1
Mavzu: Ajratilgan bo'laklar, uyushiq bo'laklar tahlili
REJA:
Kirish...................................................................................................................2
1. Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish......................................4
2. O‘zbek tilida uyushiq bo‘laklarning qo‘llanishi xususiyatlari...........................9
3. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi.........................................15
4. Ajratilgan izohli bo’laklar...............................................................................26
Xulosa.................................................................................................................34
Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................................36
2
Kirish
Bo‘lajak o‘qituvchi oldiga oldida til qoidalari va qonuniyatlarini yaxshi bilish,
kasbga oid fan asoslari bilan atroflicha tanishish, o‘zlashtirish talabi qo‘yilgan. Bu
talab “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash miliy dasturi
haqida”gi Qonunlar, qolaversa Davlat ta’lim standartlarida aniq va ravshan belgilab
qo‘yilgan. Chunki til qoidalarini yaxshi tushunish va bo‘lajak o‘qituvchiga ravon va
to‘g‘ri, mustaqil fikrlash imkoniyatlarini keng ochadi. “Biz ajdodlardan avlodlarga
o’tib kelayotgan bebaho vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni
boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”
O‘quvchilarning savodxonligini oshirish ularning bilim ko‘lamini
chuqurlashtirishimizda asosiy omil bo‘ladi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish orqali ularning
og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi.
O‘mumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti
asosida tuzilgan maxsus
o‘quv dasturining asosiy talablaridan biri o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini
o‘stirish, bilish faolligini oshirishdir. Bularni amalga oshirish uchun o‘quvchilarni
til hodisalari haqida o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza qilishga muhokama yuritishga,
xulosa chiqarishga o‘rgatadigan samarali metod va usullardan
foydalanish talab
etiladi. Yangi mavzuni tushuntirishda til materialini
kuzatish, tahlil qilish, uning muhim belgilarini aniqlash, taqqoslash, guruhlash va
umumlashtirish usullaridan foydalanildi.
Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil
fikrlay olish qobiliyatini, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy
izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish orqali belgilanadi. O‘zbek tilining sintaktik
qurilishida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rganish masalasi atroflicha ishlanishni talab
qiluvchi, nazariy va amaliy qimmati katta bo‘lgan dolzarb masalalaridandir. O‘zbek
tilida gap bo‘laklarining uyushib kelishi ancha uzoq tarixga ega.
Uyushiq
bo‘laklarning ko‘plab qo‘llanishini XI asrda va undan so‘ng yaratilgan asarlarda
ko‘plab uchratamiz. Bu
hodisa barcha turkiy xalqlar, shu jumladan, o‘zbek
xalqi
3
uchun ham mushtarak bo‘lgan turk- runiy yozuvlarida ham,
Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ham ko‘plab uchraydi.
Chektilar sharbatu taom avval,
Ikkisidin yetushdi kom avval ( Navoiy)
Ushbu yil shu haliq taomdin parhez qila boshladim. Pichoq va qoshiq va
dasturxong‘acha ehtiyot qilur edim ( ”Boburnoma”).