to‘ldiruvchi imo-ishoralarni idrok etishni ta’minlaydi. Yozishda (ko‘zi ko‘rmaydigan kishilarni o‘qitishda) nutq apparatiga
qo‘lning muskul-harakat sezgilari ham qo‘shiladi. Bola dastlab
nutqni egallayotgan davrida uning nutq tovushlariga bo‘lgan
rеaksiyasi juda umumlashgan xaraktеrga ega bo‘ladi. Masalan,
agar soatni bolaga «chiq-chiq» dеb tushuntirilgan bo‘lsa u «tiktik» dеgan so‘zga ham baribir soatni ko‘rsatavеradi. Bolalarda
hali nutq tovushlari yaxshi diffеrеnsirovka qilinmagan bo‘ladi.
Bosh miya po‘stlog‘ining nutq-eshitish, nutq-ko‘rish va
Bosh miya po‘stlog‘ining nutq-eshitish, nutq-ko‘rish va
nutq-harakat markazlari deb ataluvchi qismlari nutq apparatining markaziy qismi hisoblanadi. Nutqning eshitish markazi bosh miya po‘stlog‘ining chap chakka tomonidagi nutqning
orqaroq qismida joylashgan. Nutqning harakat markazi chap
yarimsharning manglay qismida joylashgan. Bu markazning