Mavzu: muzeyshunoslik faniga kirish


Mavzu: Osiyo va Afrika muzeylari tarixidan



Yüklə 176,5 Kb.
səhifə11/16
tarix26.11.2023
ölçüsü176,5 Kb.
#136142
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
download-edfiles-9608

Mavzu: Osiyo va Afrika muzeylari tarixidan.
Reja:

  1. Osiyo mamlakatlari muzeylari.

  2. Afrika xalqlari muzeylari.



1. Osiyo mamlakatlari muzeylari.
Osiyo muzeylari haqida materiallar bor, ammo Afrika muzeylari haqida materiallar juda oz. Demak, Afrika muzeylari haqida batafsil tushuncha berish qiyinlashadi. Afrika uzoq yillar davomida rivojlangan davlatlar mustamlakasi bo’lib keldi. Dastavval Frantsiyani, keyinchalik Germaniya mustamlakasi bo’lib keldi.
Osiyo va Afrika tarixiy yodgorliklari, madaniyati, san’ati o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Bu erlarda din faqat xristianlar dinidan tashqari musulmonlar, ya’ni islom dinidagilar, buddaviy diniga sig’inuvchilar juda ko’plab yashaydilar.
Osiyo va Afrika tarixiy yodgorliklari, muzeylari haqida qisqa tushuncha beriladi.
Dastavval bizga yaqinroq joylashgan mamlakatlar haqida, ya’ni muzeylari haqida tushuncha berish kerak. Undan tashkari Evropa ham Osiyoda joylashgan Rossiya yodgorliklari, muzeylari haqida gapirish ma’qul.
Osiyoda buddaviylik dini ham, xristianlik va islom dinlari mavjud. Ayrim davlatlardagi xalqlar 2-3 xil dinga sig’inadi. Osiyo uch xil dinning vatani, barcha dinlarning ona yurti hisoblanadi.
Miloddan avvalgi V asrda Buddaviylik (Buddizm) Xindistonda Siddhartxe Gautama buddaviylikning birinchi shakli Shakyamun paydo bo’ldi. Keyinchalik Braxmanizm, Daosizm, Induizm shakllari paydo bo’ldi.
Buddaviylik Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi I asrda Termiz buddizm markazi, keyin Zardushdiylar (otashparastlik) markaziga aylandi.
Falastin poytaxti Kuddus. Izroilda I asrda Iso payg’ambar dunyoga keldi. «Injil», «xushxabar» kitobi vujudga keladi. Xristianlardan, episkoplik, ruxoniyliklar vujudga keldi. Injil xristianlikni muqaddas kitobi hisoblanadi. 40 tacha muallif tomonidan 1500 yil davomida Bibliya-Injil, yaratildi.
Suadiya Arabistoni Al-Riyad poytaxti hisoblanadi.
VII asrda Muhammad Alayxissalom islom diniga asos soldi. Muhammad payg’ambarning ona yurti bo’lganligi tufayli dunyoga mashhur Makka va Madina shaharlari eng mu’tabar, muqaddas shaharlar hisoblanadi.
Madinadagi Muhammad payg’ambar qabri har yili minglab musulmonlar tomonidan ziyorat qilinadi, Xaj qilinadi.
Poytaxt Ar-Riyadda va Djidda, Daxron shahrida xalqaro aeroportlar mavjud. Bu shaharlar go’zal va kurkam. Misr (Afrika) bilan Saudiya Arabistoni (Osiyo) ni Suvaesh kanali, Kizil dengiz ajratib turadi. Osiyo muzeylari shularni ko’rsatadi.
Buddaviylik dini miloddan avvalgi V asrda Xindiston, Xitoy, Koreya, Yaponiyada vujudga keldi.
Xozir budadviylik diniga 86 davlat va 700 mln xalq e’tikod qiladi va sig’inadi.

Xindiston - poytaxti Dehli. Eramizdan avvalgi ibodatxona ustunlari davlatning kuch kudrati hisoblangan. Barcha tosh ustunlar ustida 4 ta Sher xaykali ishlangan. Shu xaykal Xindistonni gerbi qilib olingan. Ibodatxona darvozasi toshdan uyib ishlangan. Dexli 1447 yildan Xindiston poytaxti bo’lib hisoblanadi. 1803 yilda Angliya Xindistonni bosib oldi. Xindistondagi kutubxona minorasi XIII asrda qurilgan. Lal-Kila qasri va Sbornaya machitlari XVII asrda qurilgan. Kalkutta. Fort Uilyam kasri 1696 yilda Kalkutta universiteti 1857 yilda tashkil qilingan. Agra shahri Tojmahal majmuasi bilan mashhur. Shoxjahonning rafikasi Mumtoz mahalning xotirasiga atab oq marmardan qurilgan 5 gumbazli maqbaradir. Uning balandligi 74 metr rangli toshlardan rasmlar solingan, yonida 4 ta minor va bog’ yaratilgan. U 1630-52 yillarda kurib bitkazilgan. Tojmahalning qurilishi kuyidagicha ta’riflanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur nabirasi Jaloliddin Muhammad Akbarning Xindistonda xukmronligi 1556 yil 14 fevralda 13 yoshida boshlandi. Akbar 1540-55 yil Shimoliy Xindistonni, 1557 yil Panjob viloyatini, 1560 yil Rajpur viloyatini, 1563 yil Gujorat viloyatini, 1586 yil Kashmir, Sind, Qandaxor viloyatlarini bosib oldi. Yagona Xind davlatini tuzdi. Xindiston davlat arbobi Djovharlal Neru; «Akbar buyuk shox va ajoyib inson…» Akbar haqiqiy donishmand edi. Akbar Xindistonning 70 foiz xududini birlashtirdi.


Akbar shoxning nabirasi Shoxjahon (Akbarning o’g’li Jahongirning o’g’li) 1591 yil Loxur shahrida tug’ilgan. 1628 yilda Agra shahrida taxtga o’tirdi. Shox Jahonning bosh qo’mondoni Osafxonning 1593 yil Xindistonda tug’ilgan qizi Arjumandbonu 1612 yil 19 yoshida 21 yoshli Shox Jahonga erga berildi. 1631 yil oxirida Shoxjahon dunyoning mashhur me’morlarini yig’ib, Mumtozmahal majmuasi loyihasini tayyorlashni buyurdi. Loyihalar ichidan Turk me’mori Muhammad Iso Afandining loyihasi tanlab olinadi. Tojmahal majmuasi qurildi. Uning maydoni 4 burchakli bo’lib, uzunligi 579 metr, eni 305 metr. Maydon markazida tomonlari 296 metrli 4 burchak bog’ yaratildi. Maydon atrofii qizil toshli devor bilan o’raldi. Bog’ning shimolida Tojmahal maqbarasi, janubida yordamchi imoratlar jiloxona yaratildi. Jiloxonaning uzunligi 186 metr, eni 137 metr. 1653 yil qurilishlar tugadi. Jiloxonadagi 128 imoratdan 76 tasi butun, qolganlarini ta’mirlash mumkin emas. Jiloxonada Mumtozmahalning yaqin kanizagi Satiunnisoning maqbarasi bor. Janub darvoza oq marmardan eni 46 m, balandligi 30 m, kiraverishdagi arkning balandligi 20 m.
Turkiya poytaxti Istambulda ham tarixiy joylar, muzeylar mavjud. Jumladan, Nozik san’at muzeyi, Turk va musulmon san’at muzeyi, arxeologiya muzeyi, Bosfor bo’g’ozi ko’prigi (Evropa va Osiyoni bog’laydi) deyish mumkin.
Istambul eramizdan avvalgi 660 yilda Vizantiya, so’ngra Rim poytaxti sifatida asoslanadi. Konstantinopolga 1453 yilda Istambul nomi berildi. O’rta asr Islom masjidlari, universitetlar mavjud. Turkiyaning Anqara, Istambul, Izmir shaharlari juda go’zal shaharlardir.
Afg’oniston poytaxti Qobul ham go’zal shaharlardan hisoblanadi. U erda Bog’i Bobur, 17-asrga oid Shoxjahon masjidi bor. Bundan tashqari Mazori Sharifi, Xirot, Kandaxor shaharlari o’zlarining machit, madrasalari bilan, tarixiy yodgorliklari bilan go’zal.
Islom respublikalaridan biri Pokistonning poytaxti Ravallinddir. Pokistonda VIII asrda Islom dini qabul qilindi. XIX asrda Pokistonni Angliya bosib oldi. 1947 yil Pokiston mustaqillikka erishdi. 1965-71 yillarda Xindiston-Pokiston urushlari bo’lib o’tdi. 1971 yil Sharkiy Pokistonda Bangladesh davlati tuzildi. Pokiston agrar davlat hisoblanadi. Karachi, Laxor, Dakka, Xaydarobod shaharlarida tarixiy yodgorliklar ko’p.
Poytaxti Tehron bo’lgan Eron mamlakatida ham go’zal joylar ko’p. XVIII-XIX asrga oid Guliston saroyi, 1894 yilda qurilgan badiiy muzey, teatrlar, Isfaxon, Axvaz kabi go’zal shaharlari mavjuddir.
Xozirgi kunda Bag’dod poytaxti hisoblangan Iroqda XIII asrga oid Zubayda maqbarasi, Mustansiriya madrasasi, Muso al-adin maqbarasi, XVI asrga oid Olitn machit, Bab al-Vastan darvozasi bor. Iroqdagi muzeylar juda boy muzeylar hisoblanadi. 1994 yil Bag’dodda Prezident Salddam Xusaynga berilgan sovg’alar muzeyi ochildi. Bu erda kimmatbaho buyumlar, narsalar qo’yilgan. Muzeydagi katta xajmdagi «Qur’on» Sadam Xusayn koni bilan yozilgan.
Mongoliya davlatining poytaxti Ulan-Bator. Bu davlat agrar mamlakat hisoblanadi. Bu erda XIII asrda Chingizxon davlati tuzildi.
Biz tarixdan bilamizki, Xitoyda «Ulug’ Xitoy devori» mavjud. Bu devor mamlakatni dushmanlardan himoya qilish maqsadida qurilgan. Uzunligi 4000 km, qalinligi 4-5 metr.
Tarixchi Sima Tsyan «Tarixiy yodnomalar» kitobida Xitoy tarixini ko’rsatib o’tgan. Unda yog’ochdan solingan imoratlar, tosh, marmardan qilingan xaykallar, ajdarlar, xayvonlar, sopol xaykallar haqida ma’lumotlar berilgan.
Xitoyning poytaxti Pekin hamda Tentszin, Syuichjou, Shanxay, Chjanchjou, Taytsyuan, Slan va boshqa shaharlari go’zal yodgorliklarga boy.
Xitoyning janubiy-sharkida Tibet avtonom rayoni mavjud. Tibet xudolar shahridir. Bu erda Buddaviylar dini xukm surmokda.
Yaponiya poytaxti Tokio bo’lib, 12 mln aholisi bor. Tokioning eski nomi Edo bo’lib, 1869 yilda Tokio nomini olgan. Bu erda XVII asrga oid kanon Budda ibodatxonasi, XIX asrga oid Meydzi ibodatxonasi va Yakusukuni ibodatxonasi, shoxlar saroyi, XV asrga oid Edo qasri qurilgan. Bu erda 30 dan ortiq muzeylar bor.
1945 yil 9 avgustda Yaponiyaning Xerosima va Nagasaki shaharlari AQSh tomonidan bombardimon qilingan. Shahar qaytadan tiklandi. Bu erlarda ham XVI asrda qurilgan Suva Budda masjidi, XVII asrga oid Sofkudzi Budda machiti, Kofukudzi va Meganebasi Budda machitlari barpo etilgan.
Janubiy Koreyada ham ko’pgina kasrlar, saroylar, maydonlar barpo etilgan. Masalan, Pachada Xyonmyotxan xrami, Kyonbokkun saroyi.
Liviya poytaxti Tripoli. Bu erdagi tarixiy joylar: Marka avreliya g’alaba darvozasi, machitlar, o’rta asr arxeologiya muzeyi, «Kastello» saroyi.
Ozarbayjon poytaxti Boku. Bu erda Boku qal’asi yoki ichkari shahar, Shirvanshox saroyi, Sinik qal’a minorasi, Qizlar minorasi, Biolov tosh saroylari qad ko’targan.
Tataristonda ham juda ko’p tarixiy yodgorliklar kad ko’targan. Jumladan, XVI-XVIII asrlarga oid Kreml xonliklar o’rdasi, Suyumbek minorasi, XVIII asrga oid Petropavlovskiy sobori (xozirgi Rejaetariya) Mardjoni machiti, XIX asrga oid Qozon universitetini aytib o’tish mumkin.
Shular qatorida Turkmanistonni ham tilga olib o’tish lozim. Uni tilga olganda Sulton Sanjar mavzoleyi, gumbazli, dekarativ gullar, buyoqlarni ham aytib o’tish lozimdir.
Tojikistondagi tarixiy yodgorliklardan XVII-XVIII asrga oid Xodjentdagi Shayx Muslekod - din maqbarasini hamda Kulobdagi Mir Said Hamadoni maqbarasini (XIV- XVII asr) bilamiz.
Afrika qit’asi uzoq yillar rivojlangan yirik mamlakatlarning, ya’ni Angliya, Frantsiya, Germaniya, Amerika kabi davlatlarning mustamlakasi bo’lib keldi. Natijada mustamlaka Afrikada madaniyat, san’at, adabiyot sekin-asta usdi.
Shimoliy Afrikadagi Jazoir, Misr kabi mamlakatlar eski tarixiy yodgorliklarga ega.
Jazoir poytaxti Aljir bo’lib, u ancha vaqtgacha arablar, frantsuzlar, turklar koloniyasi bo’lib keldi. 1962 yili Aljir mustaqil davlatga aylandi. Mustaqillikka erishgan Jazoirda turli-tuman binolar ko’payib bordi. Aljirda kasaba saroyi, Katta machit va minoralar qad ko’targan.
Misr davlati o’zining piramidalari bilan butun dunyoda nom kozongan. Eng katta piramida Xeops piramidasi bo’lib, eramizdan avval 2600 yil ilgari qurilgan. Uning balandligi 150 metrga yaqin bo’lib, u dunyodagi 7 mo’jizalardan biridir. Ulkan Sfinks (odam boshli sher) xaykali bo’lib, balandligi 70 m.
Fivada Bosh ibodatxona mavjud bo’lib, ustunlari 23 metr keladi. Bu ibodatxonada xudolarning rasmlari, masalan, quyosh xudosi - Ra tasvirlangan. Saxro xudosi - Set, ekinlar xudosi - Osipis. Eng ulug’ xudo - Fir’avn hisoblangan. Fir’avnlar o’zlariga atab piramidalar qurdirganlar, xaykallar qurdirganlar. Xaykallar 12-15 metrdan iborat. Fir’avn xaykallari Bosh ibodatxonalar oldiga o’rnatilgan.
Eramizdan avvalgi III asrda Nil deltasida Aleksandr Makedonskiy Aleksandriya (Iskandariya) shahrini qurdirdi. Shahar oldi orasida 120 metr balandlikda qilib Mayak qurildi. Kechalari kemalar uchun yo’l ko’rsatadi. Nil qirg’og’ida Fir’avn Ramzes II ning xaykali qurilgan bo’lib, balandligi 30-35 metrdan iborat.
Misr poytaxti Qohirada ham Memfis muzeyida 13 metrli Ramzes II ning xaykali mavjud. Abu-Simbel saroyidagi xudolar xaykali 27 m, ya’ni 10 qavatli uylar bilan barobar. Xaykallar boshiga toj kiydirilgan. O’tirgan xolatda taxtga o’tkazilgan xolatda qurilgan. Tibetda xudolar shahridagi xaykallar ham juda katta.
Misrda juda ko’p muzeylar, katta-katta portlar mavjud. 1881 yilda qurilgan Islom san’ati muzeyini misol qilishimiz mumkin. Bu muzey 1952 yilgacha Arab san’ati muzeyi deyilib kelgan. Bundan tashkari o’rta asrlar san’ati muzeyi, Eron-Turk san’ati muzeyini ham bilamiz.
1879 yilda Misrni Angliya bosib oldi. 1952-56 yillarda Angliya qo’shinlari, ya’ni inglizlar Misrdan chiqarib yuborildi. 1956 yilda misrliklar Angliya, Frantsiya kabi davlatlarning xujumlarini qaytardilar.
1958 yilda Misr va Suriya birlashib - Birlashgan Arab Respublikasini tuzdilar. 1961 yil Suriya ajralib chikdi. 1971 yildan boshlab Misr Arab Respublikasi deyiladi.
Bu erda Aleksandriya porti, Said porti, Suetsk kanali eng go’zal joylardan hisoblanadi.
Tunis davlati ham 1956 yilda mustaqil bo’ldi. Tunisda ham go’zal joylar juda ko’p. Milliy muzey, Bordo milliy muzeyi, Islom san’ati muzeyi, darvoza, saroylar, maschitlar, madrasalar, devorlar shular jumlasidandir.
Dominikansk Respublikasida ham XVI asrga oid Syudad Truhilo, Terredem Omenaxe minorasi, Diego Kolumbo kasri, soborlar ham mavjud.

Yüklə 176,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin