Mavzu: Oliy nerv faoliyatining tiplari. Reja: Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot va psixologiya. Oliy nerv faoliyatining tiplari



Yüklə 19,71 Kb.
səhifə2/3
tarix12.12.2022
ölçüsü19,71 Kb.
#120903
1   2   3
Mustaqil yosh fiziologiya

Oliy nerv faoliyatining tiplari. Evolyutsiyaning turli bosqichlaridagi hayvonlarning nerv sistemasining funktsional xususiyatlari bir xil emas. Bu funktsional xususiyatlar nerv sistemaning evolyutsion rivojlanishda morfologik farqdariga asoslanadi. Hayvonlarning ma`lum turida nerv sistema bir qator funktsional xususiyatlari bilan farq bo`ladi. Shu bilan birga bitta turga mansub turli xil individlar nerv sistemasi ma`lum individual xususiyatlari va belgilari bilan farq qiladi.
I.P. Pavlov turli hayot vaziyatda odam va hayvonlarda shartli reflektor faoliyat xususiyatlarini o`rganib oliy nerv faoliyati tiplari xaqidagi ta`limotni yaratdi. Bu ta`limbt ilm va xalq xujaligining turli sohalarining vakillarini nerv sistemani funktsional xolatiga faol, ijodiy, ongli ta`sir etish imkonini berdi. I.Pavlov nerv sistemaning tipi deganda nerv sistemaning individual xususiyatlarini tushunadi.
Odam oliy nerv faoliyatiga nisbatan nerv tiplari deyilganda harakter yoki temperamentlari tushuniladi.
Nerv tipining ko`rsatkichlari bo`lib, tabiiy va laboratoriya ta`sirida shartli reflektor faoliyatning xususiyatlari hisoblanadi.
Oliy nerv faoliyatining tipologik ko`rsatkichlari sifatida hammadan avval shartli reflekslarning hosil bo`lish tezligi hisoblanadi. Bu xususiyat bir turdagi turli hayvonlarda turli xildir. Oliy nerv faoliyatining individual xususiyatining bopщa ko`rsatkichi bo`lib shartli refleksii balandligi hisoblanadi.
Oliy nerv faoliyatining uchinchi ko`rsatkichi shartli omilni sharsiz omil bilan mustahkamlanishdagi shartli refleksning mustahkamligidir. Bu ko`rsatkich bilan oliy nerv faoliyatining quyidagi inbividual harakteristikasi - reflekslarni tormozlanishining chuqo`rligi va davomiyligi bilan aniqlanuvchi tashqi va ichki tormozlanshgshing intinsivligiga bog`liq.
Oliy nerv faoliyati tipining byoshinchi ko`rsatkichi bo`lib, qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlaridagi irradiatsiya va kontsentratsiya (induktsiya)ning tezligi hisoblanadi. Oliy nerv faoliyati tipining oxirgi ko`rsatkichi budib, hayvonni turli ta`sirotlarga katta yoki kichik beriluvchanliga hisoblagnadi. Nerv sistemaning bu ko`rsatkichi nerv sistemani turli patologik xolatlarga olib kelishi mumkin.
I.P. Pavlovning nazariy xulosalariga muvofiq turli hayvonlarda po`stloqning qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlari quyidagi xususiyatlari; kuchi, muvazanati va harakatchanliga bilan farqlanadi.
Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining kuchi tushunchasida fiziologik jarayonlarni katta yoki kichik ifodalanishi boshqacha aytganda qo`zg`olish va tormozlanshpda katta: yoki kichik effekt bo`lishi tushuniladi. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining muvazanati deyilganda qo`zg`olish va tormozlanishning nisbati tushuniladi.
Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining haraktchanligi deylganda qo`zg`olishni tormozlanishga, tormozlanishni qo`zg`olishga o`tish tezligi tushuniladi.
Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarining parametrlaridan biri bo`lib, miya yarim sharlarda idraditsiya va koyatsentrapiyasidir.
Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlarini asosiy xususiyatlarini bu uchta xususiyatini o`rganib I.P. Pavlov oliy nerv faoliyatining to`rtta tipi bo`lishi mumkin degan xulosaga keladi.
Bu to`rtta tipdan I.P. Pavlov uchtasini kuchli deb aniqlaydi. Bu tiplarda oliy nerv faoliyatida qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari kuchini yuqori bo`lishi aniqlangan. Ikkita kuchli tip vakillarida qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari muvazanatlashgan bo`ladi. Uchinchi kuchli tip vakillarida qo`zg`alish tormozlanish jarayonlarini muvazanatligini, qo`zgalish jarayonlarini ustun bo`lishi harakterlidir. Bu tip nerv jarayonlarining yuqori harakatchanligi bilan boshqa tiplardan farq qiladi.
Shunday qilib, I.P. Pavlov tomonidan nerv sistemasi kuchli tiplar quyidagilarga bo`lingan:
- kuchli muvazanatlashgan va harakatchaat yoki harakatchang;
- muvazanatlashgan va inert yoki inert;
- muvazanatlashmagan, harakatchang yoki tinchimas.
Oliy nerv faoliyatining to`rtinchi tipiga qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining kuchsizligi ya`ni bo`shligimuvazanatsiz, inertligi xususiyatlari ustun keluvchi tip kiritilgai. Bu tip kuchsiz tip deyilib, miya po`stlog`i hujayralarining ishchanlik qobiliyatini tez pasayishi bilan harakterli.

Yüklə 19,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin