Xisobotlar ustasi
Xisobotlarni avtomatlashtirilgan xolda xosil qilish vositasi – bu “Maстер отчетов”dir. “Xisobotlar ustasi”ni sichkoncha ko’rsatkichi “База данных” oynasidagi “Создание отчета с помощью мастера” yozuvi ustida turgan xolda sichkonchaning chap tugmasini ikki marotaba deyarli uzluksiz bosish orqali ishga tushirish mumkin. “Xisobotlar ustasi” ham boshqa turdagi “ustalar” kabi bir qancha bosqichda ishlaydi. “Xisobotlar ustasi” ishga tushgach, uning yordamida MB ning xisobot asoslanishi kerak bo’lgan jadvali yoki so’rovi, xisobotda o’z aksini topuvchi maydonlar, turkumlanishi lozim bo’lgan maydonlar, saralanuvchi maydonlar va saralash uslublari tanlanadi, chop etiluvchi maketning ko’rinishi va bezash usuli tanlanadi.
Tayyor xolga keltirilgan xisobotning tuzilmasi shakl tuzilmasidan fakat bo’limlarning soni ko’pligi bilan farq qiladi. Sarlavxa, izox va ma’lumotlar bo’limlaridan tashqari, xisobot tarkibida yuqori kolontitul va quyi kolontitul bo’limlari ham bo’lishi mumkin. Bu bo’limlar xisobot saxifasi bittadan ortiq bo’lgan xollarda, saxifa raqami kabi yordamchi axborotlarni chop etish uchun zarurdir. Agar xisobotning ba’zi maydonlari uchun turkumlash qo’llanilgudek bo’lsa, gurux(turkum)lar sarlavxalarini bezash (rasmiylashtirish) aloxida bo’limlarda bajarilishi boisidan, xisobotning bo’limlari soni anchaga ortadi.
Dostları ilə paylaş: |