Mavzu: Mustaqillik yillarida O'zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarning qayta tiklanishi


Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarning qayta tiklanishi



Yüklə 87,9 Kb.
səhifə2/4
tarix02.12.2023
ölçüsü87,9 Kb.
#137079
1   2   3   4
Mustaqillik yillarida O\'zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an\'analarning qayta tiklanishi.

2. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarning qayta tiklanishi.
Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon Hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayram sifatida nishonlanishi, Navro‘z umumxalq bayrami xalqimiz hayotidan mustahkam o‘rin olganligi,har yili vatandoshlarimiz haj va umra safarlarini ado etayotganligi, mustaqillik yillarida masjid va madrasalar, qadamjolar ta'mirlandi.
Tarixdan ma'lumki, X asrning ikkinchi yarmi va XI asr boshlarida Xorazmda vujudga kelib keng faoliyat ko‘rsatgan mashhur Ma'mun akademiyasi ilm-fan ravnaqiga ijobiy ta'sir etgan ilm maskanlaridan hisoblangan. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Mansur ibn Iroq singari ilm peshvolari ham dastlab shu fan maskanida ulg‘ayib, kamolot bosqichiga ko‘tarilganlar.
Shuningdek, IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksalib, hozirgi zamon fanining ko‘plab tarmoqlari va yo‘nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, jo‘g‘rofiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning tamal toshi tom ma'noda shu davrda qo‘yildi.
Shu o‘rinda jahon fani va sivilizasiyasiga hissa qo‘shgan Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850), Ahmad al-Marvoziy (780-880),Ahmad al-Farg‘oniy (797-865),Abu Nasr Forobiy (873-950), Abu Bakr Muhammad Narshahiy (899-959), Abu Abdulloh Xorazmiy (vafoti 997y), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Bakr al-Xorazmiy (935-993),Abu Ali ibn Sino (980-1037), Ismoil Jurjoniy (1042-1136), Mahmud az-Zamahshariy (1075-1149), Burhoniddin Marg‘inoniy (1123-1197), Mahmud Chag‘miniy (XII-XIII asr boshlari) kabi buyuk allomalarimizlarni alohida ta'kidlash o‘rinlidir. Bu ulug‘ zotlar nafaqat ma'lum bir sohaga doir fundamental bilimlar balki, inson kamoloti, ma'naviyati, komillik sari intilib yashash eng ezgu fazilatlardan ekanligi kabi g‘oyalari bugungi kunda ham ma'naviy yetuk insonni shakllantirishda, ma'naviyatni yuksaltirishda juda ahamiyatlidir.
Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy, ma'naviy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan.
O‘rta asr Sharq allomalarining qoldirgan boy ma'naviy merosining ahamiyati nafaqat mamlakatimizda balki, jahon ilm-fanining rivoji uchun ham asos bo‘ldi. Ulug‘ mutafakkir va allomalarimiz qoldirgan merosining ahamiyati faqatgina ilm, fan sohasida emas balki, ma'naviyat, tarbiya borasidagi konseptual qarashlari o‘zbek xalqining asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan merosi, bebaho xazinasidir.
Shuningdek, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‘bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshirildi.
Milliy-ma'naviy tiklanishimiz borasidagi amalga oshirilgan muhim nazariy va amaliy ahamiyatgi ega bo‘lgan ishlar qatoriga yana quyidagilarni qo‘shish lozim bo‘ladi:
a) milliy-ma'naviy tiklanishimizning ilmiy nazariy konsepsiyasini ishlab chiqilganligi va istiqbolda ma'naviy taraqqiyotimizning XXI asrdagi vazifalarini belgilab berilganligi;
b) milliy-ma'naviy tiklanishning mamlakatimizning totalitarizmdan Demokratik jamiyatga o‘tish sharoitidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslab berilganligi va uning faqat milliy, ijtimoiy-ma'naviy tafakkurimizda emas, shuning bilan birga umumijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotida yangi yo‘nalish boshlab berganligini ham ta'kidlash lozim bo‘ladi.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta'minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz maxluqotga xos, ma'naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma'naviyat odamning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Yuqorida aytganimizdek, ma'naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul.
Ma'naviyat ko‘proq inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu ma'noda ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo‘q.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda yoshlarga avvalo O‘zbekistonda erkin demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda mustaqil va erkin fikrlay oladigan, barkamol, yetuk ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega yoshlarni shakllantirishga alohida e'tibor va g‘amxo‘rlikko‘rsatib kelinayotganligi, komil insonni shakllantirish masalasi barcha davrlarda ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilganligi, xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal (harakat) dan iborat ekanligi ta'kidlansa, islom ta'limoti g‘oyalariga ko‘ra yetuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo‘lish kabi g‘oyalar asosida ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish zarur hisoblanadi.
Xullas, bugungi globallashuv davrida sharq mutafakkirlarining ilmiy merosini o‘rganish, tadqiq etish barkamol, ma'naviy yetuk, intellektual salohiyatli, bilimli yoshlarni tarbiyalash va kamol toptirishda, ularni yot ta'sirlardan asrab-avaylashda ulkan ahamiyatga egadir. Buyuk mutafakkirlarimizning jahon ilm, fan va taraqqiyotiga qo‘shgan bebaho hissasini teran anglash, olim va mutaxassislarning hamkorligini, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod, talaba va yoshlarning o‘zaro ilmiy – ijodiy aloqalarini kengaytirish dolzarb va muhim ahamiyatga egadir.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo’lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi.
Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin.Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar - qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobalarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish - bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda.
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo’shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo’yicha nishonlandi, asarlari nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag’ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Prezident Farmoni bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag’ishlangan tadbirlar O’zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida o’tkazildi. YUNESKO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir Temurga bag’ishlangan madaniyat haftaligi, “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida xalqaro konferensiya va ko’rgazmalar bo’lib o’tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo’yildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog’liq tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi.
1999 yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000 yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga xizmat qilmoqda.
Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari chop etildi. Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui, “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro’z qayta tiklandi, bu kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi.
Musulmonlar O’zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg’armasi jamiyatning ma’naviy- ma’rifiy ravnaqi yo’lida xizmat qilmoqda.
Respublikada 16 diniy konfessiya ro’yxatga olingan va rasman faoliyat ko’rsatmoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O’zbekistonda yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari o’zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari, sinagoglar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. 10 dan ortiq diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1999 yilda Toshkentda Islom Universiteti ochildi.

Yüklə 87,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin