Mavzu: Mehaelis tenglamasi va uning modifikasiyalangan shakllari Reja: Fermentlar tasirining o’ziga xosligi


Fermentlar faolligining boshqarilishi



Yüklə 35,44 Kb.
səhifə5/6
tarix10.12.2023
ölçüsü35,44 Kb.
#138760
1   2   3   4   5   6
Allaberganova mohinurning boifizika fanidan yozgan referati

3. Fermentlar faolligining boshqarilishi.
Fermentlar faolligi boshqariladigan katalizatorlarga mansub ekanligi yuqorida aytilgan edi. Ferment faolligining boshqarilishi ularning turli xil biologik komponentlar yoki yot birikmalar (masalan, dori va zaharlar) bilan o`zaro ta`siri orqali yuzaga keladi hamda ular fermentlarning modifikatorlari yoki regulyatorlari deb ataladi. Modifikatorlarning fermentlarga ta`siri ostida reaktsiya tezlashishi (bunday sharoitda ular aktivatorlar deyiladi) yoki sekinlashishi (bunday sharoitda ular ingibitorlar deyiladi) mumkin.
Fermentlar faolligining boshqarilishi 3 bosqichni o`z ichiga oladi:
  1. Hujayra ichki boshqarilishi (substratlar, metabolitlar, aktivatorlar, ingibitorlar, pH, harorat, allosterik fermentlar). Bunday boshqarish avtomatik kechadi.


  2. Gormonal boshqarilish. Oqsil tabiatli gormonlar va aminokislota hosilalari hujayraviy fermentlarni adenilatsiklaza tizimi orqali, steroid gormonlar va tiroksin gen darajasida fermentlar sintezini jadallashtiradi.


  3. Nerv tizimi orqali boshqarilish


Fermentlarning faollanishi. Modifikator ta`siridan so`ng yuzaga keladigan bioximiyaviy reaktsiyaning tezlashganligi asosida fermentlarning faollashuvi aniqlanadi. Faollantiruvchi moddalarning bir guruhini ferment faol markaziga ta`sir etuvchi moddalar tashkil etadi.


Denaturatsiyalovchi modda ta`siri bo`lgan holatda «ingibirlanish» emas, balki «faolsizlanish» to`g`risida gap borsa, to`g`riroq bo`ladi. Ko`pincha, moddalar kichik miqdorlarda ingibitor, ko`p miqdorda esa inaktivator bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun bunday tarzda ikki guruhga bo`lish ma`lum darajada shartlidir.
Ingibitorlar avvalo ferment bilan mustahkam bog`lanishdek umumiy belgisi bilan ajralib turadi. Bunday belgisiga ko`ra ingibitorlar 2 guruhga bo`linadi: 1) qaytar va 2) qaytmas. Fermentni 2 guruhdan qaysi biriga mansubligi dializ yoki fermentning ingibitorli eritmasini ko`p suyultirishdan so`ng ferment faolligining qayta tiklanish mezoniga asosan aniqlanadi. Qaytmas ingibitorlar ferment bilan mustahkam bog`lanadi va bunday jarayondan so`ng ferment faolligi qayta tiklanmaydi.

Yüklə 35,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin