Mavzu: Musobaqa nizomi



Yüklə 21,69 Kb.
səhifə2/2
tarix30.04.2023
ölçüsü21,69 Kb.
#126085
1   2
6-mustaqil ish

1. Musobaqa nomi
2. O‘tkazish vaqti va joyi
3. Hakamlarning soni va ish haqi
4. Qatnashuvchilar soni (shu jumladan boshqa shaharlardan kelganlar) ularni joylashtirish, ovqatlantirish va yo‘l harajatiga ketadigan mablag‘. 5. Musobaqa o‘tkazish joyini ijarasi.
6. Mehmonxona ijarasi.
7. Musobaqa o‘tkaziladigan joyni badiiy bezatish uchun ketadigan harajat.
8. Afisha, dasturlar, qaydnomalar va yozish-chizish uchun kerakli qog‘oz, qalam, ruchka va shu kabilar harajati.
9. Diplom, esdalik sovg‘alar, mukofotlar va shu kabilarga sarf bo‘ladigan harajat. Transportga ketadigan harajat.
10. Xizmat ko‘rsatuvchi hodimlar uchun harajat (ishchilar, farroshlar, tibbiy hodimlar).
Yirik musobaqalarni o‘tkazish uchun, barcha tadbirlarni bevosita musobaqa o‘tkazadigan joyda 5-7 kishidan iborat tashkiliy qo‘mita tashkil qiladi. Uning vazifasiga musobaqa o‘tkaziladigan joyni tanlash va jihozlash, asbob-anjomlarni tayyorlash, trenirovka va joylashish joylarini aniqlash, ovqatlanishni tashkil qilish, kotiblarni komplektlash, musobaqa oldidan xabar berish kiradi. Musobaqadan oldin xabar berish gazeta, radio, televidenie orqali musobaqa o‘tkaziladigan joy, vaqt va qatnashchilar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Afishalarni, dasturlarni, qatnashchilar uchun chiptalarni oldindan tayyorlab qo‘yish kerak. Musobaqa o‘tkaziladigan joy shiorlar, plakatlar, jadvallar bilan chiroyli bezatilgan bo‘lishi kerak. Uning yonida qatnashchilar va hakamlar uchun xona, issiq suvi bor dush, shifokorlar xonasi bo‘lishi lozim.
Musobaqa o‘tkaziladigan joy radiolashtirilgan bo‘lishi kerak. Yuqorida qayd etilganlarni bo‘lishi musobaqalarni muvoffaqiyatli o‘tkazilishiga kafolat beradi.
Musobaqa qatnashchilari bilan o‘tkaziladigan ishlarga quyidagilar kiradi:
 qatnashchilarni qabul qilib olish va joylashtirish;
 musobaqaga qo‘yish uchun tayinlangan mandat komissiyasining ishi;
 vakillar maslahati;
 hakamlar kollegiyasining maslahati.
Qatnashchilarni qabul qilish va joylashtirishga tashkiliy qo‘mita vakili rahbarlik qiladi. Agar qatnashchilar biron-bir sababga ko‘ra kutib olinmasa, aeroportda va temir yo‘l vokzalida ular, ya’ni mehmonlar, qaerga kelishi lozimligi to‘g‘risida, e’lonlar bo‘lishi shart. Musobaqada xizmat qiladigan hakamlar musobaqa qatnashchilaridan alohida joyda joylashtirilishi kerak.
Musobaqaga qatnashish uchun qo‘yish masalasi nizomga muvofiq mandat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Musobaqaga qo‘yish javobgarligini o‘z zimmasiga bosh hakam, musobaqa bosh vrachi va mandat komissiya vakili oladilar. Musobaqalarda basketbol rasmiy qoidalariga rioya qilinishi lozim.
Sport musobaqalari o‘ziga xos faoliyat bo‘lib raqiblarning harakatini tartibga solishda katta rol o‘ynaydi, ularning ayrim qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solishtirib ko‘rishga va jismoniy sifatlarni maksimal darajada namoyon bo‘lishini musobaqa davomida harakatlanishni maksimal darajada ta’minlashga imkoniyat yaratadi. Sport hozirgi ko‘rinishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlariga ega:
1) Sport musobaqalar faoliyatida, raqobat darajasini ketma-ket yutuqlarga bo‘lgan talablarini ortib borishi, sport musobaqalarining tizimiga asoslanib tashkil etiladi (yuqori ringga quyi musobaqalarda qatnashganlar qo‘yiladi yoki pastdan yuqoriga).
2) Musobaqalarda bevosita bajariladigan harakatlarning, boshqarilish sharoitlarini va yutuqlarini baholash usullarini tenglashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu tenglashtirish musobaqalar o‘tkazishning umumiy me’yorlari sifatida muayyan qoidalar bilan mustaxkamlanadi.
3) Musobaqalashuvchilarni xatti-xarakatlari raqobat tamoyillariga muvofiq tartiblashtiriladi. Sportchi tanlab olgan turidagi ko‘rsatkichlarni, individual holda o‘z imkoniyatlariga qarab namoyish qiladi. Bu natijalar yo jismoniy g‘alabani yoki raqibni yutish (ballarda, gollarda, ochkolarda va x.k.) natijasini yaxshilash uchun vaqt birligida, masofada, og‘irlikda belgilanishi mumkin.
Yüklə 21,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin