Mavzu: mtt yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish va ekologik tarbiya berishning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə6/7
tarix29.09.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#129536
1   2   3   4   5   6   7
EKOLOGIYA (1)

Pedagogik vazifalar: .fanning maqsad va vazifalari bilan tanishtiradi, fanning tarkibiy tuzilmasi, o’quv faoliyatini baholash mezonlari, tavsiya qilinayotgan adabiyotlar ro’yxati haqida ma’lumot beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanini o’rganish zarurligini tahlil qiladi.
1.Bugungi kunda ekologiya fani tushunchasi har bir kishining ongiga singib bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va oynaijahon ko'rsatuvlarida hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayolgan sa'y-harakatlar haqida ma'lumotlar beriladi. Ekologiya tushunchasini fanga birinchi bo'lib 1866-yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya tushunchasi yunoncha so'z bo'lib, «eko» — uy, yashash joyi, makon, maskan, «logos» — fan degan ma'noni bildiradi. Ya’ni o’z uyimizni avaylaymiz, asraymiz. O'rganish deganda, albatta, undagi barcha tirik organizmlar va jarayonlarni o'rganish, ya'ni ushbu uyni yoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saqlash kabi masalalar tushunilishi kerak. Ekologiya fani ham biologiya, geografiya fanlari singari mustaqil fan hisoblanadi va doimo bo’gliq holda faoliyat olib boradi. . U tirik organizmlarning yashash sharoiti va ularni o'zi yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o'rganadi..
Ma’lumki so’ngi yillarda “Ekologiya” so’zi juda ommaviylashib ketdi. Ko’pincha atrof-muhitning nomaqbul holati haqida gapirganda bu so’z tez-tez tilga olinadi. Ba’zan bu atama “Jamiyat”, “Oila”, “Inson”, “Salomatlik” kabi so’zlar bilan birgalikda ishlatiladi.
2. Ekologiyaning fan sifatidagi katta ahamiyati yaqin vaqtlardan boshlab tushunila boshlandi.Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. 1921 -yilda amerikalik olimlar Bortes va Park tomonidan “Inson ekologiyasi” degan yangi fan kiritildi. Inson ekologiyasini o'rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keladi.Avval inson ekologiyasiga tabiiy soha bo’limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me’moriy-iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o’rganildi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof-muhitning insonga ta’sirini o’rganadi. Inson ekologiyasini o’rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keladi. Unga birinchi bo'lib Raderik Mak Kenzil ta'rif bergan. Ijtimoiy ekologiya ijtomoiy fanlarda biri hisoblanib, uningmaqsadi inson bilan atrof-muhit o’rtasidagixususiy bog’lanishlarni o’rganishdan iborat.
Tabiat biz o’zimiz tasavvur etgandan ko’ra murakkabroqdir. Ekologiyaning asosiy qonunini quyidagicha ifodalash mumkin:
3. Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to'rt bo'limga bo'lib o'rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.
  • Autekologiya(«autos» — yunoncha so'z bo'lib, «o'zi» degan ma'noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o'zaro munosabatini, ularning qanday muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini o'rganadi.
  • Populyatsiyalar ekologiyasi («papulyason» — fransuzcha so'z bo'lib, «aholi» degan ma'noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini, ma'lum sharoitda turli organizmlar sonining o'zgarish (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
  • Sinekologiya(«sin» — yunoncha so'z bo'lib, uning ma'nosi «birlikda» demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarini o'zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o'rganadi.
  • Ekotizimlarning tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta'limotni vujudga keltiradi.

4. Ekologiya fani XX-asrda mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Bugungi kunda ekologiya nafaqat mustaqil fan sifatida shakllandi, balki u mazmunan juda kengaydi. Ekologiyani o'rganadigan yangi sohalar ko 'paydi, ekologiyaning yangi-yangi yo`nalishlari paydo bo`ldi.

fiziologik ekologiya

Global ekologiya

Ijtimoiy ekologiya

Inson ekologiyasi

Injenerlik ekologiya

Biokimyo ekologiya

Evolutsion ekologiya

Morfologik ekologiya

Qishloq xo 'jaligi ekologiyasi

Koinot ekologiyasi

O 'simliklar ekologiyasi

Hashoratlar ekologiyasi

Umurtqalilar ekologiyasi

Chuchuk suv ekologiyasi

Dengiz ekologiyasi

Quruqlik ekologiyasi

Okean ekologiyasi

va boshqalar


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin