Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Yüklə 470,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix08.02.2023
ölçüsü470,41 Kb.
#123171
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ajratilgan bo\'laklar, uyushiq bo\'laklar tahlili




Mavzu: Ajratilgan bo'laklar, uyushiq bo'laklar tahlili 
REJA: 
Kirish...................................................................................................................2 
1. Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish......................................4 
2. O‘zbek tilida uyushiq bo‘laklarning qo‘llanishi xususiyatlari...........................9 
3. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi.........................................15 
4. Ajratilgan izohli bo’laklar...............................................................................26 
Xulosa.................................................................................................................34 
Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................................36 
 



Kirish 
Bo‘lajak o‘qituvchi oldiga oldida til qoidalari va qonuniyatlarini yaxshi bilish, 
kasbga oid fan asoslari bilan atroflicha tanishish, o‘zlashtirish talabi qo‘yilgan. Bu 
talab “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Kadrlar tayyorlash miliy dasturi 
haqida”gi Qonunlar, qolaversa Davlat ta’lim standartlarida aniq va ravshan belgilab 
qo‘yilgan. Chunki til qoidalarini yaxshi tushunish va bo‘lajak o‘qituvchiga ravon va 
to‘g‘ri, mustaqil fikrlash imkoniyatlarini keng ochadi. “Biz ajdodlardan avlodlarga 
o’tib kelayotgan bebaho vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni 
boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur” 
O‘quvchilarning savodxonligini oshirish ularning bilim ko‘lamini 
chuqurlashtirishimizda asosiy omil bo‘ladi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish orqali ularning 
og‘zaki va yozma nutqi shakllantiriladi. 
O‘mumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida tuzilgan maxsus 
o‘quv dasturining asosiy talablaridan biri o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini 
o‘stirish, bilish faolligini oshirishdir. Bularni amalga oshirish uchun o‘quvchilarni 
til hodisalari haqida o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza qilishga muhokama yuritishga, 
xulosa chiqarishga o‘rgatadigan samarali metod va usullardan foydalanish talab 
etiladi. Yangi mavzuni tushuntirishda til materialini 
kuzatish, tahlil qilish, uning muhim belgilarini aniqlash, taqqoslash, guruhlash va 
umumlashtirish usullaridan foydalanildi. 
Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil 
fikrlay olish qobiliyatini, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy 
izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish orqali belgilanadi. O‘zbek tilining sintaktik 
qurilishida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rganish masalasi atroflicha ishlanishni talab 
qiluvchi, nazariy va amaliy qimmati katta bo‘lgan dolzarb masalalaridandir. O‘zbek 
tilida gap bo‘laklarining uyushib kelishi ancha uzoq tarixga ega. Uyushiq 
bo‘laklarning ko‘plab qo‘llanishini XI asrda va undan so‘ng yaratilgan asarlarda 
ko‘plab uchratamiz. Bu hodisa barcha turkiy xalqlar, shu jumladan, o‘zbek xalqi 



uchun ham mushtarak bo‘lgan turk- runiy yozuvlarida ham, Alisher Navoiy
Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ham ko‘plab uchraydi. 
Chektilar sharbatu taom avval, 
Ikkisidin yetushdi kom avval ( Navoiy) 
Ushbu yil shu haliq taomdin parhez qila boshladim. Pichoq va qoshiq va 
dasturxong‘acha ehtiyot qilur edim ( ”Boburnoma”). 

Yüklə 470,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin