1 Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish
Demak, hozirgi zamon o‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi
4
tasodifiy hol bo‘lmay, tarixan shakllanib kelayotgan o‘ziga xos sintaktik hodisadir.
Bu o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
1.
Uyushiq bo‘lak qismlari o‘zaro teng aloqada bo‘ladi.
2.Ular gapda bir xil sintaktik vazifa bajaradi.
3.
Ular o‘zi uchun umumiy hisoblangan bo‘lak bilan bir xil munosabatda
bo‘ladi.
4.
Teng bog‘lovchilar yordami bilan bog‘lanadi yoki bog‘lanishi mumkin.
5.Sanash intonatsiyasi orqali talaffuz qilinadi.
6.Odatda bir xil so‘z turkumlaridan ifodalanadi.
Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi teng bog‘lovchilar, yuklamalar va
to‘xtam, ohang yordami bilan bo‘ladi. Teng bog‘lovchilar yordamida bog’langan
uyushiq bo’laklar gap bo’laklarining o’zaro uyushish munosabatlaridagi ayrim
xususiyatlariga ko’ra, intonatsiya yordamida bog’langan uyushiq bo’laklarga
nisbatan ozmi-ko’pmi farq qiladi: bog’lovchilarning qatnashuvi uyushgan
bo’laklarning ochiq, yanada aniqroq ifodalashni ta’min etadi.
Uyushgan bo’laklarning o’zaro bog’lanishida ishlatiladigan bog’lovchilar
qo’llanish usullariga ko’ra asosan uch xil: o‘zbek tilida gapning uyushiq bo‘laklarini
bog‘lash uchun teng bog‘lovchilar - biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchilari
qo‘llanadi. Bu bog‘lovchilar o‘z vazifalariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
O‘zbek tilida gapning uyushiq bo‘laklari yozuvchilarning asarlarida
ma’ruzachilarning nutqida uslubiy vosita sifatida juda keng qo‘llanmoqda. Chunki
ular fikrni aniq, to‘liq, obrazli ifodalaydi, shuningdek, nutqqa ifodalilik,
ko‘tarinkilik berish uchun xizmat qiladi. Ular ifodani ixcham tuzish, unda his-
hayajon holatlarni to‘la aks ettirish, stilistik ravonlik va ixchamlik singari
xususiyatlar bilan tilimizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan grammatik
kategoriyalardan hisoblanadi. Shuning uchun bu sintaktik hodisa ifoda vositasi
sifatida nutqimizning deyarli hamma turida, ayniqsa, yozma nutq turlarida, badiiy
adabiyotning turli janrlarida ancha keng qo‘llaniladi va dolzarb hodisa hisoblanadi.
Ona tili darslarida ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bir butunlikda hal qilinadi,
bolalar atrofni o‘rab olgan muhit haqida, mustaqil Vatanimizning o‘tmishi,
5
bugungi va kelajagi haqidagi bilimlari kengayadi; milliy g‘oya shakllanadi, ular
aqliy jihatdan kamol topadilar, mustaqil fikrlashga, mushohada yuritishni
o‘rganadilar. Boshlang‘ich sinflarda “Ona tili kitobi”ni tahlil qilish fikrimizni
tasdiqlaydi. Bu kitobda topshiriqlar mazmuni va matnlar o‘zaro bog‘liq holda
berilgan.
Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun Ona tili
darslarida matn va mashqlar ustida ishlash kerakligi ham muhimdir. Ona tili
darslarida o‘quvchilarga bilim va ko‘nikmalarning ma’lum jihatlarini egallatishni,
ularda o‘ziga xos shaxsiy sifatlarni shakllantirish bilan bog‘lab amalga oshiriladi.
Ona tili kitoblariga kiritilgan matn va mashqlarda Vatan, ona, xalq, tarix
haqidagi bilimlar o‘quvchilarning sinfdan sinfga o‘tishi bilan tobora
chuqurlashtirila boriladi. Vatan, uning o‘tmishi va hozirgi kuni Ona tili kitoblarida
markaziy mavzu hisoblanadi. Mavzularni o‘rganish jarayonida uyushiq bo‘lakli
gaplardan qanday foydalanish kerakligi bo‘yicha malakaga ega bo‘ladilar. Ona tili
darslarida mavzular bir-biri bilan uzviy bog‘lanadi. Bu hol ta’lim va tarbiya
jarayonining birligi haqida to‘xtashga imkon beradi. O‘quvchilar atrof-muhit, borliq
haqida qanday bilimlarni egallashlari, ularda qanday bu ishlarni amalga oshirishni
o‘rganadilar.
4-sinfda o‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi,
kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va asosiy so‘roqlariga qarab ularning bir-
biridan farqlanishi, kelishik qo‘shimchalarining yozilishini; sifat yuzasidan
o‘rganilganlar takrorlanib, qip-qizil, yum- yumaloq kabi sifatlarning yozilishini;
son, uning ma’nosi, sanoq va tartib sonlar, ularning so‘roqlari, tartib sonlarning
yozilishini; kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsda, birlik va ko‘plik sonda
qo‘llanishini, kelishiklar bilan turlanishini o‘rganadilar. Bu sinfda o‘quvchilarga
fel zamonlari: fe’llarning tuslanishi (shaxs-son qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi)
haqida tushuncha beriladi, uch zamonda: o‘tgan, hozirgi, kelasi zamonda qo‘llanishi,
o‘tgan zamon qo‘shimchasi (-di) ning aytilishi va yozilishi o‘rgatiladi. Dasturning
“Gap” bo‘limi materiallarini o‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida ular
nutqida ko‘proq ishlatiladigan bog‘lovchilar bilan amaliy tanishtiriladi.
6
So‘zning tarkibi va so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida turli so‘z
turkumlariga oid so‘zlarning xilma-xil ma’nolarda qo‘llanilishi, so‘zni gapda, so‘z
birikmasida to‘g‘ri, o‘rinli, aniq ishlatishni bilib olishga yordam beradigan leksik
mashqlar, shuningdek, o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlarning
yozilishini bilib olishga ko‘maklashadigan lug‘aviy-imloviy mashqlar o‘tkaziladi.
O‘quvchilar darslikda berilgan lug‘atdan, boshlang‘ich sinflar uchun nashr etilgan
imlo lug‘atidan foydalanishga o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gap haqida: gapning ifoda maqsadiga ko‘ra
turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) haqida, his-hayajon bilan aytilgan gaplar; gapning
mazmuniga ko‘ra oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgisining qo‘yilishi
haqida; gap bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqida, gaplar so‘z
birikmalariga ajratilishi haqida dastlabki ma’lumotlar to‘rt o‘quv yili davomida
izchillik bilan berib boriladi.
Birinchi sinfda o‘quvchilar nutqdan gapni ajratib olishga, gapni alohida
so‘zdan farqlashga, gapni o‘qiganda ohangiga rioya qilishga, ma’lum
tayyorgarlikdan so‘ng, gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan boshlab yozishga
va oxiriga nuqta qo‘yishga o‘rganadilar. Ikkinchi sinfda esa oldingi sinfda berilgan
bilimlar yangi til materiallari asosida mustahkamlanadi, o‘quvchilar gapning oxirida
nuqtadan tashqari so‘roq belgisi va undov belgisining ishlatilishi bilan tanishadilar
va oxiriga qo‘yilgan tinish belgisiga mos ohangda gapni o‘qishga o‘rganadilar.
O‘quvchilar gap bo‘laklarini o‘rganishga ikkinchi sinfda tayyorlanadilar, ular
gap kim? (kimlar?) yoki nima? (nimalar?) haqida aytilishini bildirgan so‘zni (egani)
hamda ular haqida nimalar deyilganini bildirgan so‘zni (kesimni) topishga,
o‘rgatiladi (ega va kesim atamalari berilmaydi). Bu mavzularni o‘rganish jarayonida
gapda o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlashga oid mashqlar o‘tkazib boriladi.
Uchinchi sinfda gapning turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) o‘rgatiladi. Ularni
ohangiga ko‘ra talaffuz qilish tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘ya bilish haqida tushuncha
beriladi, og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashga o‘rgatiladi. Bu sinfda gap bo‘laklari:
ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklar mavzulari ham o‘rganiladi (Ikkinchi
darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi). O‘quvchilar so‘z birikmalari bilan amaliy
7
tanishtiriladi.
To‘rtinchi sinfda va, ammo, lekin, bog‘lovchilari yordamida bog‘langan va
Dostları ilə paylaş: |