SIMLARDA ELEKTR ENERGIYASINI UZATIS’DA KUCHLANISHLARNING TUSHISHI Elektr energiya iste’molchiga simlar orqali uzatiladi. Simlar qisqa bulganda ularning qarshiligini e’tiborga olmasa xam buladi. Simlar uzun bulganda ularning qarshiligini e’tiborga olish kerak, chunki tok utganda, ularda kuchlanishning tushishi katga bo’ladi :
Bu yerda: l - liniyaning uzunligi (м), p - simning solishtirma qarshiligi formula S - simning ko’ndalang kesimi (мм2).
Liniyaning boshi va oxiridagi kuchlanishlar farqi liniyadagi kuchlanishning pasayishiga teng bulib, yuqotilgan kuchlanish deyiladi, ya’ni:
Liniyaning boshidagi kuchlanish U1, uzgarmagan paytda liniyaningtiridagi kuchlanish U2tokka bog’liq, bo’ladi. Liniyadagi tok qancha katta bo’lsa, kuchlanishning tushishi ∆U shuncha katta bo’lib, liniyaning oxiridagi kuchlanish U2 ni kamaytiradi:
Iste’molchilarda kuchlanishning uzgarishi ruxsat berilgan doirada bo’lishi kerak.
Kichik quvvatli iste’molchilar (yoritgichlar) uchun yuqotilgan kuchlanish —2,5, +5%, katta quvvatli iste’molchilar (dvigatellar) uchun ±5% dan yuqori bo’lmasligi kerak.
Agar yuqotilgan kuchlanishning ruxsat berilgan miqdori ma’lum bo’lsa, formuladan foydalanib liniyasimining zarur bo’lgan kundalang kesimini aniqlash mumkin:
Liniyaning foydali ish koeffitsiyent:
Bunda: Р1— liniyaning boshidagi kuvvat, Р2 — liniyaning oxiridagi quvvat. ∆P=1∙∆U— liniyada yuqotiladigan quvvat.
Shunday qilib, liniyadagi tok ortishi bilan kuchlanishning tushishi xam ortadi. Foydali ish koеffitsiyenti esa kamaya borar ekan.
MURAKKAB ELEKTR ZANJIRLARNI XISOBLASH Oldingi mavzularda oddiy uzgarmas tok elektr zanjirlari bilan tanishgan edik. Ko’pincha bu zanjirlar bitta tok manbaidan va bir necha qarshilikdan (iste’molchilardan) tashkil toptan bo’ladi. Amalda bir necha tok manbalariga ega bo’lgan murakkab elektr zanjirlar ko’prok, uchraydi. Bu zanjirlarni xisoblashda xar xil usullar qo’llaniladi.
1. Superpozitsiya yoki ustma-ust quyish usuli. Bu usul ishlatilganda zanjirning xar bir shaxobchasidagi tok mustaqil ravishda ishlovchi manbalar xosil qilgan toklarning algebraik yigindisi sifatida aniqlanadi.
Rasmda keltirilgan sxemani qurib chiqamiz. Zanjirda bitta birinchi manba mavjud bulganida zanjirdagi tok quyidagicha aniqlanadi:
Bu tokning yunalishi YE1 EYUK ning yunalishi bilan bir xil buladi. Zanjirda bitta ikkinchi manba mavjud bulganida zanjirning toki kuyidagicha aniklanadi:
Bu tokning yunalishi E2 EYUK ning yunalishi bilan bir xil buladi. Agar manbalarning EYUK lari bir xil yunalgan bulsa, zanjirdagi umumiy tok:
.
Agar manbalarning EYUKlari karama-karshi yunalgan bulsa, zanjirdagi umumiy tok:
Agar E≠ E2 bulsa, zanjirdagi umumiy tokning yunalishi katta EYUK ning yunalishi bilan bir xil buladi.