Mustahkamlash
Matnni ko‘chirib, uyushiq bo‘lakli gaplarni topish, gapning qaysi bo‘laklari
uyushganligini aniqlash. Buning uchun quyidagi matndan foydalanish mumkin.
Kumushdek tong tog‘ cho‘qqilariga zeb berdi. Osmon tiniq, ko‘m-ko‘k,
beg‘ubor. Tog‘ yon bag‘rilarida tizilgan taroq yaproqli archalar, yong‘oqzorlar,
cho‘qqilar va soylar qoyalarga tirmashib chiqayotgan quyosh nurida zardek
tovlanib ketdi. Qishloq nurga g‘arq bo‘ldi. Uzoqdan sigir, qo‘y va buzoqlarning
ma’ragani eshitilardi.
Gaplarni uyushiq bo‘lakli gaplarga aylantirib ko‘chirish.
1. Quyosh ulug‘vorlik bilan yorqin nurlarini sochmoqda. Keng dalalardan
bahor nafasi ufurmoqda. 2. Sinf rahbari o‘quvchilarning o‘qishi haqida batafsil
gapirib berdi.
( Quyidagicha gaplar tuzilishi mumkin: 1. Quyosh ulug‘vorlik bilan yorqin va
hayotbaxsh nurlarini sochmoqda. 2. Keng dalalardan, bog‘lardan bahor nafasi
ufurmoqda. 3. Sinf rahbari o‘quvchilarning o‘qishi, o‘zlashtirishi haqida batafsil
gapirib berdi.) O‘zingiz mustaqil holda namunadan foydalanib uyushiq bo‘lakli
gaplar tuzing.
Uyushiq, bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi. O‘quvchilar bu mavzuni uyushiq
bo‘laklar, teng bog‘lovchilar, ularning turlari, bilan ko‘makchisi va yuklamalar
haqida hosil qilgan bilimlari asosida amaliy ravishda o‘zlashtirishlari mumkin.
1. Havo kuzni oladigan darajada tiniq va yorqin. 2. Bogimizdagi olmalar
hamda shaftolilar gulladi. 3. Hamma yoqda yerning chirik, lekin baquvvat
isi anqirdi. 4. Goh futbol, goh voleybol o‘ynaymiz, vaqti bilan meva terishda yoki
uzum uzishda ota-onalarimizga yordam beramiz. 5. Vodiyda, bo‘glarda, elning
uyida oftob mehri bilan hayot boshlanur.
Gaplarni o’qing. Uyushiq bo‘laklarni toping.
Qaysi gaplarda uyushiq bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida
bog‘langan? Bu bog‘lovchilarning turini ayting. Qaysi gaplarda bog‘lovchisiz
bog‘langan?
Uyushiq bo‘laklar orasida vergul qo‘yilgan va qo‘yilmagan o‘rinlarga diqqat
qiling. Qaysi bog‘lovchi yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul
qo‘yilmagan? Qaysilarida qo‘yilgan?
Javoblar xulosalanadi:
Gapning uyushiq bo‘laklari o‘zaro teng bog‘lovchilar— biriktiruv, zidlov,
ayiruv bog‘lovchilari yoki bog‘lovchisiz bog‘lanadi.
O‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari yordami bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar
orasiga vergul qo‘yilmaydi.
Uyushiq bo‘laklar zidlov bog‘lovchilari yordami bilan bog‘lansa,
bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi.
Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilari bilan bog‘langan uyushiq
bo‘laklar orasiga vergul qo‘yiladi.
yo, yoki, yoxud ayiruv bog‘lovchilari takrorlanib qo’llanmasa, uyushiq
bo‘laklar orasiga vergul quyilmaydi.
O‘zaro bog‘lovchisiz, ohang yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga
vergul quyiladi.
1. Moskvani ko‘rish, unda yashash, o‘qish, ijod qilish ulug‘dir.
2. Maqsadimiz- tinch yashash, o‘qish, ishlash va qurish.
3. Maktabimiz bog‘ida olma, o’rik, nok, uzum va bodomlar bor.
4. Shamol yomg‘ir tomchilarini dam tomga, dam vagon devoriga shopirib
o‘ynardi.
O‘qituvchi keltirilgan gaplarni ifodali o‘qib, quyidagilarni bayon qiladi:
Bog‘lovchisiz uyushiq bo‘laklar sanash tugamaganligini (1-gap), va biriktiruv
bog‘lovchisi uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan oldin qo‘llanib, uyushiq
bo‘laklarni sanash tugaganligini (2- va 3- gap), takrorlanib qo‘llangan bog‘lovchi
esa (4-gap) uyushiq bo‘laklarning har biri ta’kidlanishini bildiradi.
O‘quvchilar bu gaplarni tegishli ohangga rioya qilib ovoz chiqarib o‘qiydilar.
Yana misollar keltiriladi.
Esayotgan mayin shabada bog‘larda, dalalarda o‘sibyotgan gullarning iforini
uzoq-uzoqlarga olib ketdi.
Malika odamlar bilan suhbat qilishni, hayot to‘g‘risida ularning so‘zlarini
eshitishni yaxshi ko‘rardi.
3. Matematikada oluv, qo‘shuv, ayiruv va boshqa hodisalar o‘rganiladi.
O‘quvchilardan so‘raladi:
1. Qaysi gaplarga uyushiq bo‘laklar qo‘shish mumkin? Nima uchun? (1- va 2-
gapga.
Chunki
uyushiq
bo‘laklar
bog‘lovchisiz
bog‘lanib,
sanash
tugamaganligini bildiryapti.)
1. Qaysi gapga uyushiq bo‘lak qo‘shib bo‘lmaydi? Nima uchun? (3-gapga.
Chunki uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan oldin va bog‘lovchisi qo‘llanib, uyushiq
bo‘laklarni sanash tugaganligini bildiryapti.)
Matnni o‘qib, biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan uyushiq
bo‘laklarni topish.
1. Inson turmushining birinchi asosi mehnatdir. Mehnat insonning mavjud
bo‘lishini, yashashini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish qurollarining tinmay
yaxshilanishi, mehnat unumdorligining oshishi, yuksak texnika va yanada
takomillashgan texnologiyaning yaratilishi odamlarning atrofdagi dunyoga ongli
hamda maqsadga muvofiq ta’sir imkoniyatlarini kengaytirdi.
2. Mahmud bog‘ va ekinzorda ishlashdan hech vaqt zerikmas hamda
dangasalik qilmas edi. U gulxonaga gul ko‘chatlarini, pushtalarga esa karam va
pomidor ko‘chatlarini o‘tqizishda bizga yordamlashar edi. Bizning
ekinzorimizda kartoshka, pomidor, piyoz, bodring, rediska va karam o‘sardi.
Dostları ilə paylaş: |