Menejerlar ishbilarmonligini nafaqat attestatsiya orqali balki reyting orqali ham baholash mumkin. ≪Reyting ≫ so‘zi ingliz tilida ≪baho≫ ma’nosini anglatadi. Uni qo‘llash zamirida xodimlarni ularning malakasi, bilim darajasi, ish tajribasi, xulq-atvori va xislatlari darajalariga qarab reyting ballarini aniqlash va ularga baho berish g ‘oyasi turadi.
Ana shular asosida attestatsiya o‘tkazuvchilar ochiq ovoz berish yo’li bilan quyidagi baholami berishi mumkin:
- bajarayotgan lavozimiga loyiq;
-xodim ko‘rsatilgan nuqsonlami keyingi o‘tkaziladigan attestatsiyagacha yo‘qotsa, bajarayotgan lavozimiga loyiq;
-egallab turgan lavozimiga loyiq emas.
Attestatsiya menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholash usuli bo’lishi bilan birga ularni qayta tayyorlash bilan ham chambarchas bog’liqdir.
Ijtimoiy va ishchanlik sifatlari: prinsipialligi; burchini bilishi; ishga prinsipial yondashuvi; uddaburonligi; ishbilarmonligi; irodasi; matonati; ishni qiyomiga yetkazish qobiliyati; o‘ziga nisbatan talabchanligi; qo‘l ostidagilarga nisbatan talabchanligi; mas’uliyatnisezish darajasi; mehnat unumdorligi; mehnat sifati; dadillik, qat’iylik darajasi; g‘ayratliligi; mehnatsevarligi; jamoani jipslashtirish qobiliyati; vijdonliligi; intizomliligi; jamoada yuqori darajada intizomni saqlay olish qobiliyati; qaror qabul qilishdagi mustaqilligi; kishilar tashvishi haqida o‘ylashi; tashabbuskorligi.
Reyting usuli orqali menejerlaming ijtimoiy va ishchanlik, kasbiy mahorati va bilimi, shaxsiy sifatlari va obro‘si kabi xususiyatlariga baho berish mumkin
Shaxsiy sifatlari: sog‘lig‘i; ish qobiliyati; o‘z qadrini bilishi; adolatliligi; halolligi; kamtarinligi; o‘zini tuta bilishi; sabrliligi; murakkab, og ‘ir vaziyatdan chiqa olish qobiliyati; axloqiy barqarorligi; hazilkashligi.