Mavzu: Nafas olish organlari modda almashuvining buzilishi va tomir kasalliklari. Reja



Yüklə 355 Kb.
səhifə1/2
tarix17.10.2022
ölçüsü355 Kb.
#118346
  1   2
Nafas olish organlari modda almashuvining buzilishi va tomir kasalliklari.


MAVZU: Nafas olish organlari modda almashuvining buzilishi va tomir kasalliklari.
REJA:

  1. Yuqori nafas yo’llari

2. Tashqi nafasning funksional imkoniyatlari
Odatda yuqori, o’rta va pastki nafas yo’llari ajratiladi. Yuqori nafas yo’llariga burun va tomoq kiradi. Chaqaloqning burni nisbatan kichik bo’ladi. Ortqi burun yo’li yo’q. Yuqori va o’rta burun yo’llari kalta va tor (1 mm). Shu sababdan bola burni orqali nafas olganda, havoning o’tishiga qarshilik yuqori bo’ladi. Natijada nafas muskullari kuchliroq qisqaradi va yaxshiroq rivojlanadi. Chaqaloqning og’iz orqali nafas olishi qiyin, chunki uning katta tili hiqildoq usti tog’ayini orqaga surib, havo yo’lini to’sib qo’yadi. Go’dakning tomog’i kichkina va tor.O’rta havo yo’llari hiqildoq, kekirdak, bo’lak va segmentar bronxlardan tashkil topgan. Chaqaloqning hiqildog’i voronkasimon shaklga ega. Unga kirish yo’li katta odamdagiga nisbatan II umurtqa yuqorroq joylashganligi sababli bola emayotgan vaqtda nafas olish yengillashadi. Ovoz yoriqlari tor va IV bo’yin umurtqasiga to’g’ri keladi (katta odamda esa VI umurtqaga). Havo yo’lining bu yerdagi ko’ndalang kesimini yuzasi 25 mm2 ga teng. Uch yoshgacha bo’lgan o’g’il va qiz bolalar hiqildog’ida farq bo’lmaydi. To’rt yoshdan boshlab o’g’il bolalarda uning o’sishi tezlashadi, o’n yoshga borib erkaklardagi singari bo’ladi. Ovoz yorig’i 6-7 yoshgacha torligicha qolaveradi. Kichik bolalarda kalta bo’lgan ovoz boylamlari 12 yashar o’g’il bolalarda qiz bolalarnikidan uzunlashadi. Hiqildoq shaklining o’zgarishi, ovoz boylamlarining uzunlashishi natijasida o’smir o’g’il bolalarning ovozi yo’g’onlashadi.
Chaqaloqning ilk bor nafas olishi inspirator muskullarni, xususan diafragmani kuchli qisqarishi natijasidir. Birinchi nafas olish harakatining kuchli bo’lishi ko’krak qafasidagi bosimning suv ustunining 80 sm gacha pasayishiga olib keladi. Bu juda muhim. Chunki ilk bor nafas olinganda, birinchidan, nafas yo’llaridagi suyuqlik va ularning devori o’rtasidagi ishqalanish kuchini, ikkinchidan, yopishib yotgan alveolalar devori yuza tarangligini yengish kerak.
Ilk bor nafas olish chaqaloq hayotining daqiqasida kuzatilib, 0,1-0,4 sek. davom etadi. Uning hajmi 20-80 ml. Ilk bor nafas chiqarishning davomiyligi uzoqroq – 3,8 sek. ga teng. U nafas chiqarish muskullarining faol qisqarishi natijasida yuzaga birinchi chiqadi va plevra bo’shlig’idagi bosimni suv ustunining 35 sm gacha ko’tarilishiga olib keladi. Bu payt ovoz yorig’i berk bo’lgani uchun, chaqaloq ilk bor nafas chiqarganida qichqirib yuboradi. Birinchi nafasdan chiqqan havoning hajmi nafasga olingan hajmdan ancha kam – 16-30 ml. Bunga sabab shuki, havoning bir qismi o’pkada qolib, o’pkaning funksional qoldiq sig’imini (FQS) shakllay boshlaydi.
FQS hosil bo’lish jarayonida alveolalardagi suyuqlikning bir qismi nafasdan chiqqan havo bilan havo yo’llari orqali tashqariga chiqadi. Qolgan qismi kichik qon aylanish doirasi ishga tushishi bilan o’pka kapillyarlari orqali ko’p miqdorda oqa boshlagan qonga so’riladi.
Birinchi chuqur nafasdan keyin nafas harakatlari amplitudasi kichiklashib, uning ritmi uyg’unlashadi. Ammo ba’zi chaqaloqlarda nafas aritmik bo’lishi mumkin, hatto davriy nafas ham uchraydi. Yetuk tug’ilgan sog’lom chaqaloqlarda tinch holatda ko’krak qafasining ikki yarmi nafas olinganida asinxron ravishda va teng bo’lmagan amplitudada harakat qiladi. Bu ma’lumotlar uzunchoq miyaning chap va o’ng tomonidagi nafas markazlari o’rtasidagi bog’lanishlar hali uyg’un va mukammal emasligidan dalolat beradi. Bu markazlar ma’lum darajada mustaqil bo’lib, ularning faoliyat ko’rsatishlari chap va o’ng tomondagi qovurg’alararo muskullar va diafragmaning qisqarishida nomutanosiblikka olib keladi.
Demak, chaqaloq nafasining markaziy boshqaruv tizimlari faoliyatida o’zaro monandlashish yetarli emas. Bu mexanizmlar bola hayotining birinchi yili davomida rivojlanib, funksional yetuklikka ega bo’ladi.
Tashqi nafasning funksional imkoniyatlarini birinchi galda o’pka ventilyatsiyasi, o’pkaning hajmi va sig’imlari xarakterlaydi. O’pka ventilyatsiyasi nafas chastotasi va chuqurligiga bog’liq. Chaqaloqda nafasning chastotasi katta odam nafasining chastotasidan deyarli 2,5 marta yuqori va bir daqiqada 40 tani tashkil qiladi. Nafasi uyg’unlashgan chaqaloq bir marta nafas olganida uning o’pkasiga o’rta hisobda 17 ml havo kiradi. Bu miqdor nafas hajmi deyiladi. Demak, chaqaloq o’pkasidan bir daqiqada o’tadigan havoning hajmi – o’pka ventilyatsiyasi 680 ml ga teng. O’pka ventilyatsiyasining chaqaloqlardagi mutloq miqdori oz bo’lsa ham, nisbiy miqdori (tana massasining 1 kg ga hisoblangan miqdori) 200 ml chamasida va katta yoshdagi odamlardagi nisbiy miqdordan (100-110 ml/kg dan) deyarli ikki marta ko’p.
Оdam maksimal nafas оlganidan kеyin maksimal nafas chiqarganda o`pkadan chiqqan хavо miqdоri o`pkaning tiriklik sig’imi dеb ataladi. Kattalarda o`.t.s. o`rta хisоbda 3—3,5 l ga tеng bo`lib, erkaklarda ayollardagiga nisbatan ko`prоq. Spоrtchilarda o`.t.s. yuqоri bo`lib, 4—5 l, хattо 6 l ga tеng va undan ko`p bo`lishi mumkin.
O`pkaning tiriklik sig’imi nafas оlish хavоsi, nafas chiqarishning rеzеrv хajmi va nafas оlishning rеzеrv хajmidan ibоrat .Nafas оlish хavоsining хajmi оdam tinch хоlatidagi nafas оlishi va nafas chiqarishida o`pka оrqali o`tgan хavо miqdоridir. Bu o`rta хisоbda 500 sm3 ga tеng bo`ladi.Nafas chiqarishning rеzеrv хajmi dеganda, оdam tinch хоlatda оdatdagicha nafas chiqarganidan kеyin chuqur nafas chiqarishda o`pkasidan chiqara оlgan хavоsining miqdоri tushuniladi, u o`rta хisоbda 1500 sm3 bo`ladi.Nafas оlishning rеzеrv хajmi dеb, оdam tinch хоlatda оdatdagicha nafas оlganidan kеyin chuqur nafas оlganida o`pkasiga оlishi mumkin bo`lgan хavо miqdоriga aytiladi. U o`rta хisоbda 1500 sm3 ga tеng bo`ladi.
Yüklə 355 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin