Mavzu: media sohasining tuzilishi va ta'siri mediasavodxonlik va axborot madaniyati reja


Matbuotda so‘z va axborot erkinligi



Yüklə 206,79 Kb.
səhifə4/6
tarix16.10.2023
ölçüsü206,79 Kb.
#130459
1   2   3   4   5   6
6 mavzu

Matbuotda so‘z va axborot erkinligi
So‘z erkinligi uchun va unga qarshi kurash asrlar davomida davom etib kelmoqda. XXI asr boshlarida jahon hamjamiyati inson huquqlarini, jumladan, so‘z erkinligini himoya qiluvchi va ta’minlaydigan keng qamrovli qonunchilikni yaratdi. O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlangan matbuotga oid davlat siyosati tahririyatlar va jurnalistlarning kasbiy mustaqilligini, ommaviy axborotni olish va tarqatish erkinligini kafolatladi. Milliy matbuot bozori shakllandi, u umumiy tovar bozorining segmentiga aylandi. Haqiqiy so'z erkinligi ikkita muhim shart - shaxsga ma'lumot to'plash, tahlil qilish va uning asosida shaxsiy fikrni shakllantirish imkonini beradigan oshkoralik rejimi va xizmatda bo'lgan matbuot erkinligi mavjud bo'lganda amalga oshiriladi jamiyatning fikri va shaxsiy fikrini bildirishni xohlovchilar uchun imkoniyat yaratadi. Jamoatchilik fikrini ochib berish va namoyon qilish kontekstida oshkoralik va matbuot erkinligi jamiyatni demokratlashtirish omili bo‘lib xizmat qiladi.
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
Matbuot erkinligi - soʻz, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri boʻlib, matbu-otning erkin faoliyat koʻrsatishini, kishilarning matbuotda oʻz fikr va tuygʻularini toʻsiqlarsiz ifoda eta olishini ifodalaydi. Matbuot erkinligi — matbuotning mohiyatini, uning jamiyat xayotidagi oʻrnini belgilaydi. Siyosiy jihatdan Matbuot erkinligiga demokratiya kurinishlaridan biri sifatida qaraladi.
"Erkinlik" soʻzining tub maʼnosi har qanday toʻsiq, monelik va shahri k.dan xoli boʻlish, mustaqillik, ozodlik degan maʼnoni beradi. Ammo aslida erkinlik — anglangan zaruriyatdir: inson oʻz oldida turgan tarixiy, iqtisodiy, siyosiy zaruratni anglab yetgandagina erkin boʻladi, erkin fikrlay oladi. Matbuot erkinligi ham ana shunday xususiyatga ega, yaʼni jamiyat taraqqiyotiga, uning qonuniyatlariga javob beruvchi matbu-otgina erkin matbuotdir. Jamiyat taraqqiyotining bosh masalalarini chukur tushungan, unga javob bera olgan jurnalistgina erkindir.
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
Matbuot erkinligining 3 asosi mavjud: ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy.
Matbuot erkinligining ijtimoiysiyosiy asosi matbuotning qaysi ijtimoiy borlikda, qanday tuzumda faoliyat koʻrsatishi, qaysi ijtimoiy ongning koʻrinishi ekanligi, qaysi mafkura va gʻoyalarga xizmat qilishidan kelib chiqadi. Matbuot erkinligining mazkur bosh asosi uning huquqiy imkoniyatlari bilan ifodalanadi: har bir jamiyat, har bir tuzum Matbuot erkinligi huquqini belgilar ekan, uning faoliyatini maʼlum qonunlar, koʻrsatmalar, bu borada olib boriladigan siyosat bilan belgilab qoʻyadi.
Matbuot erkinligining iqtisodiy asosi esa matbuot nashrlari va ommaviy axborot vositalarining kim tomonidan, qaysi mablagʻlar evaziga chikarilishi bilan bogʻliq, yaʼni matbuot kimning mablagʻi evaziga, iqtisodiy qullashi natijasida chiqsa, oʻsha uchun erkin boʻladi.
Matbuot erkinligi ning maʼnaviy asosi esa uni chiqarayotgan shaxs, guruh, unda ishlovchi jurnalistlarning ichki dunyosi, dunyoqarashi, eʼtiqodi bilan bogʻliq. Yuksak maʼnaviyatli, chukur eʼtiqodli, insoniyat, jamiyat oldidagi oʻz masʼuliyatini chuqur anglab olgan, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga xizmat qiluvchi, ezgulikka intiluvchi jurnalist doimo erkin boʻladi. Aksincha, qoloq, qotib qolgan tushunchalar, aqidalar asosida va boshqa maqsadlar yoʻlida xizmat qiluvchi jurnalist hech qachon ruhan erkin boʻla olmaydi.
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati

Yüklə 206,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin