Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Yüklə 470,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix08.02.2023
ölçüsü470,41 Kb.
#123171
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Ajratilgan bo\'laklar, uyushiq bo\'laklar tahlili

Uyushiq, bo‘laklarda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi. Bu 
mavzuga oid material uyushiq bo‘laklarda son, egalik va kelishik 
qo‘shimchalarining ikki xil qo‘llanishiga oid til materiallarini tahlil qilish orqali 
o‘zlashtiriladi. 
1.Biz bundan buyon ham sayohat va ekskursiyalarimizni davom ettiramiz. 2. 
Shaharlarimizda va qishloqlarimizda ko‘p qavatli binolar qurilmoqda. Uyushiq 
bo‘laklarni toping. Gapning qaysi bo‘laklari uyushganligini ayting. Son, egalik va 
kelishik qo‘shimchalari qo‘shilgan uyushiq bo‘laklarni ko‘rsating. 
Qay birida bu qo‘shimchalar qo‘llanmagan? 
O‘qituvchi javoblarni xulosalaydi: har xil gapni ( 1-gapdagi uyushiq bo‘laklarni 
sanash ohangida, 2-gapdagi uyushiq bo‘laklarni sanash, ta’kidlash ohangida) 
ifodali o‘qib, 1-gapda son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq bo‘laklarning 
oxirgisiga (ekskursiya)qo‘shilib, oldingi uyushiq bo‘lakka (sayohat) ham 
taalluqliligini, 2-gapda son, egalik, kelishik qo‘shimchalari bo‘laklarning har biriga 
qo‘shilganligini aytib quyidagi xulosani bayon qiladi. 
Son, egalik, kelishik qo‘shimchalari, odatda uyushiq bo‘laklarni oxirgisiga 
qo‘shilib, ularning hammasiga taalluqli bo‘ladi. Agar uyushiq bo‘laklarning har 
birini ta’kidlash zarur bo‘lsa, son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq 
bo‘laklarning har biriga qo‘shiladi. 
Yana misollar keltirib, uyushiq bo‘laklar va ularga qo‘shilgan qo‘shimchalar 
tahlil qilinib, tagiga chizdiriladi. 
1. Maktab kutubxonasi uchun yangi gazeta va jurnallar olib kelindi. 2. Sherali 
lola va tog‘ gullaridan katta chiroyli guldasta yasadi. 3. Burgutlar va lochinlar 
ilonga o‘ch bo‘lishadi. 
Uyushiq bo‘laklar, ularda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi, 
vergulning ishlatilishiga oid grammatik topshiriqli izohli diktant. 
1.Tog‘ etaklaridan nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi. 2. 
Yosh terak va tollarning yashil barglari shamolda tebranmoqda. 3. Shotut daraxti 
respublikamizning hamma viloyat va tumanlarida o‘sadi. Uni hovlilarda, 
tomorqalarda, bog‘larda ko‘plab o‘stirish mumkin. U joy tanlamaydi, jarda ham, 


24 
tog‘da ham, tekis yerlarda ham juda yaxshi o‘sib mo‘l hosil beradi. 4. Hovlidagi 
yong‘oq va o‘riklarning barglari va buta oralarini taram-taram qizg‘ish nur 
yoritmoqda. 
Mustaqil ish. Son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq bo‘laklarning 
oxirgisiga va har biriga qo‘shilib kelgan gaplar tuzish. 
Uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi so‘zning qo‘llanishi. Uyushiq 
bo‘laklarda umumlashtiruvchi so‘zning qo‘llanishini o‘rgatish umumlashtiruvchi 
so‘z tushunchasini izohlashdan boshlanadi. Buning uchun umumlashtiruvchi 
so‘zsiz qo‘llangan va umumlashtiruvchi so‘zli gaplar berilib, avval uyushiq 
bo‘laklarni toptirish, so‘ngra shu uyushiq bo‘laklarni jamlab, umumlashtirib 
ifodalayotgan so‘zni ko‘rsatish talab qilinadi: 
1. Atrofni qurshagan tog‘lar, qirlar, daraxtlar bahor havosiga cho‘milgan- day 
tiniq ko‘rinadi. 2. Atrofni qurshagan tog‘lar, qirlar, daraxtlar — hamma narsa 
bahor havosiga cho‘milganday tiniq, yashil ko‘rinadi. 
Gaplarni o’qing. Uyushiq bo‘laklarni toping. Qaysi gaplarda uyushiq bo‘laklarni 
jamlab, umumlashtirib ifodalagan so‘z qo‘llangan? Uni ko‘rsating. 
O‘quvchilarning javoblari xulosalanadi: 
Uyushiq 
bo‘laklar umumlashtiruvchi so‘zlar bilan ham qo‘llanadi. 
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklarni jamlab ko‘rsatib, uyushiq bo‘laklar 
bilan bir xil vazifani bajarib, bir xil so‘roqda javob bo‘ladi. Ko‘pincha belgilash, 
bo‘lishsizlik olmoshlari va jamlikni bildiradigan otlar umumlashtiruvchi so‘z bo‘lib 
keladi. 
Umumlashtiruvchi so‘zlar uyushiq bo‘laklardan oldin yoki keyin keladi. 
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelganda, u izohlashni talab 
qiladi, ya’ni umumlashtiruvchi so‘zni uyushiq bo‘laklar orqali izohlash lozim 
bo‘ladi. Shuning uchun uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘z 
izohlash, ta’kidlash ohangi bilan aytiladi: umumlashtiruvchi so‘zda tovush 
ko‘tariladi, keyin pauza qilinib, uyushiq bo‘laklar pasayuvchi ohang bilan aytiladi. 
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelganda, u uyushiq 
bo‘laklarni jamlab, umumlashtirib ifodalashga xizmat qiladi. Bunda 


25 
umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan ajratilib, pasayuvchi tovush bilan 
aytiladi. 
Bu yerda yeru suv, zavod, fabrika - barchasi xalq mulkidir. 
Umumlashtiruvchi so‘z sodda yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Sodda 
umumlashtiruvchi so‘z birgina mustaqil so‘z bilan ifodalanadi: 
1. Lermontovning bolaligi Penza gubernasining Tarxani qishlorida o‘tdi. Osuda 
qishloqning go‘zal manzaralari, ko‘m-ko‘k o‘tloqlar, daraxtzorlar, chang- 
g‘uborsiz so‘qmoqlar, daryoning so‘lim sohillari — hammasi yosh shoir qalbida 
chuqur taassurot qoldirdi. 
Murakkab umumlashtiruvchi so‘z birdan ortiq mustaqil so‘z bilan ifodalanadi: 
1. Hovlining qariyb butun sahniga chiroyli reja bo‘yicha har nav ekin: pomidor, 
piyoz, sabzi, kartoshka, ukrop, baqlajon, ko‘k va qizil garmdorilar ekilgan edi. 2. 
Ko‘chalar, uylar — hamma tomon yam-yashil ko‘kat va yaproqlarga qalinroq 
burkanganday ko‘rinardi. 
Umumlashtiruvchi so‘z o‘zaro zidlik, ayiruv munosabatlarini bildirgan uyushiq 
bo‘laklarda qo‘llanmaydi. 
Mustahkamlashda umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin va keyin 
kelgan gaplardan uyushiq bo‘laklar va umumlashtiruvchi so‘zni topish, tinish 
belgisiga diqqat qilish, bu gaplarni ovoz chiqarib ifodali o‘qishni mashq qildirish 
zarur. So‘ngra tinish belgilarining ishlatilishini tushuntirish, tushirilgan tinish 
belgilarni qo‘yib, umumlashtiruvchi so‘zli gaplarni ko‘chirish, uyushiq bo‘laklarga 
umumlashtiruvchi so‘z qo‘shib ko‘chirish, umumlashtiruvchi so‘zli gaplar tuzishga 
oid mashqlar bajariladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining muhim vazifasi o‘quvchilarga mavzuni 
o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirish va rivojlantirishdir.

Yüklə 470,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin