Mavzu: muzeyshunoslik faniga kirish


MUZEYSHUNOSLIK YOKI MUZEOLOGIYA FANI



Yüklə 176,5 Kb.
səhifə2/16
tarix26.11.2023
ölçüsü176,5 Kb.
#136142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
download-edfiles-9608

MUZEYSHUNOSLIK YOKI MUZEOLOGIYA FANI.

  1. Muzeylar tarixini.

  2. Ularning siyosiy ijtimoiy faoliyatini.

  3. Ularning nazariy va uslubiy taraqqiyot qonunlarini o’rganadi.

Muzeylar barcha ma’naviy va ma’rifiy ilm o’chog’i sifatida doim taraqqiyotda, rivojlanishda va o’zgarishda.


I.Karimov A.Temur tarixiy davlat muzey haqida shunday deydi: «Bu muzeyda bizning o’tmishimiz ham. bugungi kunimiz va buyuk istiqbolimiz ham bamisoli ko’zguda aks etganidek namoyon bo’ladi».


Muzeyshunoslik fanining xususiyatlari.
1. Muzeyshunoslik fani ham sizlarning asosiy fanlaringiz qatoriga kiradi. Ushbu fandan ma’ruzalar xozircha 24 soat, amaliy mashg’ulotlar 22 soat o’qitiladi. Ushbu fandan xozircha darslik dasturlar oz, yaqin kunlarda dastur va darsliklar, qo’llanmalar bo’ladi.
2. Muzeyshunoslik fani boshqa fanlardan tubdan farq qiladi. Bu fanda bizlar ozroq eshitamiz, ko’proq ko’ramiz va o’z xulosalarimizni beramiz, ko’proq munozaralardan tortishuvlarda, diskussiyada bulamiz.
3. Insonda eshitish madaniyati har xil bo’lganidek, ko’rish va esda saqlash qobiliyati ham har xil. Ammo ko’rilgan narsa va voqealar uzoq esda saqlanadi.
Muzeyshunoslik fanida voqea va xodisalar ozroq gapirib, ko’proq ko’rsatiladi namoyish qilinadi. Yana bu fanda ko’rgazmachilik ko’proq va kuchli bo’ladi. Talabalar tarixiy voqealarni ko’rgan sari yana ko’rgilari kelib, qiziqishlari, yuksalib boradi.
Ana shunday qiziqish asosida ushbu fandagi ko’plab mavzular keng va chuqur o’rganilib boriladi.
Muzeyda ishlash ancha osonroq.
Ayniqsa, xotin-kizlar uchun osonroq. Muzey xodimlari o’z ustilarida ishlashlari zarur, busiz muzeyda ishlab bulmaydi. Xodimlar o’z ustilarida tinimsiz ishlab o’z bilim darajalarini oshirib borishlari kerak.
Muzey xodimlari tarixni chuqur biladigan sayohatchilar rahbari, etakchisi bo’lishlari kerak.
Muzeylarda ishlash maktablarda ishlaganidan ko’ra engilroq bo’lib tuyuladi.
Ammo muzeylar ko’proq ilmiy ishlarni, ijodkorlikni talab qiladi. Yana muzey xodimlari mavjud xujjatlar asosida aniq ilmiy ishlar bajarishlari shart.
Sizni ilmiy ishlaringiz muzey fondlarini boyitadi, ko’p masalalarga aniqlik kiritadi. Yangi eksponatlar paydo bo’ladi.
Kechagi, o’tgan xaftada, o’tgan oydagi, o’tgan yilgi voqealar tarix saxifalariga yozilib, muzey fondlarini ham boyitib borishlari mumkin. Ayniqsa yirik voqealar, katta qurilishlar, katta asarlar muzeylarda o’z tasvirini topishlari kerak.
Muzeyshunoslikning yana o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu fan kishida estetik qarashlarni tezda shakllantirib. Inson madaniyatini yuksaltirishda tezkorlik bilan xizmat qiladi. Insonni tarbiyalaydi, etuk shaxs bo’lishiga yordamlashadi. Inson san’atni, rasmlarni, xaykallarni, arxitektura yodgorliklarini sevib boradi.
Muzeyshunoslik insonni xordiq chiqarishga, dam olishga yordamlashadi. Chunki, odam san’at asarlarini ko’rish, o’qish, o’rganishdan xursand bo’lib, hayotdan mamnun bo’lib, optimist, vatanparvar, internatsionalist, ijodkor bo’lib boradi.
Muzeyshunoslik tufayli yoshlar turli narsalarni yig’adigan kollektsionerlar bo’lib boradi, yana rasmlar, kitoblar, she’rlar, markalar, kinoaktyorlar rasmlari, sportchilar rasmlari tuplaydigan va ularni gruppalarga bo’lib o’rganadigan bo’lib boradilar.
Har bir shaxsning nimagadir qiziqishi bo’ladi.
2003 yil 19 fevralda I.Karimov O’zbekiston tarixi davlat muzeyida bo’lib, «Muzey xalq tarixining ko’zgusi ekanligini nazarda tutsak, u shu xalqning farzandlari - kelajak avlod kalbida faxr iftixori tuyg’usini uyg’ota olishi kerak» dedi. «Bizning vazifamiz esa buyuk tariximizni mana shunday ma’rifiy maskanlar yoodamida avlodlarimizga to’laligicha etkazib berishdan iborat».
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida I.Karimov «O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. … bu xaqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur» deydi.
Tarixni chuqur va keng bilish, o’rganishda muzeylarimizning ahamiyati juda katta, chunki muzeylar o’z ekspanatlari, ko’rgazmalari bilan odilona aniq tariximizni ko’rsatadi va tasvirlaydi.
1996 yil 19 oktyabr Toshkent Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishida I.Karimov shunday dedi: «A.Temur xiyoboni go’zal bir o’zuk bo’lsa, bu muzey shu o’zukning yoqut ko’zidur. Bu muzeyda bizning o’tmishimiz ham bugungi kunimiz va buyuk istiqbolimiz ham bamisoli ko’zguda aks etgandek namoyon bo’ladi.»
Demak, muzeylarga bo’lgan qiziqishni, xavasni, intilishni kuchaytirish kerak. Muzeylarni ko’rish, o’rganish, ularni sevish har bir tarixchi, o’qituvchi uchun zarur. Shunday bo’lmasa o’qituvchi quruq xikoyachi bo’lib qoladi, xolos.
O’qituvchi qancha mohir bo’lsa, o’z kasbini sevsa, qunt bilan ishlasa o’quvchilar shu fanni sevadi, o’rganadi va bilimli qadr bo’lib, madaniyatli shaxs bo’lib etishadi. Shundagina ta’lim bilan tarbiya uzviy qo’shib olib boriladi. Ta’lim haqidagi qonun, kadrlar etishtirish to’g’risidagi milliy dastur bizlardan shuni talab qiladi.
Muzeylarni ahamiyati, foydasi, moxiyati juda katta.
Muzeylarni o’rganishdan maksad talabalar bilimini mustahkamlash, konkrektlashtirish, chuqurlashtirish.
- Muxim eksponatlarni chuqur o’rganish.
- Vatanparvar, internatsional bo’lishi.
- Tarixni davrlarga bo’lishni o’rganish.
- Muzeylar tashkil qilishni o’rganish.
- Avlodlar tarixini aniqlashni o’rganish.
- Avlodlar yodgorliklarini kadrlash.
- Madaniy dam olishni o’rganish.
Muzeylarning ahamiyati katta.
- Muzeylar tarixning ko’zgusi. Tarixni ko’rsatadi, aks ettiradi.
- O’tmish, muhit, davr, vaziyat voqealar, hodisalar bir uzun bo’lsa, uning ko’zi muzeydir. I.Karimov.
- Muzey gapirmaydi, ko’rsatadi.
Eshitgandan ko’ra, ko’rgan yaxshi. Xodisalar kishi ko’z oldida gavdalanadi. Shuning uchun kishi kino, teatr, televizorni sevadi, foto albomlarni, rasmlarni sevadi, tuplaydi.
Muzey ilmlarimizni mustahkamlaydi, aniqlashtiradi, ilmni oshiradi.
Muzey inson qiziqishlarini kuchaytirib, ularni ijodiy harakatga, ilmni o’rganishga, ixtiroschilikka tortadi, undaydi, talant yaratadi.
Muzeylar insonni tarbiyalaydi, savodxon qiladi, madaniyatini oshiradi.
Muzeylar insonga madaniy dam beradi. Yuksak rohat bag’ishlaydi. Dam olish bilan ilm orttirish qo’shilib olib boriladi.
2001 yil 22 mayda Toshkent «Shahidlar xotirasi» majmuasida I.Karimov «Biz tariximiz bilan bog’liq bo’lgan me’moriy inshoatlar ko’ryapmiz…, ammo ularning ijtimoiy vazifasini bu joylarda olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarni, tag’ibot-tashviqot ishlarini xali beri o’zimizga to’la tasavvur qilib, ularning ma’naviy, ma’rifiy yo’nalishlarini aniq ishlab chiqqanimiz yo’q. Bu bugungi kunda oldimizda turgan eng dolzarb masalalardan biri - mana shundan iboratdir».
Muzeylarimiz milliy mafkuramizni tag’ibotchisi - tashviqotchisi bo’lishi kerak.
1994 aprel «Ma’naviyat va Ma’rifat» markazi.
1997 avgust «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun.
1997 yil avgust «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».
1997 yil noyabr «Xorazm Ma’mun akademiyasini tiklash».
1998 yil 26 iyun I.Karimov «Tarix xotirasiz kelajak yo’q».
1998 yil 24 iyul Vazirlar Maxkamasining ma’naviy - ma’rifiy ishlar to’g’risiga qarorlari.
1999 yil 2 fevral I.Karimov «Turkiston» gazetasi muxbiri bilan suxbati.
2000 yil «O’zbekistonning yangi tarixi» tarbiyaviy ishlarimizda dastur bo’ladi.

Tarixiy asarlar 4 davrga bo’linadi:



  1. 1917 yilgacha yozilgan asarlar.

  2. 1920-50 yillarda yozilgan asarlar.

  3. 1950-1985 yillarda yozilgan asarlar.

  4. 1985 yil xozirgacha yozilgan asarlar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat cohasidagi bo’limi, 1946 yil tuzilishi bilanok, 1 yil o’tar-o’tmas YuNESKO tashabbusi bilan Muzeylar faoliyatini boshqarish markazi Xalqaro Muzeylar Soveti tuzildi. Sovetning Oliy organi Generali Assambleya har 3 yilda to’rejaadi va jahon muzeylariga taaluqli muammollarni ko’rib chiqadi.


Shunday qilib jahon miqyosida barcha muzeylarga rahbarlik qilish, ular faoliyatini bir markazdan boshqarib borish, nazorat qilish tajribalar almashish yo’lga qo’yilgan.
130 yillik mustamlakachilik davrida yani chorizm va Sho’rolar davrida O’zbekistondagi muzeylar faoliyatiga juda oz e’tibor berildi.
1991 yil haqiqiy mustaqillik davrimizdan boshlab muzeylarimiz faoliyati qayta ko’rilib, ularning moddiy bazalari kengayib, ta’mirlanib, obodonlashtirilib, ularning jamiyatdagi o’rni va roli yanada oshirildi. Muzeylarning faoliyatini yaxshilash va takomillashtirish haqida qator farmonlar, qarorlar qabul qilindi.yangi yangi muzeylar kurishga katta e’tibor berildi va muzeylar orqali haqiqiy odilona tariximizni yaratish, tasvirlash boshlandi. Yani muzeylar tarixida yangi davr boshlandi.
Vazirlar Maxkamasining «O’zbekiston tarixi muzeyi tashkil qilish to’g’risida» gi 1992 yil 21 aprel qarori. Vazirlar Maxkamasining «Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash tadbirlari to’g’risida»gi 1994 yil 23 dekabr qarori.
Vazirlar Maxkamasining «Temuriylar tarixiy davlat muzeyini ochish haqida»gi 1996 yil 14 mart qarori.
1998 yil 12 yanvar «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida» gi Perzident farmoni.
1999 yil 30 aprel 9-may «Xotira va kadrlash kuni» Prezident farmoni.
1996 yil 1-sentyabr Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyining ochilishi sharafiga I.Karimov nutqi.
2000 yil 21 avgustda «Shahidlar xotirasi».
31 avgust «Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni» to’g’risida Prezidentning 2002 yil 1 may farmoni.
2003 yil 19 fevral I.Karimov O’zbekiston tarixi davlat muzeyida bo’lishi katta tashabbusdir.
Ko’rsatilgan qator qonunlar, qarorlar, farmonlar asosida tarix fanini o’qitish, muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash cohasida va O’zbekistonning mustaqillik, erkinlik mafkurasini yaratish va rivojlantirish cohasidan qator aniq ko’rgazmalar berildi.
Shu ko’rgazmalar asosida bizlar ham o’z faoliyatimizni o’zgartirib yaxshilab takomillashtirib berishimiz kerak.
Mashhur shaharlarimizning yubiley to’ylari, buyuk ajdodlarimizning tavullud topgan kunlarini nishonlash kabi tadbiriy choralar ham tarixni o’qitish, muzeylar faoliyatini yaxshilash, shaharlarimizni qayta ko’rib, obodonlashtirishni kuchaytirib yubormokda.
Mustaqillik yillariga buyuk ajdodlarimiz nomini berib, ular faoliyatini chuqur o’rganish va ular asarlarini boshlandi. Yani muzeylar tarixida yangi davr boshlandi.
Vazirlar Maxkamasining «O’zbekiston tarixi muzeyi tashkil qilish to’g’risida»gi 1992 yil 21 aprel qarori. Vazirlar Maxkamasining «Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash tadbirlari to’g’risida»gi 1994 yil 23 dekabr qarori.
Vazirlar Maxkamasining «Temuriylar tarixiy davlat muzeyini ochish haqida»gi 1996 yil 14 mart qarori.
1998 yil 12 yanvar «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida» gi Perzident farmoni.
1999 yil 30 aprel 9-may «Xotira va kadrlash kuni» Prezident farmoni.
1996 yil 1-sentyabr Toshkentda Olimpiya shon-shuxrat muzeyining ochilishi sharafiga I.Karimov nutqi.
2000 yil 21 avgustda «Shahidlar xotirasi».
31 avgust «Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni» to’g’risida Prezidetning 2002 yil 1 may farmoni.
2003 yil 19 fevral I.Karimov O’zbekiston tarixi davlat muzeyida bo’lishi katta tashabbusdir.
Ko’rsatilgan qator qonunlar, qarorlar, farmonlar asosida tarix fanini o’qitish, muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash cohasida va O’zbekistonning mustaqillik, erkinlik mafkurasini yaratish va rivojlantirish cohasidan qator aniq ko’rgazmalar berildi.
Shu ko’rgazmalar asosida bizlar ham o’z faoliyatimizni o’zgartirib yaxshilab takomillashtirib berishimiz kerak.
Mashhur shaharlarimizning yubiley tuylari, buyuk ajdodlarimizning tavullud topgan kunlarini nishonlash kabi tadbiriy choralar ham tarixni o’qitish, muzeylar faoliyatini yaxshilash, shaharlarimizni qayta ko’rib, obodonlashtirishni kuchaytirib yubormoqda.
Mustaqillik yillariga buyuk ajdodlarimiz nomini berib, ular faoliyatini chuqur o’rganish va ular asarlarini chiqarish, ko’rgazmalik haqiqat va adolatni kuchaytirdi. 1991 yil A.Navoy yili, 1993 Axmad Yassaviy yili, 1994 yil Mirzo Ulug’bek yili, 1996 yil Amir Temur yili sifatida nishonlandi va tantanalar bilan o’tkazildi.


Yüklə 176,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin