Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish


 Ajratilgan izox bo'lakli gaplar haqida



Yüklə 470,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix08.02.2023
ölçüsü470,41 Kb.
#123171
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ajratilgan bo\'laklar, uyushiq bo\'laklar tahlili

4. Ajratilgan izox bo'lakli gaplar haqida.
Sodda gaplar tarkibida ba'zan ajratilgan bo'laklar ham qatnashish mumkin. 


26 
Gapning ajratilgan bo'laklari o'zlari aloqador bo'lgan so'zlarning ma'nosini izoxlab, 
konkretlashtirib keladi va ular boshqa bo'laklardan maxsus pauza bilan ajratilib
logik urg'u oladi.
Masalan:
1. Biz dam olish kuni ertalab shahardan tashqarida, biz suv bo'yiga chiqdik 
(O.YO)
2. Konvert ichidagi adresga, tanish va qadrli xusni xatga tikilgancha xayolga 
cho'mdi.
3. Axir uning, Voxidjonning ham o'ziga yarasha obro'si, yigitlik izzat-nafsi 
borku! (O.YO) Bu har uchala misolda ajratilgan xol (birinchi gap), ajratilgan 
to'ldiruvchi (ikkinchi gap), ajratilgan aniqlovchi (uchinchi gap) ifodalangan. Bazan 
ajratilgan bo'laklar oborot formasida bo'lishi ham mumkin.
Masalan:
Musoaffo osmondagi yulduzlar singari, bexisob elektr lampochkalari kechani 
kunduzdek yoritib turibdi. (“Ishonch” gaz.) yoki:
Nargiz Gullar bog'ining hayotbaxsh tongini yaratib, pokiza sevgi haqida 
kuylaydi. Birinchi gapda ko'makchili kostruksiya formasidagi oborot (musaffo 
osmondagi yulduzlar singari), ikkinchi gapda ravishdosh oborot (gullar bog'ining 
hayotbaxsh tongini yangratib) kesimdan anglashilgan ish harakatning qanday holatda 
bajarilganligini ta'kidlab, aloxida intonasiya yordamida ajratilyapti. Ko'rinadiki 
ajratilgan bo'laklar, oddiy tgap bo'lagi formasida kelgani kabi turli oborot formasida 
ham bo'lishi mumkin.
Ajratilgan bo'laklar 3 xil bo'ladi:
1.
Ajratilgan to'ldiruvchi.
2.
Ajratilgan aniqlovchi.
3.
Ajratilgan xol.
Ajratilgan to'ldiruvchilar
Ajratilgan to'ldiruvchilar ikki xil:


27 
1.
Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan to'ldiruvchi.
2.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan to'ldiruvchilar Ko'makchili 
kostruksiya oboroti formasidagi ajratilgan to'ldiruvchi kesim yonida kelmaydi. 
To'ldiruvchilarning ajratilishida qaraganda, ustiga, tashqari, ilgari, bilan birga va shu 
kabi ko'makchi vazifasida kelgan so'zlar ishtirok etadi. Qaysi ko'makchi yoki 
ko'makchi vazifasidagi so'z bilan kelishiga qarab ajratilgan to'ldiruvchilar quyidagi 
ma'nolarni ifoda qiladi.
Masalan:
Tashqari ko'makchisi bir predmetni boshqasidan ajratib ko'rsatsa, qaraganda, 
ko'makchilar predmetlarni qiyos qilishda yordam beradi, bilan, ustiga, ko'makchilar 
esa ma'noga ikkinchi ma'noning qo'shilishi ko'rsatdi.
Masalan:
1.
Usta amaki o'ymakorlikdan bo'lak, boshqa ustaxonalar uchun qog'ozga naqsh 
va gullar ham chizib beradi. (S.A)
2.
Qamishkapaliklar odamlarni nomlari bilan atashdan ko'ra xususiyatlari bilan 
ta'kidlashni afzal ko'radi. (P.T)
3.
Men o'qishimni davom ettirish bilan birga, kechki smenada ishlab ham 
turibman.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi to'ldiruvchilar
Bu xil to'ldiruvchilar o'zidan oldingi to'ldiruvchining ma'nosini izoxlaydi, unga 
aniqlab kiritadi, boshqa turdagi ajratilgan bo'laklar kabi, uziga xos intonasiyaga ega 
bo'ladi. Vositasiz to'ldiruvchilar ham, vositali to'ldiruvchilar ham ajratiladi. 
Ajratilgan vositasiz to'ldiruvchilar
1.
Endi ular faqat birgina saylni-dushman ustidan g'alaba qilingan kun 
tantanasini umid qiladilar.
2.
Qaynotangni, Zunnunxo'jani, oldin ham ko'rganmiding?
Ajratilgan vositali to'ldiruvchilar
1.
U oilasi bilan-xotini, chaqaloq qizi, o'n besh yoshli singlisi bilan, Oltiariqqa 
ko'chib bordi. (E.V)
2.
Bektemirga, sobiq sodda cho'ponga, komandiring g'oyat yoqdi.


28 
Ajratilgan to'ldiruvchi bilan ajratilmish to'ldiruvchi bir xil grammatik shaklda 
bo'lib, bir xil so'roqqa javob bo'ladi. Bu jixatdan uyushiq bo'laklarga o'xshaydi. Biroq 
bularda intonasiyada o'ziga xos pauza bo'ladi. Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan 
to'ldiruvchilar o'zlari izoxlab kelayotgan to'ldiruvchilar bilan, ya'ni, shu jumladan, 
masalan, kabi, yordamchi so'zlar orqali bog'lanishi ham mumkin. Masalan: Jahon 
kitobxonalari qirg'iz yozuvchisi, ya'ni Chingiz Aymatovni yaxshi biladi, yoki: Bu 
xabar ko'plarni, shu jumladan, Maxkamni ham, juda quvontirdi. (P.K)
Ajratilgan aniqlovchilar
Ajratilgan aniqlovchilar uch xil bo'ladi:
1.
Ajratilgan sifatlovchi.
2.
Ajratilgan qaratuvchi.
3.
Ajratilgan izohlovchi.
Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo'rttirib ko'rsatish maqsadida 
ajratiladi. Ajratilgan sifatlovchilar sifatlanmishdan keyin kelsa ajratilgan sanaladi.
Masalan: Ma'lum bo'lishicha u, ya'ni universitet domlasi dosent Obidov, bir 
necha yillardan beri biologik metodi ustida ish olib bormoqda ekan. (O.YO) Ajratilgan 
aniqlovchilar, ya'ni sifatlovchi odatda birikma yoki uyushgan xolda keladi.
Masalan: 
Qo'chqarov-do'ng peshona, qirra burun, ko'krakdor, polvontaxlit yigitcha-
kichkina tuman gazetasiga ko'z tikib o'tirardi. Bunda predmetning belgisini bo'rttirib 
berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan. Ayrim paytda yakka kelgan 
sifatlovchilar ham ajratilishi mumkin.
Masalan: 
Saxarlab mardikorlar, yalang oyoq . . . bozorga, ishga, chopdilar.
Ajratilgan qaratuvchi.
Bunda qaratuvchi o'zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izoxlash, 
konkretlashtirish yo'li bilan ajratiladi.


29 
Masalan: 
Bu dugonamning, Xalimaning, ro'moli.
Yoki:
O'sha otga mana bu bolaning, Xudoyberdining, ishki tushib qolgan. (M.A)
Ajratilgan izoxlovchilar.
Izoxlovchilar ko'pincha ajratilgan bo'ladi. Bunda ular izoxlanmishdan keyin 
kelib, maxsus intonasiya bilan talaffuz qilinadi.
Masalan:
Dadang-bizning qadrdon do'stimiz-hamisha qalbimizda yashaydi. Izoxlovchi 
o'ziga oid so'zlar bilan kengayib kelsa, uning ajratilganligi tez payqaladi. Masalan: 
Denisov-dehqonlar orasida ko'p yurgan sobiq irrigator sodda, odamshinavanda lekin 
talabchan, haqiqatchi edi. (O)
Ajratilgan hollar.
Ajratilgan xol o'z formalariga ko'ra ikki xil.
1.
Oborot formasidagi ajratilgan xol.
2.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xol.
Oborot formasidagi ajratilgan xol.
Oborot formasidagi ajratilgan xol o'z navbatida uchga bo'linadi.
1.
Ravishdosh oboroti formasidagi ajratilgan xol.
2.
O'xshatish oboroti formasidagi ajratilgan xol.
3.
Ko'makchi konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol.
Ravishdosh oboroti formasidagi ajratilgan xol. 
Ravishdoshlar o'ziga oid so'zlar bilan kengayib kelishi mumkin. Bular 
ravishdosh oboroti deyiladi. Ravishdosh oboroti odatda ajratilgan bo'ladi.
Masalan:


30 
1.
Shu payt ikki “Pobeda” birin-ketin signal berib, boqqa kirib keldi. (S.N)
2.
Dilmurod ko'zlarini yerdan olmay, sekin-sekin odimlab boryapti.
3.
Biz institutdan qaytgach, bir oz dam oldik.
Ravishdosh oboroti quyidagicha ma'noni ifodalaydi.
1. Ish-harakatning bajarilish xolati. Masalan:
a) Mavlon ota uzoq-uzoqlarga tikilib, roxatlanib nafas oldi. (S.N)
b) Kanizak o'tirgan odamlarni oralib narigi tomonga o'tib ketdi. (A.K)
2. Ish-harakatning bajarilish payti. Masalan:
a) Botir mehmonlar bilan salomlashib, ayvonli uyga o'tdi. (S.N)
b) Ekskursantlar manzilga yetguncha, bir necha doyda dam oldilar.
3. Ish-harakatning bajarilish shartini. Masalan:
Dunyoni tanimay, dunyo kishisi bo'lmaysizlar.
4. Ish-harakatning bajarilish sababini. Masalan: a) Bo'taboy cholning kallasida 
nima borligini bilolmay, ancha vaqtgacha u yoqqa-bu yoqqa to'lg'onib uxlayolmadi. 
(S.A) b) Akmal aka paxtazordan ko'nglini uzolmay, sanatoriyadan ham vaqtidan 
ilgari ketdi.
5. Ma'noni. Masalan: Ochiq derazadan kirgan salqin shabadaga qaramay, har 
ikkisining peshonasida tomchi-tomchi suv yiltirab ko'rinardi.
O'xshatish oboroti formasidagi ajratilgan xol.
-day,-dek affikslarni olib kelgan so'zlar ham kengayib ajratilishi mumkin.
Masalan:
1. Onaxon xozirgina yugurib kelgan odamdek tez-tez nafas olar edi.
2. Oltinsoyliklarning suv uchun kurashi dengizga quyilgan daryodek, butun 
xalqimizning qurg'oqchilikning yengish uchun boshlagan kurashiga munosib xissa 
bo'lib qo'shildi.
3. Traktorchilar bo'ron bilan o'chakishganday, tun bo'yi yer xaydadilar.
Ko'makchi konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol.
Ko'makchili konstruksiyasi formasidagi xol kesimdan uzoqda kelib, o'ziga oid 
so'zlar bilan kengayib, boshqa gap bo'laklardan ajralishi mumkin. Bunda konstruksiya 


31 
kabi, bo'yicha, tufayli, yarasha, xolda, muvofiq kabi ko'makchi so'zlar bilan 
shakllanadi.
Masalan:
1. Navoiy bir qo'lini ko'ksiga qo'ygan holda, boshini kamtar, yengil qimirlatishi 
bilan xalqning tabrigiga samimiy javob berib bordi.
2. To'ppon, ishda to'rt kishining ishini qilgani kabi, ovqatda ham to'rt kishining 
ovqatini yegan edi.
Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan bo'laklardagi kabi, 
ma'lum darajada predikativlik mavjud. Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi 
ajratilgan xol quyidagi ma'noni ifodalaydi.
1. Turli xolatni
Masalan:
a) Nor xola xursandlik bilan yuragi to'ygan xolda, bog'ni aylanib keldi.
b) O'ktam allanechuk bo'shashgan holda otliq qizning orqasidan ancha vaqt 
o'ychan qarab qoldi.
2. O'xshatishni,

Yüklə 470,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin