Mavzu. Multimediya texnologiyalari



Yüklə 57,22 Kb.
səhifə8/11
tarix26.11.2023
ölçüsü57,22 Kb.
#135474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-mavzu. Multimediya texnologiyalari

Sound Recorder dasturini WINDOWS 95 bosh tavsiyanomasidagi Program  Accessories  Multimedia  Sound Recorder (Programmi  Standartnie  Multimedia  Fonograf) buyrug’i bilan ishga tushiriladi.
Sound Recorder dasturi darchasi magnitofonning oldi panelini eslatadi. Bu darchaning tarkibini o'zgartirish mumkin emas, chunki View (Vid) tavsiyanomasi mavjud emas.
Mavjud tovushli faylni eshitish uchun uni ochib, Play (Vos­proizvedenie) klavishasini bosish kerak. Faylni ochish oddiy usullar bilan amalga oshiriladi. Ammo bu maqsadda Open (Otkrit) buyrug’i emas, balki bir vaqtda faylni ochish va avtomatik tarzda uning ifodalanishini ta’minlaydigan Play (Vosproizvedenie) buyrug’ini ishlatish lozim. Tovushli faylni eshitishda (Playback) tovushlar balandligini (Volume), tavsiyanomaning Edit (Pravka) bandidagi Audio Properties (Svoystva audio) buyrug’i bilan shu nomli darchadan foydalanib o'rnatib olish mumkin. Boshqarish faqat apparatli bo'lsa, Volume siljitkichini boshqarib bo'lmaydi. Bu erda tovushli faylning ifodalanishida balandlik bilan va tembrni o'rnatish uchun Volume control mikseridan foydalanish mumkin. Tovushli fayllar Sound Recorder dasturi bilan bir qatorda Media Plaer dasturi bilan ifodalanishi mumkinligini bilib qo’ygan yaxshi.


Tovushli fayllarni o’zgartirish


Sound Recorder dasturi tovushli fayllarni tahrirlash, ularga nisbatan maxsus effektlarni qo’llash va nihoyat, parametrlarni o'zgartirish imkoniyatini yaratadi. Bu amallarni bajarish uchun mo'ljallangan buyruqlar tavsiyanomaning File (Fayl), Edit (Pravka) va Effects (Effekti) bandlariga kiritilgan.
Tovushli fayl bilan ishlash uchun uni ochamiz. Bu amal odatdagi usul bilan bajariladi. Endigina yozilgan fayl ham ochilgan deb hisoblanadi. Bajarilgan o'zgartirishlar yo'qolmasligi uchun ularni Save (Soxranit) yoki Save as (Soxranit kak) buyruqlari bilan saqlab qo’yish lozim.
Tavsiyanomaning Edit (Pravka) bandidagi buyruqlar tovushli faylda quyidagi tuzatish amallarini bajarish imkonini beradi:

Yüklə 57,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin