Mavzu Nuqtaning murakkab harakati. Reja-fayllar.org (2)
Mavzu: Nuqtaning murakkab harakati. Reja
Mavzu:Nuqtaning murakkab harakati.
Reja:
Nuqtaning nisbiy, ko’chirma va absolyut harakati.
Tezliklarni qo`shish haqida teorema.
Nuqtaning nisbiy, ko’chirma va absolyut harakati.
Bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq harakatlarga ishtirok etuvchi nuqtaning harakatiga murakkab harakat deyiladi. Suzib ketayotgan kema palubasida dumalayotgan koptokning harakati qirg`oqqa nisbatan murakkab harakatda bo`ladi. Koptokning harakatining ikkita sodda harakatga ajratish mumkin.
M nuqta biror Охуz koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatlanayotgan bo`lsin. O`z navbatida M nuqta bu koordinatalar sistemasi bilan birgalikda qo`zg`almas deb olingan koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatlansin (128–rasm). Odatda har ikkala kordinatalar sistemasi ham ma‘lum jismlarga biriktirilgan deb qaraladi. Quyidagi qoidalarni kiritamiz.
1. M nuqtaning qo`zg`aluvchan Охуz koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatiga nisbiy harakat deyiladi (bunday harakatni shu sanoq sistemasi bilan bog`liq bo`lgan va shu sanoq sistema bilan birgalikda harakatlanayotgan kuzatuvchi ko’radi). Nuqtaning nisbiy harakatida qoldirgan АВ traektoriyasiga nisbiy traektoriya deyiladi. M nuqtaning Охуz koordinata sistemasiga nisbatan harakat tezligiga nisbiy tezlik (vh) , tezlanishiga nisbiy tezlanishi deyiladi. Va kattaliklarni aniqlashda Охуz koordinatalar sistemasini qo`zg`almas deb qarash mumkin.

2. Qo`zg`aluvchan Охуz koordinatalar sistemasi va u bilan o’zgarmas ravishda bog’langan jism (nuqta) ning qo`zg`almas О1х1у1z1 koordinatalar sistemasiga nisbatan harakati ko’chirma harakat deyiladi.Vaqtning berilgan paytida harakatdagi M nuqta bilan ustma–ust tushuvchi qo`zg`aluvchi koordinatalar sistemasi m nuqtasining tezligi ko’chirma tezlik , tezlanishiga ko’chirma tezlanish deyiladi. Shunday qilib quyidagini yozamiz:, (52)