Mavzu: moliyaviy rejaning mohiyati va asosiy bo'limlari reja



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2022
ölçüsü103,5 Kb.
#120072
  1   2   3
MOLIYAVIY REJANING MOHIYATI VA ASOSIY BO\'LIMLARI


MAVZU: MOLIYAVIY REJANING MOHIYATI VA ASOSIY BO'LIMLARI


Reja:



  1. Moliyaviy rejaning mohiyati va asosiy bo‘limlari

  2. Korxonaning moliyaviy rejasi.

  3. Biznes-rejaning moliyaviy bo'limi Biznes-rejani loyihalash ketma-ketligining moliyaviy bo'limi


Moliyaviy rejaning mohiyati va asosiy bo‘limlari
Moliyaviy reja bu biznes-rejaning yakunlovchi bo‘limidir. Unda korxona faoliyatini moliyaviy ta'minlash hamda mavjud pul mablag‘laridan joriy moliyaviy axborot va mahsulotni sotish bashoratlari asosida eng samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Aynan shu bo‘limdan investor ѐki bankir olish mumkin bo‘lgan foyda miqdorini, qarz beruvchi esa potensial qarz oluvchining o‘z qarzini qaytarish uchun imkoniyatlarini bilib olishi mumkin. Moliyaviy reja biznes-rejaning boshqa bo‘limlarida keltirilgan ma'lumotlarga zid kelmasligi lozim. Moliyaviy rejadagi nomutanosibliklar moliyachi mutaxassislarning malakasi kamligidan ѐki insofsizligidan darak beradi. Sifatsiz tayѐrlangan moliyaviy reja noto‘g‘ri xulosa chiqarishga va korxona nufuzini pasaytirishga olib kelishi mumkin. Moliyaviy rejada moliyaviy resurslar (kapital) qachon, qaerda va nima maqsadda sarflanishi, biznesning muvaffaqiyatga erishishi uchun korxona oldida turgan maqsadlar batafsil ѐritib beriladi. Boshqacha qilib aytganda, nafaqat xarajatlar, balki daromadlar va boshqa moliyaviy tushumlar ham ko‘rsatiladi. Ko‘ngildagidek tayѐrlangan moliyaviy rejadan korxona zahiralarini baholash va jalb qilish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin. Moliyaviy rejaning shunga o‘xshash an'anaviy rejalardan farqi shundaki, u bozordagi vaziyatni to‘laligicha, xususan, fond bozoridagi vaziyatni hisobga olishni majburiy qilib qo‘ygan. Moliyaviy muhit to‘g‘risidagi to‘liq axborotning mavjudligi biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim zamin tayѐrlaydi. Biroq, ayrim axborotlar yetishmaѐtgan, bozor to‘liq o‘rganib chiqilmagan, ishlab chiqarish masalalarining ba'zildari oxirigacha ishlab chiqilmagan bo‘lsa ham, biznes-rejaning ushbu bo‘limi baribir tuzilishi lozim. Bunda eng katta ma'no moliyaviy ko‘rsatkichlarda bo‘lib, ular korxonaning moliyaviy barqarorligini ta'minlaydi va bir vaqtning o‘zida investisiya, tashkiliy va texnik qarorlar qabul qilishda foydali bo‘ladi. Moliyaviy reja biznes-reja bilan bir xil muddatga ishlab chiqiladi. mavjud tavsiyalarga ko‘ra uni 3-5 yilga ishlab chiqish ma'qul. Bunda dastlabki yil uchun rejadagi ko‘rsatkichlarni oylar bo‘yicha, ikkinchi yil uchun choraklar bo‘yicha va keyingi davr uchun yillar bo‘yicha guruhlarga taqsimlash maqsadga muvofiq. Masalan, xorijiy amaliѐtda biznesning birinchi yili (yangi korxona ochilishi) uchun moliyaviy reja ko‘rsatkichlari oylar bo‘yicha va zar bir modda bo‘yicha taqismlanadi. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkichlar yil davomida mahsulotni sotish hajmi foizlarida aniqlanadi. Bunday rejaning umumiy sxemasi quyida shaklda bo‘lishi mumkin:
Bir yilda sotuv hajmi – 100 jumlada:
ishlab chiqarish xarajatlari – 50 yuklama xarajatalr va foyda – 50
shundan:
a) marketing va sotuv xarajatlari – 15 b) joriy qilish xarajatlari - 10
v) boshqaruv xarajatlari – 8
g) soliqlar to‘lanmasdan oldingi foyda – 17
Moliyaviy rejaning muhim qismi bu mahsulotni sotish hajmining bashorat qilinishidir. U korxona o‘z tovar va xizmatlari bilan «egallab» olishni mo‘ljallagan bozor ulushi haqida tasavvurga ega bo‘lishga ѐrdam berishi lozim. Shu sababli bashoartni birinchidan, ishlab chiqarish rejasi bilan, ikkinchidan, marketing rejasi bilan bog‘lash talab qilinadi. Bozorni jiddiy ravishda tahlil qilmasdan utrib mahsulot sotuvini bashorat qilish u ѐqda tursin, ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish ham o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Odatda bunday bashoratlar 3-5 yilga qilinadi. buning sababi shundaki, dastlabki yiolda korxona bozordagi vaziyat blan tanish bo‘lib, kim uchun mahsulot ishlab chiqarishni biladi, keyingi yillar uchun esa biz buni ta'kidlay olmaymiz. Shu sababli ikkinchi yildan boshlab korxona bashorat baholari bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Bozor salohiyati korxonada ishlab chiqarilaѐtgan mazkur tovarga tarmoq bozoridagi talab kattaligini ko‘rsatadi. U korxonaning tarmoq bozoridagi ulushini belgilab beradi. Sotuv hajmi ko‘rsatkichi korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari va bozor talabi o‘rtasidagi munosabatlar natijasini tavsiflaydi. Sotuv hajmi talabdan ortmaydi.
Bashoratlarni haqiqiy ko‘rsatkichlarga yaqinlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, moliyaviy rejaning boshqa bo‘limlari aynan shu muhim elementga asoslanadi. Moliyaviy rejaning ikkinchi muhim bo‘limi tushum va xarajatlar balansi bo‘lib, u biznes-loyihaning (yangi ish, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish va hokazo) foyda keltirishi ѐki keltirmasligi, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qancha mablag‘ kiritish lozimligini baholashga imkon beradi. Odatda u korxonaning daromad va xarajatlari balansi deb ataladi.

Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin