lchami (размер поля)- berilgan maydon katakchalariga sigishi mumkin bo،lgan ma’lumotlarning maksimal uzunligini belgilovchi xossa.
Maydon formati (формат поля) - maydonga tegishli katakchalaridagi ma’lumotlarni formatlash usulini aniqlab beradi.